Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

 
 
 


73 
4.3. Unsurul Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma” asari - 
pandnoma turkumidagi dastlabki asar sifatida 
Ming yilga yaqin davrdan beri xalqni, ayniqsa, yoshlarni hayotga, 
amaliy 
faoliyatga 
tayyorlashda 
qo‘llanma bo‘lib kelayotgan 
“Qobusnoma” asari esa hozirgi o‘zgarishlar davrida insonni ma’naviy 
kamolatga etkazishda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur 
asar juda ko‘p sharq va g‘arb tillariga tarjima etilgan. Uning muallifi 
Unsurul Maoliy Kaykovus gilon qabilasidan bo‘lib, Tabristonda 
(Hozirda Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashagan. Ammo biz 
Kaykovus va uning avlodlari haqida juda oz ma’lumotga egamiz. 
Kaykovusning o‘zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif 
berilgan javonmardlar tarbiyasiga bag‘ishlangan. Kaykovus “... barcha 
fikr va tushunchalarim sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har 
hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to‘rt bobda bayon 
etdim”, deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy 
tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog‘langan holda kamolga 
etkazish yo‘llari va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar 
egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berish 
nazariyasi ko‘zda tutilgan: 
1. Kaykovus bilim haqida. 
2. Hunar va turli kasb egalari haqida. 
3. Turmush va xulk-odob qoidalari haqida. 
4. Jismoniy etuklik haqida. 
Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va ma’oni, ya’ni 
ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo‘lish zarur 
bo‘lib, bu hislatlar ana shu yuqoridagi to‘rt yo‘nalishda zikr etilgan. 
Kaykovusning “Qobusnoma” asarida esa yoshlar tarbiyasida - 
javonmardlik talablaridan eng muhimi - bu yuksak axloqlilik tarbiyasi 
ekanligi keltiriladi. U yoshlarda insonga nibatan insoniy munosabatda 
bo‘lish, adolatlilik, samimiylik, sahiylik, mardlik kabi hislatlarni tarkib 
toptirishni istaydi va asarning boshidan oxirigacha ana shu ezgu 
maqsadini amalga oshirishga harakat qiladi. 


74 
Kaykovusning hayotda xulq - odob qoidalariga qanday rioya etish 
haqidagi fikrlari ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Bu qanoatli
muruvvatli bo‘lish haqidagi qarashlari, ayniqsa, diqqatga sazovor. Uning 
axloqiy qarashlari yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi qarama-qarshilik 
asosida bayon etilgan: “Ey farzand, yaxshilik qil va qilg‘on yaxshilikdan 
hargiz pushaymon bo‘lmagil. Bir kishiga bir yaxshilik qilsang, ko‘rgilki, 
yaxshilik qilg‘on vaqtda u kishiga naqadar rohat etadi, sening 
ko‘nglingga ham undan ziyodroq shodlik va yozish xuramlik etishur. 
Demak, bu jahonda yaxshilik va yomonlik mukofoti, albatta, etgulsidur. 
Yaxshilikning yaxshilik bilan qaytishi ayni haqiqatdir. Kaykovusning 
kundalik turmushdagi xulq-odob qoidalariga oid fikrlari asarning 
“Majoz” (hazil-mazah) qilmoq, shatfanj (shaxmat), nard o‘ynamoq 
zikrida”, “Shikorga (ovga) chiqmoq zikrida”, shuningdek, ovqatlanish, 
dam olish, hammomga borish, mehmondorchilik, sharob ichishga 
bag‘ishlangan boblarida bayon qilingan bo‘lib, hozirgi paytda ham o‘z 
ahamiyatini yo‘qotmagan. Bunday xulk-odob qoidalari inson kamolatini 
ko‘rsatuvchi sevgi va muhabbat, do‘st tanlash va dushmandan saqlanish 
masalalarida, ayniqsa, namoyon bo‘ladi. “Ishq va uning odatlari zikrida” 
bobida Kaykovus ishqda yanglishmaslikni, latif ta’b bo‘lishni manzur 
ko‘radi. 
Kaykovus inson tarbiyasiga katta e’tibor bergan, axloqiy yuksak 
insonni tarbiyalash mezonlarini ham ko‘rsatib o‘tgan. U axloqlilikning 
birinchi belgisi suhandonlik deb biladi, suhandonlik (notiqlikda rost 
so‘zlash kerakligini ta’kidlaydi. U so‘zlarni to‘rt xilga bo‘dgani kabi 
odamlarni ham to‘rt xilga bo‘ladi: birinchi xil kishilar ko‘p narsani 
biladi va yana belgisi kelaveradi. Bular Olimlar bo‘lib, ularga 
bo‘ysunish kerak, deydi. Ikkinchisi, bilmagan narsani bilishga harakat 
qiladi, ular qobil kishilar bo‘lib, bunday kishilarga o‘rgatish kerak. 
Uchinchisi, bilganini ham bilmaydi, uyquda yashagandek ularni 
uyg‘otish kerak. To‘rtinchisi, bilmaydi va bilmaganini tan olmaydi. 
Bular johil kishilar bo‘lib, ulardan qochish kerak, deydi. 
So‘zlarning esa - birinchisi - bilinmaydi va aytilmaydi; ikkinchisi 
aytiladigan va biladigan; uchinchisi - ham bilinadi, ham aytishga


75 
bilishga zarurati yo‘q. Ammo aytsa ham bo‘ladi. To‘rtinchisi - 
bilinadigan va aytilmaydigan. Eng yaxshisi to‘rtinchisi, ya’ni 
bilinadigan va ayttilmaydigani, deydi. So‘zlaganda andishalik bo‘lish, 
sovuq so‘zli bo‘lmaslik, kam gapirish, kamtarlik, maqtanmaslik, 
birovning so‘zini diqqat bilan eshitish odoblarini ta’kidlaydi. 
Uning axloqiy qarashlari kitobda ota-ona haqqini bilish bilan 
boshlanadi. Unda Kaykovus “Qur’on” va “Hadis”lardagi talablardan 
kelib chiqqan holda o‘zining nuqtai nazarini bayon qiladi: “o‘z 
farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-
onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim sen ota-onang haqida nima ish 
qilsang, farzanding ham sening haqingda shunday ish qilur, chunki 
odam mevaga, ota-ona daraxtga o‘xshaydur”, deydi. 
Kaykovus oilada otaning vazifasi va burchiga alohida ahamiyat 
beradi. Farzand tugilganida avvalo unga yaxshi ot qo‘yish, undan so‘ng 
aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o‘qitish, ulg‘aya boshlaganda 
kasb va hunar o‘rgatish kerak, deydi. Kaykovus otaning burchi yana o‘z 
farzandiga adab ham o‘rgatish ekanligini ta’kidlaydi. U ilm, hunar va 
odabni farzandga meros qoldirish har bir otaning farzandi haqqini 
bajargani, deb hisoblaydi. Kaykovus otalarning o‘z farzandlariga 
nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishini talab etadi. Lekin bolalarni jazolashni 
otaning o‘zi emas, murabbiy tomondan bajarilishini istaydi. Chunki 
otaning o‘z qo‘li farzandini jazolashi unda adovat hissini paydo qiladi. 
Lekin otadan farzand hayiqib tursin, agar u hayikmasa ota-onani xor 
qiladi, deb ta’lim beradi. 
U Pifagor aytgan quyidagi o‘n xislatni har bir kishi o‘zida tarkib 
toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o‘zidan zo‘r kishi bilan urushmaslik; 
hasadchi kishi bilan birga jamoat o‘rtasida o‘tirmaslik; riyokor, ikki 
yuzlamachi kishi bilan do‘st bo‘lmaslik; yolg‘onchi kishi bilan muomala 
qilmaslik; bahil bilan suhbatda bo‘lmaslik; g‘ayr, dushman kishi bilan 
sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir erda o‘tirmaslik; kishilarga sir 
aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo‘qotishga harakat 
qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik, 
muxtoj bo‘lgan odamni gina, qahr bilan qo‘rqitmaslik; gunohkorninig 


76 
gunohini avf etish kichiklarga mehribon bo‘lish; bir ishni ikki kishiga 
buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o‘z hayotida har 
bir daqiqada bunday xatti-harakatlarga duch keladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish