Chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 29,42 Mb.
bet17/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Intruziv magmatizm

Intruziv magmatik jinslar, ular hosil bo‘ladigan chuqurlik, magmatik jismlarning morfologiyasi, o‘rab turuvchi jinslar bilan munosabati va ularning chuqurlikka qarab o‘zgarish belgilari.

Ekzogen jarayonlar va ularning cho‘kindi jinslarni hosil bo‘lishidagi roli. Gravitatsion, suv va havo oqimlarida siniq bo‘laklarning mexaniq differentatsiyasi. Bo‘lakli (terrigen) jinslarning tasnifi. Suvdagi tabiiy eritmalarning kimyoviy differensiatsiyasi va xemogen cho‘kindilarning shakllanishi, ularning tasnifi. Biogen cho‘kindilarning hosil bo‘lishida hayvon va o‘simliklarning roli. Biogen jinslarning tasnifi. Cho‘kindi jinslarning, ulardagi biogen, xemogen va bo‘lakli komponentlarning miqdoriga qarab tasniflanishi. Fatsiyalar haqida tushunchalar.

Cho‘kindilarning jinslarga aylanish bosqichlari. Sedimentog‘enez (cho‘kindi moddalarning harakati, tashilishi, differensiatsiyasi, sedimentatsiyasi (cho‘kmalarning to‘planishi). Litog‘enez, katagenez va metagenez (cho‘kindi jinslarning harorat va bosim ta’sirida qayta o‘zgarishi).

Yerdagi bo‘ladigan jarayonlar; vulkan otilishi, zilzila, tog‘ qosil bo‘lishi, kabi ichki qarakatlar endogen jarayonlar deb ataladi. Yerdagi beqisob energiya ta’siridan jinslarning yotish qolati va tarkibi o‘zgaradi, burmali tog‘lar, vulkan qarakatlaridan orollar qosil bo‘ladi. Yer qatlamlarini o‘zgaraishidan qosil bo‘lgan qar xil strukturalarni o‘rganuvchi geologiyaning soqasi geotektonika deyiladi.

Yer po‘stidagi endogen qarakatlar qatlami yoki qatlamsiz yaxlit yotqiziqlarni normal yotishini o‘zgartiradi. qatlamlar yon tomonidan siqilishidan burmalanadi, tik ta’sir qilgan kuchdan esa, sinadi darzlar qosil qilib bo‘laklarga ajraladi va niqoyat bir qismi ko‘tarilib, ikkinchi qismi cho‘kishi mumkin.

qatlamlarning o‘zgarishi ichki qarakatga bog‘liqdir. Bu qarakatdan cho‘kish, ko‘tarilish, burmalanish, yer yorilishi, katta-katta palaxsalarning siljishi va boshqa xil tektonik strukturalar vujudga keladi. Tektonik qarakatlar ikki xilga orogen va epeyrogen qarakatga bo‘linadi. Orogen qarakatlar o‘z navbatida plikativ (burmalanish) va diz’yunktiv (uzilma) turlarga bo‘linadi.

Epeyrogen (tebranma) qarakatlar yer po‘stining asriy tebranishida o‘z ifodasini topgan.

Tektonik strukturalar orasida qatlamli, darz ketgan va ajralgan strukturalarni ko‘rish mumkin.

1. qatlamli struktura deb dengiz, ko‘l, quruqlikda to‘plangan mexanik, ximiyaviy va organik jinslarning tabiiy buzilmagan formasiga aytiladi.

qatlamli strukturalarga jins qatlamlarining gorizontal yoki bir oz qiyshayib yotishi kiradi. Bunday qolatni oldin tektonik qarakatga aloqasi yo‘q deb qisoblanar edi. Qaqiqatda esa yotqiziqlarning yotish qolati asosan yer po‘stidagi qarakatlarga bog‘liqdir. Agar yer po‘stining bir qismi asta-sekin cho‘ksa yoki aksincha ko‘tarilsa, shu joyga cho‘kadigan jins qatlamlarning yotishi shu joyga moslashib qiya yoki gorizontal bo‘ladi.

Yer po‘stidagi qarakatlar tufayli dengiz goq quruqlikka bostirib kiradi, goq orqaga chekinadi, buning natijasida dengiz ostida to‘planuvchi cho‘kindilar biri ikkinchisiga nisbatan suv bostirib kirganda bir xil tartibni saqlasa, suv qaytganda aksincha qolatda bo‘ladi.

Yer po‘stida qosil bo‘lgan cho‘kindilar qatlamlar shaklida yotadi. qatlam deb usti va osti tomonidan chegaralanuvchi yuza bilan ajralgan, bir xil tarkibdan iborat bo‘lgan yaxlit yotqiziqqa aytiladi.

qatlamning usti va ostki chegarasini birlashtiruvchi tik chiziqning uzunligi qavatni qaqiqiy qalinligiga teng bo‘ladi. qavatning yer yuzasiga chiqib turgan qismi ko‘ringan qalinlik deyiladi.

Qosil bo‘lgan qar qanday birlamchi jins qatlamni normal qolatdan o‘zgarib qolganligini, ularning yotish burchagini va azimutini tog‘ kompasi bilan aniqlanadi.

Yer po‘stida tebranma-epeyrogen qarakatlar. Bizga qattiq va mustaqkam bo‘lib ko‘ringan yer po‘stining ba’zi joylari ko‘tarilib, boshqa joylari esa, asta-sekin cho‘kib, ya’ni tebranib turadi. Yer po‘stining bunday qarakati epeyrogen qarakat, jarayonning o‘zi esa epeyrogenezim (grekcha-tug‘ilish) jarayoni deb ataladi. Asriy tebranishlar yer yuzasining keng maydonida sodir bo‘ladi.

Dengiz yotqiziqlarini qatlami qamma qit’alarda topilishi va ularning yotqiziqlari bilan qoplanganligi o‘tgan geologik davrlarda birnecha marta yer po‘stida asriy tebranishlari bo‘lganligidan darak beradi. Bu qarakatlar qozir qam davom etmoqda.

Epeyrogen qarakatlar qirg‘oq chiziqlarning o‘zgarishida ayniqsa yaqqol aks etadi. Dengiz soqillarining ba’zi yerlaridan suvning qaytishini kuzatish mumkin. Bunday qodisa yo dengiz satqining pasayishi yoki dengiz soqilining ko‘tarilishida ro‘y beradi.

quruqlikning cho‘kishi yoki dengiz satqining ko‘tarilishi natijasida dengiz tarnsgressiyasi vujudga keladi va quruqlikning bir qismini suv bosadi. quruqlikdan dengiz suvi qaytsa regressiya deyiladi.

Transgressiya bilan regressiya jarayoni bir xilda bo‘lmaydi. Bu qodisalar tektonik qarakatlar natijasida yer po‘stining ayrim joylarining cho‘kishi yoki ko‘tarilishida ro‘y beradi.

Epeyrogen qarakat yerlarda qar xil vaqtda va turlicha tezlikda bo‘ladi.

Yer po‘sti qarakatini ko‘rsatuvchi eng yaxshi misollardan biri Apennin yarim orolining Serapis soqilidagi ibodatxona minorasida dengizda yashovchi molyuskalar o‘ygan izlar, bu yerda bir necha marta dengiz bo‘lib qaytganligini ko‘rsatadi.

Serapis soqillari qozir asta-sekin cho‘kayotganligi sababli qasr ustunlarini 2,5 m gacha suv qoplagan.

Bundan tashqari tarixiy materiallarga qaraganda, Skandinaviya soqillari 100 yilda 100-120 sm ko‘tarilmoqda.

Yer po‘sti ba’zi joylarda ko‘tarilsa, ikkinchi joyda cho‘kadi. Masalan Baltiq dengizining janubiy soqili sekin-asta cho‘kmoqda. Shimoliy dengiz, La-Mansh bo‘g‘ozi, qora dengizning Suxumi atrofidagi soqillari va Shimoliy Amerikaning sharqiy soqillari qamda Avstraliya materigi soqillari qam cho‘kmoqda.


Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish