«ma’rifat-
parvarlar»
nomini oldilar. Ulardan eng mash-
hurlari fransuz allomalari
Volter, Sharl Mon-
teskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro
va ingliz
ma’rifatparvari
Adam Smit
edi.
Inson ongining yaratuvchanlik qudratiga
cheksiz ishongan ma’rifatparvarlar, feodal tar-
tiblar bilan kurashning inqilobiy usullariga sal-
biy munosabatda bo‘ldilar. Ular ma’rifatning ri-
vojlanishi o‘z-o‘zidan mavjud tartiblarning o‘z-
garishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblar
edilar.
Eski nazariyalar va g‘oyalarga qarama-qar-
shi tarzda ma’rifatparvarlar ilg‘or va o‘z davri
uchun inqilobiy bo‘lgan yangi g‘oyalarni ilgari surdilar.
Inson uchun munosib yashash va mehnat sharoitini yaratadigan
fanning imkoniyatlariga cheksiz ishonch Ma’rifat asrining asosiy
g‘oyasi bo‘ldi. Shu sababli «fan va taraqqiyot» degan so‘zlar ma’ri-
fatparvarlarning shioriga aylandi. Insonning yaratuvchanlik qudratiga
ulkan ishonch ma’rifatparvarlarni doimo ilhomlantirib turdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |