Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


 Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asarida ta’lim-



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

4.4. Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asarida ta’lim-
tarbiyayaga oid masalalrning ifodalanishi
Koraxoniylar hukmronligi davrida yaratilgan ta’limiy axloqiy 
asarlardan yana biri Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” 
(“Haqiqatlar sovg‘asi”) asaridir. Mazkur asar mazmunini ham o‘z 
davrining ijtimoiy, siyosiy, diniy, axloqiy, iqtisodiy masalalar va ularni 
ma’lum talablar asosida tartibga solish tashkil etadi. “Hibbat ul-
haqoyiq” To‘g‘rul Qilich Sipohsolorbekning nomiga atab yozilganligi
manbalarda keltiriladi. Uning yozilgan vaqti taxminan XII asr boshlariga 
to‘g‘ri kelishi ta’kidlanadi. 
“Qutadlg‘u bilig” kabi Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq”
asari ham Qoraxoniylar hukmronligi davrida mamlakatning ma’naviy 
hayot darajasini ko‘tarishga xizmat kilish maqsadida yozilgan. Uning 
mazmuni ham didaktik xarakterga ega. “Hibbat ul-haqoyiq” asari 
mundarijasining o‘ziyoq buni ko‘rsatib turadi. Asar o‘n to‘rt bobdan 
iborat. Dostonning dastlabki to‘rt bobi an’anaga ko‘ra muqaddima 
bo‘lib, beshinchi bobdan asosiy qism boshlangan. Bu boblarda, asosan, 
bilimning ahamiyati, jaholatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, 
sahovat va bahillik, kamtarlik hamda axloqlilikning eng muhim 
xususiyatlari tarannum etiladi. 
Axmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asarida ham markaziy 
o‘rinda inson, uning har tomonlama etuk qilib tarbiyalash masalasi 
turadi. Asarda boshqa ta’limiy-axloqning asarlar kabi insonni barkamol 
etishning asosiy belgisi bu uning xushhulqligidir, deyiladi. Shuning 
uchun adib asarda axloqiy tarkibiy qismi sanalgan tilni tiyish, mol 
dunyoga muhabbat qo‘yishning oqibatlari, sahovat va bahillik, 
kamtarlik, jinoyat yo‘lidan saqlanish haqida, harom va halollikning 


77 
farzlari, ularni bir-biridan farqlay olish, e’tiqod va sadoqat kabi muhim 
masalalar ustida fikr yuritadi. 
Ahmad Yugnakiy inson axloqliligini ko‘rsatuvchi muxim 
belgilardan birinchisi til odobi deb biladi. Insonda ikki narsa bo‘lsa unga 
muruvvat yo‘li yopiladi, deydi adib: biri behuda so‘zlarni ko‘p gapirsa, 
ikkinchisi, uning so‘zlari yolg‘on bo‘lsa. Shunga ko‘ra adib yolgon va 
ko‘p so‘zlashning oldini olish yo‘llarini bayon etadi: 
Yolg‘onchi kishidan o‘zingni uzoq tut, sen umringni to‘g‘rilik 
bilan kechir, og‘iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, so‘zni to‘g‘ri so‘zla, 
dilingni beza, deb to‘g‘ri so‘zni asalga, insonni davolovchi shifoga 
o‘xshatadi. Adib to‘g‘ri so‘zlash bilan birga, sir saqlash haqida ham 
foydali maslahatlar beradi. Inson sir saqlay olishi kerakligi, hatto do‘stta 
ham sir aytsa, siri oshkor bo‘lishi mumkinligi, chunki kishining o‘zida 
saqlanmagan sir boshqada ham saqlanishi mumkin emasligini ishonarli 
misollar bilan tushuntiradi. 
Asarning to‘rtinchi bo‘limi sahovat va bahillik oqibatlariga 
bag‘ishlangan. Ahmad Yugnakiy ham boshqa mutafakkirlar kabi 
sahovatni eng ezgu insoniy hislartlardan deb biladi. Sahiylar hamma 
tomondan ulug‘lanishi, dunyoda inson faqat yaxshi va nuqsonsiz nom 
qoldirishi mumkinligini ta’kidlar ekan, qo‘llar ichida in’om beruvchisi 
baxtli (qo‘l)dir, o‘zi olib, boshqalarga bermagan (qo‘l) qo‘llarning 
qutsizdir, deydi. Baxillikni adib davolab bo‘lmaydigan kasallikka 
o‘xshatadi. 
Ahmad Yugnakiy sahiylikni kamolat belgisi deb tushuntiradi. 
Sahiylikka bahillik, ochko‘zlik qarama-qarshi qo‘yiladi, boylik to‘plab, 
emay-ichmay, boshqalarga bermay yashagan kishilarning mol-dunyosi 
oxiri do‘stga emas, dushmanga buyurishini quyidagicha yoritadi: 
Taturmas oshin-da tuz do‘stina, o‘lur qolur axir sir dushmani. Ahmad 
Yugnakiy kamtarlik ham inson etukligini ko‘rsatuvchi hislatlardan 
bo‘lib, kibrlilik va xarislik insonni tubanlashtiradi, deydi. Kim o‘zini 
manman deb, o‘zini baland tutsa, uni hech kim hurmat qilmaydi, 
tavoze’-kamtarlik, muloyimlik insonning xusni deb biladi. 


78 
U yaxshi xulq-odobni shakllantirish va yomon illatlardan soqit 
bo‘lish yo‘llarini ham tavsiya etadi. Masalan, boylik to‘plashga 
mukkasidan ketgan kishilarga mo‘‘tabar, mo‘‘tadil hayot kechirishni 
maslahat beradi va kishilarni sabr-toqat, qanoat, tinch-totuvlikka 
undaydi: 
Balo keyasa sabr et, farraodka kutub,
Kutub tur farrakka balo-ranj yutuk. 
O’char mahnat o‘ti, kechar navbati, 
Qolur sabr idish savobin tutub. 
Ahmad Yugnakiy kishi gunoh qilsa kechirish, g‘azab o‘tini iloji 
boricha o‘chirish zarur, deydi. Shoir boshqalar bilan ehtiyot bo‘lib 
muomalada bo‘lish, foydasiz tortishuvlar ulug‘larning g‘azabini keltirsa, 
kichiklarning hulqini buzadi, deydi. U kishilarni, ayniqsa, amaldorlarni 
martabaga erishgach, kamtar, samimiy bo‘lishga chaqiradi. Mavqeyni 
suiiste’mol qilmaslikni nasihat qiladi.: 
Ulug‘lukka tegsang enshlma o‘zing.
Qorli keysang atlas unutma bo‘zung. (Ulug‘likka etishsang 
yanglishma, agar atlas kiysang, bo‘z kiyganingni unutma). 
Adib do‘st-dushmanning farqiga etish, yaxshi kishilarni do‘st 
tutish, do‘st tanlashda xato qilmaslik kerakligini ta’kidlaydi. 
Shuningdek, doim yaxshi kishilar bilan hamkor bo‘lishni, kishining o‘zi 
ham ezgu, yaxshi ishlar qilib yashasa, yaxshi natijaga erishishi 
mumkinligini ta’kidlaydi. 
Ayo ed gu umgon esizlik qilip.
Tikan eylagan er uzum bichmas ul. (Ey, yomon qilib yaxshilikdan 
umidvor bo‘luvchi, tikan izlagan (qidirgan) kishi hech uzum 
uzmaydi), deydi. 
Shuning uchun ham Axmad Yugnakiy kishilarga yaramas ishlar 
qilmaslik, tinch va farog‘atda yashash, halol bo‘lish, ochko‘z-suq 
bo‘lmaslik, haromdan saqlanish kabi hayotiy pand-nasihatlarni beradi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish