Urush harakatlarining borishi.
Buyuk Britaniya Amerika musta-
qilligini birdaniga tan olmadi, mustaqillik tarafdorlariga qarshi qat’iy
kurash olib bordi. Harbiy harakatlar, asosan, mamlakat shimolida bo‘-
lib o‘tdi. Inqilob davrida respublikachilar armiyasi katta qiyinchilik-
larni boshidan kechirdi. Askarlar harbiy ishga deyarli o‘rgatilmagan,
qurol-aslaha, o‘q-dori, oziq-ovqat yetishmas edi.
Shunday sharoitda Fransiya Amerikaga qurol-yarog‘ bilan yordam
bera boshladi. Amerika va Fransiya o‘rtasida «Do‘stlik va Òijorat Biti-
mi» imzolandi. Fransiya – Amerika ittifoqi yaxshi natijalarga olib
keldi.
1782-yili
ingliz qo‘shinlarining asosiy qismi taslim bo‘ldi.
Shundan so‘ng Buyuk Britaniya hukumati Parijda tinchlik muzoka-
ralari o‘tkazishga qaror qildi. Muzokaralarda Amerika tomonidan
Benjamin Franklin, Jon Adams va Jon Jey qatnashdi.
1783-yili
Britaniya va uning Amerikadagi sobiq mustamlakalari
o‘rtasida
Parij sulhi
imzolandi. Sulhga muvofiq, Buyuk Britaniya
Amerika Qo‘shma Shtatlarining tuzilganligini, uning mustaqilligi,
ozodligi va suverenitetini tan oldi.
Urush tugadi. Oldinda esa davlatni jipslashtirish, uning iqtisodiy
ahvolini yaxshilash vazifasi turardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |