5-topshiriq. O`zbekistonning eng yangi tarixi.
1.
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi yangi tahrirdagi
qonuni.
3.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.
4.
Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar.
5.
Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
Javoblar:
1.
O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida qadimdan boshlab ilm-
fanning hamma sohasi, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot,
kimyo, me’morchilik, ma’danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik,
adabiyotshunoslik rivojlangan. Hozirgi kunda O‘zbekiston olimlari ota-
bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni chuqurroq o‘rganib yanada
boyitmoqdalar. Ular o‘z milliy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-
fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Respublikamizda
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi
Akademiyasi, Bank-moliya Akademiyasi, Nukus va Samarqandda
O‘zbekiston Respublikasi FAning bo‘limlari ochilgan. Ilmiy tadqiqot
ishlari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadigan ilmiy
tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari,
shuningdek, universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham olib
boriladi. Ilmiy kadrlar Fanlar Akademiyasi tizimida ham, oliy o‘quv
yurtlari, xalq ta’lim tizimida ham tayyorlanadi. Faqat Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim tizimidagi o‘quv yurtlarida 600 dan ortiq fan doktorlari va deyarli 6
mingga yaqin fan nomzodlari o‘qituvchilik va ilmiy faoliyat bilan
shug‘ullanadilar.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda ilm-fanga
alohida e’tibor berildi. Xalq xo‘jaligi va madaniy hayotning tobora ortib
borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari
tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respublika
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-aprelidagi qarori bilan O‘zbekiston
Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.
Mustaqillik yillarida (1996) FAning 40 ga yaqin ilmiy markazi va tadqiqot
laboratoriyalarida yirik olimlar faol mehnat qilmoqdalar. O‘zbekiston
Respublikasi FA institutlari olimlari xorijiy davlatlar olimlari bilan
hamkorlikda ilmiy aloqalarni kengaytirib bormoqdalar. Natijada, 1992-yil
dekabr oyida texnika fanlari doktori G‘.G‘. Umarov K.E. Siolkovskiy
nomidagi Kosmonavtika Xalqaro akademiyasining a’zosi bo‘ldi. U
mazkur Xalqaro Akademiyaning a’zosi bo‘lgan birinchi o‘zbek olimidir.
Shuningdek, o‘zbekistonlik M.S. Bulatov, S.M. Sutyagin, I.I. Notkinlar,
1993-yilda Iordaniya Islom Fanlar Akademiyasi a’zoligiga, M.S.
Salohiddinov, YUNESKO Informatsiya Xalqaro akademiyasining haqiqiy
a’zoligiga, 1994-yil oktabr oyida Xudoyor Olloyorov, 1995-yil fevral
oyida Azamat Shamsiyev Nyu-York FAning faxriy a’zoligiga, ekologiya
va hayot faoliyati xavfsizligi xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zoligiga
Z.S.Salimov, A.A. A’zamxo‘jayev, 1997-yil oktabrida U. Tojixonov va
Z.Zaripovlar tabiat va jamiyat fanlari Xalqaro akademiyasining a’zoligiga,
akademik E.Yusupov esa Turkiya fanlar akademiyasining haqiqiy
a’zoligiga saylandilar. Amerika biografiya instituti O‘zbekistonning
yetakchi olimlaridan biri Omonulla Fayzullayevga uning jahon fani va
madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga asoslanib “2001 yil insoni”
unvonini berdi hamda mazkur institutning maslahatchilar Kengashi
a’zoligiga saylandi. Bular O‘zbekiston fanining xalqaro miqyosda tan
olinishining yaqqol misolidir. Yurtboshimiz aytganlaridek, XXI asrda
quroli, qo‘shini bo‘lgan davlatgina emas, balki turli sohalar bo‘yicha
kuchli mutaxassislari bo‘lgan davlatgina qudratli davlat hisoblanadi.
Zeroki, har bir xalq fan sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan mashhur
farzandlari bilan buyukdir.
2.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 9 sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da
ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni yangi zamon talabi
darajasiga ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta'lim
to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi.
Shu munosabat bilan yurtboshimiz «Barkamol avlod- O’zbekiston
taraqqiyotining poydevori» mavzusida nutq so’zlab, ta'lim-tarbiya
tizimida islohatlar o’tkazish zarurati va omillarini asoslab berdilar.
“Ta'lim to’g’risidagi” ushbu qonun 5 bo’lim, 34 moddadan iborat bo’lib,
uning maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning
huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olish mumkinligi
kabi konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iboratdir.
1-bo’lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta'lim sog’asidagi
davlat siyosatining asosiy printsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan
shug’ullanish xuquqlari, ta'lim muassasasining xuquqiy maqomi, DTS,
ta'lim berish tili kabi masalalar o’z ifodasini topgan.
2- bo’limda ta'lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan. Masalan, 9 -
moddada ta'lim tizimining mohiyati ifodalangan. Qonunga ko’ra ta'lim
tizimimiz quyidagilarni o’z ichiga oladi: Davlat ta'lim standartlariga
muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim
muassasalarini; ta'lim tizimini rivojlanishini ta'minlash uchun zarur
bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
ta'lim sog’asidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli
korxona, muassasa va tashkilotlarni.
Qonunning 3- bo’limida ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya
kilish, 4-bo’limida ta'lim tizimini boshqarish masalalari yoritilgan, 5-
bo’limda esa Yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.
3.
1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi
o’zining XV sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g’risidagi”
Deklaratsiyani qabul kildi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari
to’g’risidagi” qonunda ham o’zining huquqiy asosini topib, 1 va 17-
moddalarida Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi
e’tirof etildi. Har ikki respublika o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul
qilingan Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) ham o‘z aksini topdi.
O`zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida
Qoraqalpog`iston
Respublikasi maqomi alohida bobda mustahkamlangan (XVII bob).
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasida “Suveren
Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi.
Qoraqalpog`iston Respublikasining suvereniteti O`zbekiston Respublikasi
tomonidan muhofaza etiladi" deyiladi. Shuningdek, Qoraqalpog`iston
Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida “Qoraqalpog`iston -
O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren demokratik
respublikadir” deb mustahkamlangan.
Suveren Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
xalq bayrami sifatida e'lon qilindi. Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyasining ahamiyati quyidagilarda o`z aksini topgan:
- Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi tarkibiga
kirishi hamda ular o`rtasidagi o`zaro do`stona munosabatlarning huquqiy
asosi;
- Qoraqalpog`iston Respublikasi o`z davlat ramzlariga ega ekanligini
belgilaydi;
- suveren hamda mustaqil davlat ekanligining kafili;
- davlat va ma'muriy hududiy tuzilish masalalarini mustaqil hal qilishi;
Iqtisodiy taraqqiyot O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirishda ko‘p millatli Qoraqalpog‘iston xalqining, ana shu
mo‘tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor. Shu bois mamlakat
hukumati bu masalada Qoraqalpog‘iston Respublikasini har tomonlama
qo‘llab-quvvatlamoqdaki, 1996-yili ushbu maqsadlar uchun 10 milliard
so‘m mablag‘ ajratildi. Bu Qoraqalpog‘iston milliy daromadining 55
foizini tashkil qilardi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonga berilayotgan
moliyaviy yordam miqdori 1994-yilga nisbatan 18 barobar ko‘paydi.
2006-yilga kelib O‘zbekiston markaziy budjetidan Qoraqalpog‘istonga
berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdori yana ham
ko‘paydi yoki butun Qoraqalpog‘iston budjeti xarajatlarining 75 foizini
tashkil etmoqda. O‘zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq
xalqining fidoyi mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda aholi
turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va
barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yoiida
mehnat qilishga sharoit yaratildi.
4.
Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universiteti hamda Ajiniyoz
nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma’lumo‘lli mutaxassislar
tayyorlanmoqda. Bu o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida 9 ming
nafar talaba o‘qimoqda. Universitetda qishloq xo‘jaligi va tibbiyot
ixtisosligi bo‘yicha fakultetlar ham mavjud. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish
davri qiyinchiliklariga qaramay respublika hukumati xalq ta’limi moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘rmoqda. Keyingi 6
yilda 42 ming 778 o‘rinli maktab, 6 ming 660 o‘rinli bog‘cha, 6 ming 840
o‘rinli kasbhunar kollejlari binolari qurilib foydalanishga topshirildi.
Birgina 1996-yilning o‘zida esa 3126 o‘rinli maktab qurib ishga tushirildi.
1991- 1996-yillarda fan sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. 1992-
yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq
filialiga Qoraqalpoq bo‘limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta
instituí mavjud bo‘lgan bo‘Isa, yana ikkita institut qo‘shildi. Tarix,
arxeologiya va etnografiya hamda bioekologiya institutlari ham shu bo‘lim
tarkibiga kirdi. Botanika bog‘i bo‘linmasiga esa bo‘lim maqomi berildi.
1994-yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga O‘zbekiston Sogiiqni saqlash
vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
Fanlar Akademiyasida tashkil etilgan bunday tadbirlar olimlarga tabiiy va
ijtimoiy fanlami yanada rivojlantirish, xalq xo‘jaligi va madaniyatni
yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlami qoiga kiritishga yordam berdi.
Qoraqalpoq fanida erishilgan yutuqlar hamda to‘rt jildlik «Qoraqalpoq
tilining izohli lug‘ati»ni yaratishdagi xizmatlari uchun fanlar akademiyasi
bo‘limining 4 nafar ilmiy xodimlari (M.Qalandarov, R.Yesemuratova,
A.To‘raboyev, D.Qozoqboyev) 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining
Beruniy nomidagi Davlat mukofo‘li bilan taqdirlandilar.
5.
Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni ta’minlash,
aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga
kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishva ularning salbiy
oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratib
kelinmoqda.
Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |