Germaniyaning xalqaro ahvoli. Ichki siyosiy tarqoqlik XVII asrning
ikkinchi yarmida Germaniyani Yevropaning kuchli davlatlari qo‘lida
qo‘g‘irchoqqa aylantirib qo‘ydi. Fransiya oxir-oqibatda Strasburg
shahri va Reyn daryosining chap qirg‘oq yerlarini egallab oldi.
1683-yili Germaniya knyazliklari Òurkiya bosqiniga qarshi kura-
shish uchun tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul qildilar va
milliy-ozodlik qo‘shinini tuzdilar. Shu yili Vena ostonalarida usmo-
niylarning qo‘shini tor-mor keltirildi. Germaniyaning bu g‘alabasi
Markaziy Yevropani usmoniylar bosqinidan saqlab qoldi.