xarakter kasb etdi. Ma’rifat davrining ko‘plab g‘oyalari XIX, ay- niqsa, XX asrda demokratik mamlakatlar siyosiy amaliyotining, huquqiy normalarining asosiga aylanib, jamiyatning keng qat- lamlari orasida tan olindi. Ma’rifat asrida shakllangan insonning ozodligi va tengligi kabi g‘oyalar keyingi asrlarda Osiyo va Afrika xalqlari orasida tarqalib, bu xalqlar kurashining ham mazmunini tashkil qildi. 1. Ma’rifat asrining ijtimoiy va siyosiy g‘oyalari qaysi mutafakkirlarning nomlari bilan bog‘liq? 2. Ma’rifat asri badiiy adabiyotining qanday namoyandalarini va ularning asosiy g‘oyalarini bilasiz? 3. Ma’rifatparvarlik davri tasviriy san’ati vakillaridan kimlarni bilasiz va ularning asarlari nimasi bilan ajralib turadi? 4. Ma’rifat asri musiqa san’ati dunyoga qaysi mashhur kompozitorlarni berdi? J. Sviftning «Gulliverning sayohatlari» romanini kutubxonadan olib o‘qing va taassu-
rotlaringizni daftaringizga yozing.
Internet vositasida Motsartning «Rekviyem» va Betxovenning «Qahramonnoma»
simfoniyasini tinglang hamda ular asosida «Musiqa sehri» nomli esse yozing.
«Motsart» filmini ko‘ring va xulosa chiqaring.
http://eduportal.uz