Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi
|
1.Ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarni takrorlash
2.Dars ishlanmasi muhokamasi
3. Ertak va hikoya janriga oid asarlarni o‘rganish darsi ishlanmasi tuzish va o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar
4.Xulosa
|
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
|
Talabalarning Badiiy asarni tahlil qilish, tahlilning adabiy-badiiy asoslari. Badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlari yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
|
O‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning badiiy asarni tahlil qilish, tahlilning adabiy-badiiy asoslari, bolalarning badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlari yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
2. Bolalarning badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlari tahlil qila olishga o’rgatish.
3.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.
|
O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Bolalarning badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlari tahlil qila olish.
2. Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o‘z fikr-muloxazasini bildirish.
3. “O‘qish” darsligida berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish.
4.Mashg‘ulotda faol qatnashish
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
“Kichik guruhlarda ishlash“, ta’limiy o`yinlar
|
Ta’lim vositasi
|
Darslik, metodik qo’llanma, proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Texnologik xarta
|
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Dars bosqichlari va vaqti
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini
(Badiiy asarni tahlil qilish, tahlilning adabiy-badiiy asoslari. Badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlari)
2. Amaliy mashg‘ulot maqsadini
3. Amaliy mashg‘ulot rejasini
e’lon qilish.
|
Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Bilimlarni faollashtirish (15 daqiqa)
|
Metod. Savol-javob, suhbat.
1.Sinfda o‘qish darslarida o‘quvchilarga qanday bilimlar beriladi?
2.O‘qish darslarining tarbiyaviy ahamiyatini ayting.
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi
|
3-bosqich
Umumlashtirish
(55 daqiqa)
|
1. Amaliy:
1.Magnit tasmasiga yozilgan ( o‘qituvchi o‘qish ham mumkin ) A. Qahhorning
“Anor ” hikoyasi eshtiriladi.Hikoya yuzasidan quyidagi savollar beriladi
Siz eshitgan asar qaysi janrga mansub ?
Nima uchun bu asarni hikoya janriga kiritamiz ?
Asarda qanday g’oya ilgari so‘rilgan ?
Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” da berilgan hikoyalarning soni va mavzusi haqida fikringiz ?
2. Talabalar tomonidan saxnalashtirilgan “ Botir mergan va chaqimchi ” ertagi namoyish bqilinadi .
Ertak yuzasidan quyidagi savol va topshiriqlar beriladi .
Siz ko‘rgan saxnalashtirilgan asar qaysi janrga mansub ?
Ertakda qanday g’oya ilgari surilgan ?
Siz ertakka qanday sarlavha qo‘yasiz ?
Ertakning kompozitsion qurilishini ko‘rsatib bering.
|
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
Talabalarning ishlari yig’ib olinadi.Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, Mashg‘ulot yakunlanadi.
|
|