1
Chiroqchi tumanidagi 174-umumiy о‘rta ta’lim maktabi
о‘qituvchisi Lochin ELMATOVning
«5 TASHABBUS— BESH PORLOQ YULDUZ»
кitobidan
MEHNAT QILGAN
ELDA AZIZ
yoxud najotkor qо‘shni
(5 qismli tomosha. Voqea chekka qishloqlardan birida
bо‘lib о‘tadi)
QATNASHUVCHILAR:
Elboy — yangi uyga kо‘chib chiqqan qо‘shni
Sora momo – Elboyning onasi
Nurboy – Elboyning yon qо‘shnisi
Oyjamol — Elboyning xotini
Xadicha — Nurboyning xotini
Komiljon – Elboyning о‘g‘li
Ibratjon – Nurboyning о‘g‘li
Shirina — Nurboyning qizi
Shifokor
1 - qism
Elboyning uyi etagi. Tо‘rda Sora momo va kelini Oyjamol g‘alvirda bug‘doy
tozalamoqda. Hovli sahniga chо‘pni ot qilib mingan ikki bolakay Komiljon va
Ibratjon chiqib keladi.
Komiljon. Ibrat, oshnajon, mening varragim hov, anavi Qо‘ng‘irtovdan ham
baland uchadi.
Ibratjon. Mening varragim esa undan ham baland uchadi — kо‘ryapsanmi,
anavi oppoq tuyadek haybatli bulutlarga borib tegadi.
Komiljon. Yо‘q, mening varragim baland uchadi.
Ibratjon. G‘irromlik qilma, oshnajon, hozirgina mening varragim baland
uchdiku.
Komiljon. О‘zing g‘irromlik qilyapsan. Hozir boplab bir shapaloq tushiraymi?
Ibratjon.
(uning qо‘lini epchillik bilan ushlab qoladi) Ho-o, men
qarab
turarkanmanmi?
Komiljon. Nima-nima, men Jeki Chanman, mana kо‘r, fisht-fisht, kisht-kisht...
Bolalar sahna о‘rtasida tortishgan bо‘lishadi.
2
Oyjamol.
(yugurib kelib bolalarni ajratib qо‘yadi) Bо‘ldi, bas qilinglar,
urishmanglar uyat bо‘ladi. Axir, endi sizlar shunchaki dо‘stlar emas, qо‘shni
bо‘ldingizlar.
Komiljon. Baribir mening varragim zо‘r, hmm...
Ibratjon. Mayli, shunday bо‘la qolsin...
Oyjamol. Qani endi, yarash-yarash qilib olinglar.
Bolakaylar momosining oldiga yugurib borishadi.
— Assalomu alaykum, aziz buvijon.
Momo va kelin: Vaalaykum assalom.
Sora momo bolalarning boshini silab sо‘zini davom ettiradi:
— Tortishmanglar, kelishib о‘ynanglar, bolajonlarim. Mana yangi uyga kо‘chib
о‘tdingiz, bolalarim. Bu manzil qishloqning eng chekka joyi. Boshqa
bolalardan
uzoq. Shuning uchun ikkingiz dо‘st bо‘lib, bir-biringizga tirgak bо‘ling. Birga dars
tayyorlang, kitoblar о‘qing. О‘qiganlaringizni bizga ham sо‘zlab bering. Inoq
dо‘stlar murodiga yetishadi.
Onangiz Oyjamolxon bilan sumalakka bug‘doy undirayapmiz. Yangi
uylaringizga qarindosh-urug‘larni chaqirib, ehson qilamiz.
Komiljon. Keyin maza qilib, sumalak yalaymiz.
Ibratjon.
Raqsga ham tushamizmi, momojon?
Sora momo. Bо‘lmasamchi! Qani kelin, radioning qulog‘ini burab yubor,
nevaralarim bilan bir о‘yinga tushay.
Musiqa yangrab momo va nevaralar raqsga tushadi. Shu payt Elboy qо‘liga
ketmoi kо‘tarib keladi-da, bolalarga qarab bidillab ketadi.
Elboy. Senlarga nima bor bu yerda? Komil, qо‘ylarni dalaga hayda. (Ibratjonga
qarab) Sen tirrancha esa yо‘qol kо‘zimdan...
a momo. Voy, о‘g‘lim, bu nima deganing, murg‘ak bolaga ham baqiradimi esi
bor odam? Nima jin urdi seni?
Bolakay boshini xam qilgancha chiqib ketadi. Momo uning qо‘lidan
ushlaydi, bolakay yig‘lamsiragancha siltab tashlaydi.
- Shoshma, Ibratjon, amaking hazillashayapti...
Elboy. Buyam shuning bolasi-da gо‘r bо‘larmidi? Nurboyning xuddi о‘zi —
g‘irrom.
Sora momo. (hazin kulib) — Sening о‘g‘ling g‘irrom ekan,
hozirgina guvohi
bо‘ldim. Kichkinaligingda Nurboy bilan qalin dо‘st edinglar. Darslaringga yordam
berardi. U seni bezori bolalardan himoya qilardi...
Ikki qо‘shni farzandlaringga namuna bо‘linglar. Onadan о‘rgangan tо‘n bichar,
otadan о‘rgangan о‘q yо‘nar. Undan kо‘ra, bolalaringni ta’lim-tarbiyasiga e’tibor
beringlar, yer talashguncha. О‘g‘il-qizlaringning tarbiyasi, odob-axloqi kamaysa,
muallimlarni ayblaysizlar. Aslida, hamma ayb siz, ota-onalarda.
3
Elboy. Ena, bо‘ldi, о‘shalarning yonini olavermang. Nurboyni kо‘ring
xotinquli. Hm, endi xotinini rayonma rayon yetaklab,
tadbirkor qilarmish, anavi
nimaydi... bank beradigan katta pul borku...
Oyjamol. Kredit.
Elboy. Sendan birov sо‘rayotgani yо‘q. Yo sen ham Nurboyni xotiniga
о‘xshab, 100 kilometrli tuman markaziga borib, uch kun bankda ochiridda turib,
kredit olmoqchimisan? Yо‘q, qо‘ymayman, xotin kishi uyda о‘tiradi. Ishlashni kim
qо‘yibdi ularga.
Oyjamol. Shoshmang, dadasi, uch kun emas, bir oyda oldi.
Qayerga borsa
ochirid emish.
Elboy. Bu sening muammoing emas, kattalarniki.
Oyjamol. Aytamanda. Keyinchi, Xadichaxon ham tadbirkor bо‘lib, uyda ish
qilmoqchi, katta tovuqxona ochib, parrandachilik bilan shug‘ullanmoqchi.
Qarab
turing, ikki yilda erimga mashina mindiraman, dedi.
Elboy. Balo qiladi tovuqmiya xotin. (momoga yuzlanib) Ena, Nurboy kecha
traktor bilan yer tirnab, mening ulushimga bir qarich о‘tib ketibdi. Nima emish,
tovuqxona qurarmish. Borib ketmon bilan chopib tashlayman, devdim, yonida
devday ukasi turgan ekan.
Sora momo. Sekinroq gapir, о‘g‘lim, uyat bо‘ladi. Ozroq andishali bо‘l. Yon
qо‘shning bо‘ladi-ya.
Elboy.
Xotinimni ishli qilaman, deb karrayib yuribdi. Erkak bо‘lmay о‘l.
Zamon zо‘rniki, tomosha kо‘rnikimi? Yо‘q, bunga indamay qarab turolmayman. Yer
meniki! Hech qanday tovuqxona qurilmaydi. Tamom vassalom. Hozir boramanda,
chegaram tomon о‘tib ketgan bir qarich yerga don sepib kelaman. Oyjamol, tunov
kungi xaltaning ostida ortib qolgan bug‘doyni olib chiq. Imillama...
Oyjamol. Voy о‘lmasam, bug‘doyni hozirgina enangizga olib chiqib berdim,
kechirasiz...
Sora momo. Sumalak qilamiz...
Elboy. Nima!!! Sumalakka balo bormi? Endi qayerdan bug‘doy olaman.
Shanbi bozor kelguncha kech bо‘lib ketadiku? Hozir seni, Eshvoy chо‘loqning qizini
chopib tashlayman.
Nima degandim, yer turganda hech kimni ayamayman...