Yozuv jarayonini to’g’ri tashkil etish
`(1-rasm)
O'qituvchi birinchi navbatda har bir o'quvchiga partada to'g'ri o'tirish qoidalarini erinmay tushuntirishi va mashq qildirishi darkor (1 rasm). Keyinchalik o'quvchi ruchkani qanday ushlashi, daftar tutish holati hamda harflarni yozayotganligini: sekin yoki tez yozishini kuzatib borishi lozim. Husnixat malakasini shakllantirishni faqat boshlang'ich sinflarda emas, balki yuqori sinflarda takomillashtirib borishi zarur.
Husnixat uslubiyati fani va boshqa fanlar. Husnixat o'qitish metodikasi fani bir qator boshqa fanlar bilan chambarchas bog'liq. Estetika, fiziologiya, gigiyena, tilshunoslik kabi fanlar bilan aloqada bo'ladi. Estetika fani bilan bog'liqlik jihati shundaki, eng avvalo o'quvchilarda go'zallikka bo'lgan qiziqishlarini oshiradi. Chiroyli yozish ham go'zallikning bir ko'rinishidir. Sharq mutafakkirlaridan biri bunday degan ekanlar: "Chiroyli yozgan kishi chiroyli fikrlay oladi". Darhaqiqat, o'quvchi maktabga kelgan kunidan boshlab chiroyli yozuv malakalari haqida tanisha boshlaydi. Bundan tashqari o'quvchini chiroyli yozuvga o'rgatish jarayonida bolaning har tomonlama: nerv sistemasi, qo'l harakatlari va muskullari, ko'rish organlari, eshitish organlari, umurtqa pog'onasi rivojlangan bo'lishi kerak. O'quvchi shundagina husnixat malakalarini o'zlashtira oladi. Agar o'quvchining biz yuqorida tilga olgan organlaridan biri yaxshi taraqqiy etmagan bo'lsa, u o'quvchida chiroyli yozuv malakalari to'g'ri yo’lga qo'yilmaydi. Shunday holatlarning kelib chiqishi kelajakda o'z ta`sirini ko'rsatadi. O'quvchi partada o'tirib yozish jarayonida, eng avvalo yozuv qurollarini to'q'ri joylashtirishi zarur. Buning uchun birinchi navbatda o'quvchi partada to'g'ri o'tirishi kerak. Chunki o'quvchi partada to'g'ri o'tira olmasa, egri o'tirsa umurtqasi noto'g'ri o'sadi va bolaning jismoniy o'sishiga salbiy ta`sir qiladi va hattoki bir umr bola nogiron bo'lib qolish holatigacha borib yetadi. Buning utun o'qituvchi bolaning partada o'tirish, turish, dartarni ushlash va yozish qoidalarini ko'proq ta`kidlab turishi zarur.
Husnixat o'qitish metodikasi fani bevosita tilshunoslik fani bilan ham bog'liq. Har bir yoziladigan harf, avvalo, nazariy o'rganilgan va asoslangan. Ushbu harflar asosida husnixat mashg'ulotlari o'tkaziladi.
Xullas, fan estetika, fiziologiya, gigiyena, tilshunoslik, pedagogika, psixologiya, matematika fanlari bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |