Atlantika okeani orqali amalga oshirilgan qul savdosi jarayonida
60–70 million afrikalik halok bo‘ldi.
XVI–XVIII asrlarda Shimoliy Afrika mamlakatlari Usmoniylar imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi. Bu ushbu hududga yevropa- liklar ta’sirini kamaytirib, mahalliy arab xalqlarining islom sivili- zatsiyasi doirasida o‘ziga xos mustaqil rivojlanishi uchun imkoniyat yaratdi. G‘arbiy Afrikaga yevropaliklarning kirib kelishi qit’a tabiiy boyliklarining jadal o‘zlashtirilishiga, qulchilik va qul savdosining rivojlanishiga olib keldi. Qul savdosi afrikaliklar tarixida o‘ta fojiali iz qoldirdi. Mamluk – O‘rta asrlarda Misrda mavjud bo‘lgan harbiylar qatlami. Ular, asosan,
kavkazlik va turkiy xalqlar vakillaridan iborat o‘smir qullardan shakllantirilgan.
Irqchilik – barcha irqlarning teng emasligi, xalqlarning tarixi va madaniyatiga irqiy
farqlar hal qiluvchi ta’sir etishi to‘g‘risidagi mafkuraviy qarashlar yig‘indisi.
1. Misrning usmoniylar tomonidan zabt etilishi bu yerdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosa- batlarda qanday o‘zgarishlarga olib keldi? 2. G‘arbiy Afrikaga yevropaliklarning kirib kelishi qachon boshlandi? 3. Yevropaliklarda qul savdosiga ehtiyoj qachon paydo bo‘ldi? 4. Qul savdosi afrikaliklar uchun qanday oqibatlarga olib keldi? http://eduportal.uz