11.6. Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida bo‘lajak
o‘qituvchilarni badiiy meros negizida ma’naviy-estetik
tarbiyalashning nazariy-pedagogik va amaliy asoslari
Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni
milliy-badiiy meros vositasida ma’naviy-estetik tarbiyalashning nazariy,
pedagogik va amaliy asoslari: uslubiy va pedagogik asoslar, konsepsiya
va etakchi g‘oya; zaruriy glossariy; bo‘lajak o‘qituvchilar uchun
mezonlar, maqsad, vazifa, sabab, rag‘bat, mazmun va manbalari;
o‘quvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlari, ma’naviy-estetik
tarbiyada inobatga olinadigan yosh xususiyatlari; psixologik-pedagogik
shart-sharoitlar; tamoyillar, ularning o‘ziga xosligi va yo‘nalishi,
umumiy qonuniyatlar, omillar; pedagogik jarayon (uning vazifalari,
xususiyatlari, mohiyati, mazmuni) sanaladi. Pedagogik fanlarni
o‘rganayotganda milliy-badiiy merosdan bo‘lajak o‘qituvchilarni
ma’naviy-estetik
tarbiyalash
tizimi
sifatida
pedagogik
texnologiyalaridan unumli foydalanish lozim. Pedagogik fanlarni
o‘rganish jarayonida ma’ruza bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy badiiy
meros, abadiy qadriyatlar asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash
jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Bo‘lajak
o‘qituvchilarni ajdodlar badiiy merosi asosida ma’naviy-estetik
tarbiyalash shakllari, usullari, vositalari, o‘qitish usullari va uslublari
207
turlicha bo‘lishi lozim. O’qituvchilar uchun ma’ruza materiallari
bo‘yicha topshiriqlar, ma’naviy-estetik tarbiya tarkibdagi nazariy-
pedagogik, amaliy-uslubiy ishlar aloqador-ligi va uyg‘unligi muhim
ahamiyat kasb etadi. Ajdodlarimizning badiiy merosidan “abadiy
qadriyatlar”
sifatida
bo‘lajak
o‘qituvchilarni
ma’naviy-estetik
tarbiyalashda “ijtimoiy maydon”, milliy san’at qadriyatlari sifatida
foydalanishni taqozo qiladi.
Bo‘lajak
o‘qituvchilarni
ma’naviy-estetik
tarbiyalash
metodologiyasi, tushunchasi va etakchi g‘oyasi. Ajdodlarimizning
milliy-badiiy merosi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik
tarbiyalashda uslubiy va pedagogik asoslar quyidagilardan iborat: davlat
ta’lim siyosatida ta’lim oluvchilarni ma’naviy trabiyalash to‘g‘risidagi
metodologik qarorlar, Sh.M. Mirziyoyevning asarlari va nutqlaridagi
talabalarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha uslubiy qoidalar; xalq
pedagogikasida ta’lim konsepsiyasi; Sharqning buyuk mutafakkirlari,
zamonaviy olim-pedagoglarning tarbiya to‘g‘risidagi qarashlari; ta’lim
nazariyasi - oliy ta’limda tarbiya, shaxs nazariyasi, motivatsiya asosda
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya; pedagogika metodologiyasi -
emotsional-hissiy darajadagi materialistik dialektika va anglash
nazariyasi; tarbiya, psixologiya, pedagogika, estetika, san’atning zarur
materiallariga kompleks yondashishga oid tegishli qoidalar, uslubiy va
didaktik
tamoyillar;
bo‘lajak
o‘qituvchilarni
ma’naviy-estetik
tarbiyalash nazariyasining ushbu tarbiyaning kasbiy-shaxsiy amalga
oshirish bilan bog‘liqligi hamda anglash va o‘zini o‘zi tarbiyalash
empirik metodlarning o‘zaro bog‘liqligi; talabalarni kelgusi kasbiy-
shaxsiy tarbiyaviy ishlarga – ma’naviy-esttetik tarbiyalash.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash konsepsiyasi
quyidagi asosiy qoidalardan iborat: bo‘lajak pedagogik kadrlarni
ma’naviy-estetik tarbiyalash oliy ta’lim tizimi uchun, shu jumladan,
pedagogik ta’lim uchun juda muhim va dolzarb muammo; bo‘lajak
o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash muhim ijtimoiy-pedagogik
xarakterga ega, sababi dalat ta’lim siyosatida, Sh.M. Mirziyoyevning
nutq va ma’ruzalarida, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim
208
oluvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’naviy etuk
shaxs qilib tarbiyalashga ustuvor o‘rin berib kelinmoqda. Bo‘lajak
o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash pedagogik fanlarni
o‘rganish jarayonida (tizimida) (o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik va bir-birini
to‘ldirish) amalga oshiriladi va bunda ajdodlarning milliy badiiy merosi
-
ma’naviy-estetik qadriyatlariga asoslanadi hamda shaxsga
yo‘naltirilgan pedagogika, nazariy-pedagogik asoslar, ta’limdagi yangi
yo‘nalishlar va innovatsiyalardan mo‘ljal olib, o‘zbek xalqining tarixiy-
madaniy merosidan foydalanib, sifatli pedagogik kadrlar tayyorlash
takomillashtiriladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning etakchi
g‘oyasi. Tarbiyaning asosiy qonunini “keksa avlodlarining ijtimoiy
tajribasini majburiy va zaruriy ravishda o‘rganishni taqozo qiladi,
chunki u yosh avlodni jamiyat hayotiga qo‘shishni va avlodlar
o‘rtasidagi davomiylikni, jamiyatni, shaxsni qo‘llab-quvvatlashni va har
bir insonning muhim kuchlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi” [141, 93].
Ushbu qonun asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik
tarbiyalash tartibi, xususiyatlari va mazmuni, uning ijtimoiy yo‘nalishi,
shaxsiy yondashuvi, pedagogika OTM talabalarini ma’naviy-estetik
tarbiyalashga
oid
etakchi
g‘oyasi
shakllantirildi:
bo‘lajak
o‘qituvchilarning milliy-badiiy qadriyatlar asosida tegishli kasbiy va
shaxsiy
ma’naviy-estetik
tarbiyalash
omili
sifatida
bo‘lajak
mutaxassislarning pedagogik tayyorgarligi takomillash-tiriladi.
Kerakli glossariy (lug‘at) - bu aniq “konseptual makon”dir.
Quyidagi tushunchalar ko‘rib chiqiladi va integratsiyalashtiriladi:
“ma’naviyat: vazifalari, mohiyati”, “ma’naviyatning tuzilishi, uning
tarkibiy qismlari”, “ma’naviy hayot”, “ma’naviy rivojlanish”, “ma’naviy
tarbiya”, “ma’naviy-estetik tarbiya”, “bo‘lajak o‘qituvchilarning
ma’naviy-estetik tarbiyasi”, “estetika”, “estetik qadriyat”, “estetik
madaniyat”, “badiiy qadriyat”, “badiiy meros”, “abadiy qadriyatlar”,
“milliy-badiiy meros”.
209
Talabalar
-
bo‘lajak
o‘qituvchilarni
ma’naviy-estetik
tarbiyalashning maqsadi, vazifalari, motivi, rag‘batlari, mazmuni,
manbalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |