8.5. Akademik Sidiq Rajabov hamda Habib Abdullayevlarning
Respublika xalq ta’limi, ilm va fan taraqqiyotini rivojlantirishdagi
roli
Pedagogika fanlari doktori akademik Siddiq Rajabovning
O’zbekiston respublikasi va jahon pedagogikasi fani rivojlantirishda
unig xizmati katta. U pedagogika fanining eng muhim muammolari
ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, respublikamiz xalq maorifining
tarqqiyoti va bu taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlari, xalq maorifining
rivojlanish istiqbollari, pedagogika fani metodologiyasi, yoshlar
tarbiyasi va xalk pedagogikasiga doir ko‘plab asarlar yaratdi. Siddiq
Rajabov o‘zining butun hayoti va faoliyatini pedagogika fani va ravnaki
uchun bag‘ishladi. U 1937 yili aspiranturani tamomlagach, O’zbekiston
pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish institutiga ilmiy xodim va Nizomiy
nomli Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasiga
o‘qituvchi qilib tayinlandi. Yosh olim ilmiy tadqiqot ishini pedagogik
faoliyati bilan qo‘shib olib bordi. Shu yillarda S.Rajabov kechki
pedagogika instituti direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
lavozimida ham yosh o‘qituvchi sifatida mutaxassilar tayyorlashda katta
144
faoliyat ko‘rsatdi, o‘z ishini puxta bilgan rahbar, etuk ilmiy xodim va
mahoratli o‘qituvchi sifatida elga tanildi. Yosh olim matbuotda tez-tez
ilmiy, pedagogik, publitsistik maqolalari bilan chiqa boshladi. Jumladan,
urushgacha bo‘lgan davrda S.Rajabovning “Oliy pedagogika o‘kuv
yurtlarining ish sifatini yuqori ko‘taraylik”, “Oliy o‘quv yurtlari
xayotida muhim davr”, “Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar”, “Yan
Amos Komenskiyning pedagogik qarashlari”, “Imtihonlarning yuqori
sifati uchun kurashaylik” kabi ishlari matbuotda e’lon qilindi. Shu
yillarda u “XIX asr va XX asr boshlarrida Buxoroda maktab va maorif
taraqqiyoti ocherki” asarini yozib tamomladi. 1941 yilda ana shu
mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini respublikada birinchi bo‘lib
muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu orada u Respublika matbuoti va
rahbariy idoralarida samarali mehnat qildi.
S.Rajabov 1947 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika
instituti Pedagogika kafedrasiga mudir qilib tayinlangandan keyin uning
o‘z ilmiy pedagogik faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyat
yaratildi. 1958 yilda Siddiq Rajabovning ilmiy faoliyatida unitilmas
voqea sodir bo‘ldi. 1961 yilda Siddiq Rajabov O’zbekiston pedagogika
fanlari ilmiy-tadqiqot institutiga direktor qilib tayinlandi. Olim mazkur
institutga olti yil rahbarlik qildi. Institutni yuqori malakali mutaxassis
xodimlar bilan ta’minlash, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini
xayotga - maktab amaliyotiga yaqinlashtirish, pedagogik tadqiqotlarni
respublika bo‘iicha muvofiqashtirish ishlariga boshchilik qildi hamda
tadqiqot natijalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish bo‘iicha bir
qator tadbirlarni amalga oshirdi.
Institutda yangi sektorlar tuzildi. Sektorlar huzurida laboratoriyalar
tashkil etildi. Sektor va laboratoriyalarga ilmiy tadqiqot ishlari
yuzasidan tajriba va etarli malakaga ega bo‘lgan xodimlar rahbarlik qila
boshladilar.
Bu davrda olim pedagogika fanini chin qalbdan sevgan
mutaxassislarni, ko‘pgana iqtidorli yoshlarni o‘z atrofiga chorladi. Yosh
olimlarga hamisha yordam berib keldi. Yoshlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash uning hayotiy e’tiqodi va turmushining mazmuniga
145
aylanib ketdi. Shu bois 10 dan ortiq fan doktorlari, 200 ga yaqin fan
nomzodlari bevosita Siddiq Rajabovning ilmiy maslahatchiligi va
rahbarligi asosida dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
1964 yilda S.Rajabovning ilmiy pedagogik faoliyatiga yuksak
baxolandi, unga “Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni
berildi. S.Rajabov 1966-1990 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent
davlat pedagogika instituti, “Umumiy pedagogika” kafedrasining katta
jamoasiga boshchilik qildi. U kafedra a’zolarining har biriga murabbiy,
ustoz edi. Bugina emas, olim o‘qituvchi mutaxassislar tayyorlash
sohasida fidokorona mehnat qilayotgan hamkasblari - institutning etuk
olimlari bilan bir qatorda o‘rta va oliy ta’limga aloqador juda ko‘p
muammolarni hal qilishda xormay-tolmay faoliyat ko‘rsatdi.
Professor SRajabovning Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika institutidagi chorak asrlik uzluksiz ilmiy-pedagogik faoliyati
alohida muhim davr bo‘ldi. U safdoshlari, kasbdoshlari va o‘zi mudirlik
qilib turgan kafedra a’zolari, shogirdlari bilan hamkorlikda katta ilmiy
va tashkiliy-pedagogik muammolarni hal qilishga alohida e’tibor berdi.
Birinchi navbatda kafedrani yuqori malakali ilmiy-pedagogik xodimlar
bilan ta’minlash, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar sifati va
samaradorligini oshirish, qolaversa, kafedra jamoasining ilmiy va
metodik saviyasini yuqori ko‘tarish kabi masalalar hal qilina bordi.
S.Rajabov kafedra yig‘ilishlari, nazariy seminarlar, metodbirlashma
yig‘ilishlari suhbatlarda ana shu masalalarga alohida to‘xtalardi.
S.Rajabov bu davrda juda ko‘plab pedagogik muammolarni
kafedra a’zolari va ilmiy jamoatchilik tomonidan muvaffaqqiyatli xal
qilinishiga boshchilik qildi. Xususan, didaktika-ta’lim nazariyasi,
xususiy metodika, tarbiya nazariyasi va metodikasi, shuningdek
maktabshunoslikning dolzarb muammolariga aloqador asarlar yaratdi.
Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, olim bu davrda o‘z ilmiy
faoliyatini bir necha yo‘nalishlarda olib bordi. Jumladan, pedagogika
fanining metodologik muammolari, odob-ahloq va tarbiya masalalari,
oliy ta’lim didaktikasi, pedagogika tarixini o‘rganish va uning
rivojlanish istiqbollarini tahlil etish masalalari ilmiy faoliyatida
146
markaziy o‘rin tutdi. 1977 yili may oyida Nizomiy nomidagi Toshkent
davlat pedagogika instituti huzuridagi fan nomzodi ilmiy darajalari
beradigan ixtisoslashtirilgan kengash tashkil etildi. Bir oz vakt o‘tgach
pedagogika tarixi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajalari beradigan yana
shunday kengash tashkil etildi. Mazkur kengashlarga pedagogika
soxasida ishlayotgan mutaxassis olimlar jalb etildi. Akademik S.Rajabov
bu kengashlarga raislik qildi, shuningdek ular faoliyatining samarali
bo‘lishini ta’minlashga katta hissa qo‘shdi.
S.Rajabov respublikamizda pedagogika fanlari bo‘yicha olib
borilayotgan ilmiy tadkiqotlarni muvofiklashtirishni jamoatchilik
asosida olib bordi. U O’zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
huzuridagi pedagogika fanlari ilmiy kengashining a’zosi va pedagogika
Fanlari ilmiy-metodik seksiyasi ishini uzoq yillar davomida boshqargan
edi. Olim rahbarlik qilgan ilmiy metodik seksiya respublikamiz oliy
o‘quv yurtlarida pedagogika bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot
ishlarini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot mavzui va mazmunini
hayotga - maktablarimiz amaliyotiga yaqinlashtirish masalasiga alohida
e’tibor bergan edi. Olim 1945 yildan “Xalq ta’limi” jurnali tahrir hay’ati
a’zosi edi. U O’zbek Qomusi bosh tahrir xay’atining a’zosi va
pedagogika fanlari seksiyasining raisi sifatida pedagogika, psixologiya
va umuman pedagogika turkumidagi fanlarning muhim masalalarini
yoritishda ham muallif, ham tashkilotchi sifatida katta hissa qo‘shib
keldi.
Respublikamiz fanini rivojlantirishga beqiyos kattahxissa qo‘shgan
olimlarimizdan yana biri akademik Habib Abdullayevdir. Uning
geologiya, jumladan, bu fanning petrologiya-metallogenik tarmog‘i
sohasidagi tadqiqotlari O’zbekistondagina emas, chet mamlakatlarda
ham e’tarof etildi. H.Abdullayev 1956-1962 yillarda O’zbekiston Fanlar
Akademiyasining prezidenti lavozimida xizmat qilish bilan birga, yirik
ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Yuqori malakali ilmiy xodimlar
tayyorlashga aloxida e’tibor berdi. Uning tashabbusi va jonkuyarligi
bilan tayyorlangan yuzlab fan nomzodlari va doktorlari fanning yangi
yo‘nalishlariga asos soldilar. Shuni ta’kidlash lozimki, XX asr 2 yarmida
147
O’zbekiston Fanlari Akademiyasi olimlari fizika-matematika, mexanika,
boshqaruv
jarayonlari
va
informatika,
kimyo-texnologiya,
tuproqshunoslik, biologiya, ijtimoiy-gumanitar fan sohalarida katta
yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Bu yutuqlar akademiya laboratoriyalari va
institutlari olimlarining ko‘plab avlodlari fidokorona va yuqori kasbiy
darajada olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasi bo‘ldi. Aynan ularning
mehnati tufayli keng e’tirof etilgan ilmiy maktablar vujudga keldi, yangi
ilmiy yo‘nalishlar rivoj topdi, ko‘plab ilmiy xodimlar tayyorlandi, ilmiy
ishlovlar amaliyotga tadbiq etildi. O’zbek olimlari: geologlar Habib
Abdullayev, Ibrohim Hamroboyev, biokimyogar Yolqin To‘raqulov,
kimyogarlar Obid Sodiqov, N.Nabiyev, Sobir Yunusov, fizik va
matematiklar T.N.Kori-Niyoziy, Toshmuxammad Sarimsaqov, Ubay
Oripov, texnika fanlari sohasidagi olimlar Muhammad O’rozboyev,
Vosit Qobulov, faylasuf Ibroxim Mo‘minov, tarixchi Yaxyo G’ulomov,
pedagog Siddiq Rajabov, Iminjon Qodirov va boshqa ko‘plab
olimlarning nomlari O’zbekistondan tashqarida ham shuhrat qozondi.
Do'stlaringiz bilan baham: |