III. Mehnatsevar – mehnat kishining ehtiyojiga aylanganlik holati. Mazkur fazilat mehnatga sadoqatli bo’lgan, uni malakali bajargan kishiga taalluqlidir.
IV. Odobli – millatimiz to’plagan barcha fazilatlarga ega bo’lgan shaxs. Bu fazilat to’g’riso’zlik, xushmuomalalik, ozodalik, did-farosatli, jamiyat tartibiga rioya qiluvchi, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lish, ota-onani sevish va ardoqlash, ajdodlarni xotirlash kabi xislatlarni o’z ichiga oladi.
V. Bilimli – diniy, dunyoviy va fazoviy bilimlarni chuqur egallab, ularni hayotda qo’llay olish darajasi. Bilimli odam diniy hamda dunyoviy bilim asoslarini yaxshi egallagan va ulardan foydalana oladigan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |