VII. Vatanparvar – Vatani uchun, xalqi uchun fidokorona mehnat qiluvchi va zarur bo’lsa, ular uchun jonini ham fido qiluvchi. Vatanparvarlik xislati milliy g’urur va boshqa ijobiy xislatlar natijasida ro’yobga chiqadi. O’z millatining tarixini, madaniyati va ma’naviyatini yaxshi bilgan odamda milliy g’urur paydo bo’ladi. O’z navbatida milliy g’urur takomillasha borib, kishida vatani uchun jon fido qilish his-tuyg’usi paydo bo’ladi. Shu bois bunday xislatga ega bo’lganlar insoniy kamolotga yetgan hisoblanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |