IV.2. Amir Temur va Temuriylar davri – Vatan tarixidagi Ikkinchi Renessans Amir Temur va Temuriylar davridagi sivilizatsiyaviy tiklanish va mintaqaviy ko’tarilish. “Temur tuzuklari”ning Renessans maqomi. Ikkinchi Renessansning davomiyligini va davlatning yaxlitligini ta’minlashda Shohrux, Ulug’bek, Abusaid, Boyqaro Mirzolarining faoliyati. Alisher Navoiy fenomeni va uning Temuriylar davri Renessansidagi buyuk o’rni.
Yangi O’zbekistonning ijtimoiy yuksalishga erishuvida Amir Temur faoliyati bilan boshlangan Ikkinchi Renessans merosining ahamiyati.
V. O’ZBEKISTONNING DAVLAT ISTIQLOLINING TIKLANISHI –UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI YARATILISHINING SHARTI
V.1. “Buyuk o’tmishdan – Buyuk kelajak sari” g’oyasida milliy rivojlanish istiqbolining ifodalanishi Milliy davlat istiqlolining tiklanishi – O’zbek xalqi ijtimoiy Uyg’onishining poydevori. Zamonaviy tamoillarda davlatchilikning zarur atributlarining yaratilishi.
Tarixiy-madaniy qadriyatlarning hozirgi talablar darajasida xalqqa qaytarilishi.
Ijtimoiy rivojlanish uchun sivilizatsiyalar sintezining tanlanishi. Tadrijiylik yo’lining belgilovchiligi. Yangi siyosiy jarayonlar. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining yaratilishi vazifalari.
Barpo etilayotgan va rivojlantirilayotgan bozor iqtisodiyotning sivilizatsiyaviy mo’ljallari. Aholi tarkibida o’rta qatlam(sinf)ning shakllantirish vazifalari.
“Yangi O’zbekiston” g’oyasi va Uchinchi Renessans asoslarini yaratish bo’yicha zarur vazifalarning belgilanishi.
V.2. Uchinchi Renessans poydevori barpo etilishining ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlari, yo’nalishlari va usullari Istiqlol davrining umumiy bahosi. 2017-2021-yillar uchun Harakatlar strategiyasi bajarilishining yakunlari. “Harakatlar strategiyasida taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyilining 2022-2026-yillar uchun asosiy g’oya va amaliy vazifalarining bosh mezoni ekanligi. “Yangi O’zbekiston xalqchil va insonparvar davlat” g’oyasi. “Adolat – davlatning asosi va rahbar shioridir” (Amir Temur). Inson qadr-qimmatini ta’minlash zarurligi.
“Inson-jamiyat-davlat” birligida boshqaruv organlarining “faqat davlatga emas, xalqqa xizmat qilishi” zarurligi. Davlat xizmati uchun kadrlar tanlash masalalari. Konistitutsiyani takomillashtirish vazifalari. Davlatning yuqori idoralarini transformatsiya qilish orqali fuqarolarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash vazifalari. “Xalq qabulxonalari” institutini faoliyati.
Sud-huquq tizimida chuqur islohatlar zarurligi. Korrupsiyaga qarshi kurash – davlat siyosati vazifasi.