61
25-§. AJRALADIGAN REZBALI BIRIKMALARNING
CHIZMALARI
Texnikada rezbali birikmalar ko‘p ishlatiladi. Ular boltli, shpilkali
va
vintli birikmalar hisoblanib, shartlilik qo‘llanilgan va soddalashtirilgan
ko‘rinishda chizish mumkin.
Boltli birikma.
Birikmada boltning uzunligi biriktiriladigan detallar qa-
linligiga bog‘liq. Biriktiriladigan detallardan birining
qalinligi
a =
25
mm
, ik-
kinchisining qalinligi
b
= 35
mm
berilgan bo‘lsa, ularga shayba qalinligi
h
,
gayka balandligi
H
va gaykadan boltning rezbali uchi chiqib turadigan zaxira
k =
0,25
d
lar yig‘indisidan iborat, ya’ni bolt uzunligi
l
=
a + b + h
+
H + k
(25.1-chizma,
a
)
.
Misol.
Biriktiriladigan detallardan birining qalinligi
a =
25
mm
,
ikkinchi-
siniki
b
= 35
mm
va boltning rezbasi
d =
24
mm
berilgan bo‘lsin. Boltli birikma
chizmasini chizing.
1. simmetriya o‘qi chiziladi. Unda aniqlangan bolt uzunligi belgilanadi.
Boltning kallagi balandligi
H
uning uzunligiga kirmaydi, uni
l
dan tashqariga
qo‘yiladi.
l
oralig‘ida biriktiriladigan detallar qalinligi
a
va
b,
shayba
qalin-
ligi
h,
gayka balandligi
H
va
k
o‘rinlari ingichka yordamchi chiziqlarda bel-
25.1-chizma.
62
gilab chiqiladi. Biriktiriladigan detallar teshigi
d
o
=
1,1
d =
26
mm
da chiziladi. Boltli birikma-
ning ustdan ko‘rinish o‘rni aniqlanadi va u joy
ingichka chiziqda belgilanib, biriktiriladigan
detallar chegarasi ham ingichka chiziqda chizi-
ladi (25.1-chiz ma,
a
)
.
2. Bolt, shayba va gaykalar chiziladi. Ustdan
ko‘rinishida gayka va shayba chiziladi (25.1-
chizma,
b
)
.
Ustdan ko‘rinishda
bolt uchi tasvi-
ri chiziladi, ya’ni rezba sterjenda o‘yilganligi
ko‘rsatiladi.
3. gayka va bolt faskalari chizilib, chizma
taxt qilinadi (25.1-chizma,
d
)
.
Yig‘ish chizma-
larida bolt, gayka, shaybalar qirqimga tushsa
ham standart talabiga ko‘ra
ular qirqilmay tas-
virlanadi.
Biriktirilayotgan detallar kesim yuza lari-
ning shtrixlari bir-biriga qarama-qarshi chizi-
ladi. Yig‘ish chizmalarida ikki
xil detal yonma-
yon to‘g‘ri kelib qolsa ham ularning kesim yuza lari bir-biriga qarama-qarshi
qilib shtrix lanadi.
Ikkita detal bir-biriga tegib tursa, ularning umumiy chegarasi bitta chiziqda
tasvirlanadi. Bolt sterjeni bilan biriktiriladigan detallar teshigi orasida tirqish
(zazor) bo‘lganligi uchun ikkala detal oralig‘ida umumiy chegara chizig‘i bolt
sterjenigacha chiziladi.
Yig‘ish chizmalarida o‘lchamlarning eng kerakligi qo‘yiladi. Boltli bi-
rikmada rezbaning o‘lchami hamda biriktirilayotgan detallarning qalinligi
ko‘rsatiladi.
Boltli birikmani ikkita ko‘rinishda sodda lashtirib tasvirlash mumkin (25.1-
chizma,
e
)
.
1. Boltning uzunligi qanday aniqlanadi?
2. Yig‘ish chizmalarida boltli birikmani qanday tasvirlash mumkin?
3. Bolt, gayka va shaybalar qirqimga tushsa ham ular qirqilib ko‘rsatiladimi?
nima sababdan?
4. Yig‘ish chizmasida qirqimga tushgan yonma-yon joylashgan detallarning
kesim yuzalari qanday shtrixlanadi?
5. Bir-biriga tegib turgan detallarning umumiy
chegarasi qanday tasvirlana-
di?
1.
d =
30
mm
, biriktiriladigan detallarning qalinligi
a =
25
mm
va
b =
35
mm
bo‘lgan metrik rezbali boltli birikmani chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: