Rezbalarni chizmalarda belgilash. Rezbalarning turlarini, ularning chizmadagi
shartli tasvirlari orqali aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ularning tasviriga shartli
belgilar qo‘shib yozish qabul qilingan. Rezbaning shartli belgisi, uning tashqi
(katta) diametri orqali lfodalanadi. Rezbalarning belgilari, o‘lchamlari va chetga
chiqishlari standart bo‘yicha aniqlanadi. Konussimon va truba rezbalardan tashqari
hamma rezbalarga o‘lchamlar 10.21-rasmdagidek qo‘yiladi.
145
10.21-rasm
Truba va konussimon rezbalarga o‘lchamlar (10.22-rasm, a, b) dagidek
qo‘yiladi.