Vaqti: 4 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi
|
1.Ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarni takrorlash
2.Dars ishlanmasi muhokamasi
3. Ilmiy-ommabop janriga oid asarlarni o‘rganish darsi ishlanmasi tuzish va o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar
4.Xulosa
|
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
|
Talabalarning ilmiy-ommabop janriga oid asarlarni o‘rganish darsi yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
|
O‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning ilmiy-ommabop janriga oid asarlarni o‘rganish yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
2 Ilmiy-ommabop janriga oid asarlarni o‘rganish darsi ishlanmasi tayyorlashni o‘rgatish.
3.Dars ishlanmasi yuzasidan fikr-muloxaza bildirishga o‘rgatish.
4.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.
|
O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Ilmiy-ommabop janriga oid asarlarni o‘rganish darsi ishlanmasini tuza olish.
2.Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o‘z fikr-muloxazasini bildirish.
3. “O‘qish” darsligida berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish.
4.Mashg‘ulotda faol qatnashish
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
“Kichik guruhlarda ishlash“,ta`limiy o`yinlar
|
Ta’lim vositasi
|
Darslik, metodik qo’llanma, proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Texnologik xarita
|
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Dars bosqichlari va vaqti
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini
(Ilmiy-ommabop janriga oid asarlarni o‘rganish darsi ishlanmasi.)
2. Amaliy mashg‘ulot maqsadini
3. Amaliy mashg‘ulot rejasini
e’lon qilish.
|
Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Bilimlarni faollashtirish (15 daqiqa)
|
Metod. Savol-javob, suhbat.
1. Badiiy asar nima?
2. Badiiy asarning turlarini ayting.
3. Boshlang‘ich sinf «O‘qish darsliklari»da qanday janrdagi asarlar berilgan?
4. Boshlang‘ich sinfda ilmiy ommabop maqolalarni O‘qitishdan maqsad nima?
5. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida qo‘llaniladigan metodlar.
6. Asar mazmunini tahlil qilishdagi ish turlari.
7. Ilmiy-ommabop maqolalarni o‘rganish dars qurilishini ayting
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi
|
3-bosqich
Umumlashtirish
(55 daqiqa)
|
1. Amaliy:
1. Guruhlarning har biriga quyidagi topshiriqlar beriladi.
1-guruh uchun. 1-sinflarda o‘rganiladigan ilmiy-ommabop maqolalarni ajrating va guruhlang.
2-guruh uchun.2-sinfda o‘rganiladigan ilmiy-ommabop maqolalarni ajrating va guruhlang.
2.Guruhlardagi talabalar tayyorlab kelgan dars ishlanmalarini o‘zaro almashadilar. Chunonchi, 1-guruhdagi talabalar o‘z dars ishlanmalarini 2-guruhga beradilar va x.k.z.
Har bir guruh olgan dars ishlanmalarini guruh a’zolari ichida tahlil qilib, eng yaxshi dars ishlanmasi va ko‘rgazmani aniqlaydilar. Agar bir dars ishlanmasi muhokama bo‘lmasa, bir necha darsdagi eng ma’qul ish turlarini tanlab, yaxlit dars reja-konspektni tuzishlari xam mumkinligi eslatiladi. Ish natijasida nima uchun ayni dars ishlanmasini yaxshi deb topganliklarini izohlaydilar.
Guruhlar tomonidan yuqori baxolangan dars ishlanmasi o‘qib eshittiriladi, tahlil qilinadi.
|
Savol-topshiriqlarga talabalarning javobi
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
Talabalarning ishlari yig’ib olinadi.Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.
|
|