Boshqa metodlardagi kabi cho'ktrirish metodida ham indikatorlardan foydalaniladi.Xlorni argentometriya usulda aniqlashda titrlash oxiri indikator - kaliy xromat (K2CrO4) yordamida bilib olinadi. (Mor metodi). Kaliy xromatning indikator sifatida ishlatilishi uning kumush ionlari bilan g‘isht-qizil rangli kumush xromat Ag2CrO4 Cho'kmasi xosil qilishiga asoslangan: CrO42- + 2Ag+ = Ag2CrO4 Kumush xromatning eruvchanligi (10-4 mol/1) kumush xloridning 1.25*10-4 mol/l yoki kumush bromidning 7.84*10-7 mol/1 eruvchanligidan ancha katta. Shuning uchun tarkibida Cl- yoki Br- ionlari bo’lgan eritmalar AgNO3 eritmasi bilan titrlanganda avval AgCl yoki AgBr cho'kmasi xosil bo’ladi.hamma galogenidlar cho’kib bo’lgandan so’ng CrO4- ionlari va Ag+ ionlari o’rtasida reaktsiya boshlanib, rangli cho'kma xosil bo’ladi. Limon sariq rangning ekvivalent nuqtasiga erishilganlikni ko’rsatuvchi och pushti rangga aylangani aniq sezilgan zaxoti titrlashni to’xtatish zarur. Rang o’zgarishini aniq sezib olish uchun «guvox» eritmadan foydalanish yana ham maqsadga muvofiqdir. Argentometriya metodining qo’llanilish soxasi biroz chegaralangan. Uni faqat neytral va Kuchsiz ishqoriy muxitda pH=7 dan 10 gacha bo’lganda qo’llash mumkin. Kislotali eritmalarda Ag2CrO4 cho'kmasi eriydi, kuchli ishqoriy muxitda esa Ag+ ionlari OH- ionlari bilan AgOH xosil qiladi va u parchalanib erimaydigan Ag2O va suvga aylanadi. 2AgOH = Ag2O + H2O