matsiya industrial sivilizatsiyaning qaror topishini tezlashtirdi, shaxsning erkinligi va tashabbuskorligiga keng yo‘l ochilib, de- mokratik qadriyatlar shakllandi. 1. Yevropada Reformatsiyaning boshlanishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? 2. Germaniyani qamrab olgan Buyuk dehqonlar urushi ning asosiy sabablari ni- malardan iborat edi? 3. Kalvinizm protestantlik diniy ta’limoti sifatida qaysi jihatlari bilan ommani o‘ziga jalb qila oldi? 4. «Iso jamiyati» yoki iyezuitlar ordenining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi nimalardan iborat edi? 5. «Duo o‘qi va ishla!» shiori O‘rta asrlarda O‘rta Osiyodagi qaysi tariqat tamoyillariga mosligini toping. Misollar keltiring.