59
Inqilob natijasida AQSH mustaqil davlatga aylandi, respublika
tuzumi o‘rnatildi, savdo va sanoatni rivojlantirish yo‘lidagi barcha
to‘siqlar olib tashlandi, erkin raqobatga, shaxsiy tashabbus va faol-
likka, ishbilarmonlikka keng yo‘l ochildi. Biroq janubiy shtatlarda
plantatsion qullik saqlanib qoldi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi va AQSH Konstitutsiyasi Yevropa-
ning ilg‘or tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatdi, ularda ilgari surilgan
g‘oyalar umuminsoniy xarakterga ega bo‘lib, ko‘plab xalqlar ku-
rashining mazmuniga aylanib qoldi.
Deklaratsiya
– muhim qoidalar e’lon qilingan hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: