8.4. XX asrning 70-80 yillarida O’zbekistonda halq ta’limi
70-80 yillarida O’zbekiston maktablarida ahvol sifat jihatidan
o‘zgarmay qolaverdi. Maktablar jahon tajribalaridan, zamonaviy
texnika va o‘kitish vositalaridan foydalanilmadi. Ularning moddiy-
texnika bazasi yaxshilanmadi. To‘g‘ri, bu yillarda maktablar,
o‘kuvchilar, o‘qituvchilar soni yildan-yilga ortib bordi, son
ko‘rsatkichlari kishini hayratga solar darajasida ortdi. Masalan,
O’zbekistonda 1945-46 o‘quv yilida jami 4525 maktab bo‘lib, ularda
qariyb 998 ming o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1970-71 o‘quv yilida
respublikaning umumiy ta’lim maktablari soni 7072 taga, ularning
o‘quvchilari esa 3 mln. 164 ming kishiga etdi. Biroq, ularning sifat
darajasi (ayniqsa, qishloq maktablari) ancha past edi. Chunki, ko‘klarga
ko‘tarib maqtalgan “rivojlangan sotsializm” bosqichi ham 20-30-
yillarda shakllangan “qoldiq prinsipi”ning ijtimoiy oqibatlarini yo‘qota
olmagan edi. 1970-1980-yillarda xalq ta’limi uchun davlat tomonidan
ajratilgan mablag‘ 11 %dan 8%ga kamayib ketdi. Respublikaning
barcha viloyatlaridagi maktablarning 20-60%i zarur o‘quv jihozlari,
asbob-anjomlar bilan jihozlanmay qolaverdi, 50%dan ortiq
139
maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi. Kuni uzaytirilgan
guruhlar ishi ayniqsa o‘lda-jo‘lda qoldi. 70-8 -yillarda 1-8-sinf
o‘quvchilarining atigi 8-9%ini bunday guruhlarga jalb etilgan edi,
xolos.
Umumta’lim maktablarining faoliyati asosan “rivojlangan
sotsializm” g‘oyasini o‘quvchilarga singdirish, ularni “kommunistik
ruhda” tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. “Kommunistik tarbiya” dan
ko‘zlangan maqsad esa yoshlarni “proletar internatsionalizmi”ga, “katta
og‘aga” sodiqlik, sinfiylik, partiyaviylik ruhida tarbiyalashdan iborat
edi. Milliylik esa o‘zbek maktablari mazmunidan chiqarila boshlandi.
Maktablardagi tarbiya Evropa tarixi misolida olib borildi. Evropa
madaniyati, tarixi amalda baynalmilallik namunasi sifatida talqin etildi.
Maktablarda iqtidorli bolalarni o‘qitishga e’tibor berilmas edi.
Maktab bolalari qalbida ona-Vatan tuyg‘usi, ulug‘ allomalarimiz va ular
qoldirgan ma’naviy meros, o‘z ona tili, urf-odatlari bilan faxrlanish hissi
shakllantirilmasdi. Maktablarda ayniqsa ijtimoiy fanlarni o‘qitish o‘ta
siyosatlashtirildi. Ko‘zdan kechilayotgan davrda maorif sohasida
erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yoshlarni milliy an’analar va
ma’naviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish an’anasi ko‘zga
tashlanib bordi. Ta’lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va sinfiylik
prinsiplari asosida yondashish yoshlarning milliy urf-odatlarni
o‘rganishiga to‘sqinlik qildi. Natijada, o‘zbek o‘quvchilarida milliy
o‘zlikni anglash, urf-odat, milliy an’analarga sodiqlik kayfiyatidan
ajralish hollari ro‘y bera boshladi. Maktab o‘quvchilarining o‘quv
rejasidagi soatlarini o‘zlashtira olmasligi odatiy hol bo‘lib qoldi. Bu
ularni paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlariga ko‘proq jalb qilinishi
bilan izohlanadi. O’quv yilining 3-4 oyi ana shunday majburiy tadbirlar
bilan band bo‘lishiga ketar edi. Bu esa o‘zbek o‘quvchisini jahon
standartlaridan ortda qoldirib, zamonaviy fan sohalarini o‘zlashtirishga
imkon bermasdi.
XX asrning 80-yillarida, jamiyatimizning barcha bo‘g‘inlarida
qayta qurish keng quloch yozdi. Uning mazmunida hayotni
demokratlashtirish, tezkor iqtisodiy islohot, ma’naviy poklanish milliy
140
qadriyatlar va axloqiy g‘oyalarning tiklanish muammolarini xal etish
zaruriyati yuzaga keldi. Qayta qurishning xal qiluvchi bosqichida
jamiyat uchun chetdan tomoshabin emas, balki mamlakat iqtisodiy,
siyosiy, madaniy hayoti rivojiga javobgar, ma’suliyatli, sog‘lom fikrli
goyaviy-siyosiy dunyoqarashi shakllangan shaxs zarur edi. Maktab o‘z
tabiatiga ko‘ra iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi, uni
saqlovchi, insoniyat tomonidan to‘plangan umuminsoniy ma’naviy
boyliklarni avloddan-avlodga etkazib va boyituvchi muhim tarmoq
hisoblanadi. Xalq maorifini quyi va yuqori bosqichlarini isloh qilish,
qayta qurish talablariga jamiyatning har bir a’zosi qonuniy javobdir.
Jamiyatmizda hukm surayotgan maorif tizimining barcha
bo‘g‘inlarida xuddi mana shu jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yosh
avlodning kamolotga etishi, bir butun shaxs sifatida shakllanishiga
nihoyatda kam e’tibor berildi. Natijada umumiy ta’lim maktablarida
ta’lim-tarbiya tizimi, mazmuni, shakl va metodlari davr talabiga, yosh
avlodni har tomonlama shakllangan yaxlit shaxs sifatida shakllantirishga
mos kelmay qoldi. Bu esa umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh
qilishni taqozo etdi. “Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning
asosiy yo‘nalishlari” 1984 yilda sobiq KPSS Markaziy Komiteti
tomonidan 10 aprelda va SSSR Oliy Soveti tomonidan 12 aprelda
ma’qullandi. Islohotdan maqsad maktabdagi barcha ta’limiy, tarbiyaviy,
tashkiliy ishlarni jamiyat talablariga, shart-sharoitlari va ehtiyojlari mos
keladigan sifat darajasiga ko‘tarishdan, shuningdek, ma’lumotli,
e’tiqodli, jamiyatga, xalqqa sadoqatli, faol ijodkor, tashabbuskor,
tadbirkor, oshkoralik sharoitida ishlay oladigan va yashay biladigan; o‘z
mamlakati, o‘z milliy mustaqilligi, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti
yo‘lida kurasha oladigan kishilar etib tarbiyalashdan iborat edi. Aynan
shu maqsadni xal etish islohot zimmasiga yuklatildi.
“Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy
yo‘nalishlari”da maktabning o‘ziga xos xususiyatlari, umumiy o‘rta va
hunar ta’limning qurilishi, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirishi,
mehnat tarbiyasi, ta’limi, kasb tanlashga o‘rgatish, bolalar va o‘smirlarni
jamoat yo‘li bilan va oilada tarbiyalash; o‘qituvchi shaxsi; maorifning
141
o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash; xalq-maorifini boshqarishni
takomillashtirish kabi masalalar nazarda tutilgan edi. Asosiy yo‘nalishlar
asosida
hozirgi
zamon
maktablarida
ta’lim-tarbiya borasidagi
kamchiliklar ko‘rsatilgan bo‘lib, buni bartaraf etish uchun esa maorif
tuzilishini takomillashtirish, umumiy ta’lim, mehnat va kasb egallashga
tayyorgarlik sifatini oshirish, ta’limning samarali shakllari, uslublaridan
foydalanish, o‘qitishning texnika vositalaridan kengroq foydalanish,
ta’lim-tarbiya birligini ta’minlash, maktab, oila va jaoatchilik birligini
ta’minlash, o‘quvchilar bilimini baholashda rasmiyatchilikka barham
berish, son ketidan quvish hollariga chek qo‘yish tadbirlarini amalga
oshirish lozim edi.
Islohotda qayd etilgan umumiy o‘rta va hunar ta’limi kurilishining
asosiy mohiyati shunday iboratki, unda umumiy o‘rta ta’lim o‘n bir
yillikdir. 1-9 sinflar esa to‘liqsiz o‘rta va X-X1 sinflar - barchasi
umumta’lim maktabini tashkil kiladi. Shuningdek, o‘rta hunar-texnika
bilim yurtlari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kabi nomlangan. Mazkur
qurilishga binoan o‘rta umumiy ta’lim maktablarida bolalarni olti
yoshdan boshlab o‘qitish nazarda tutiladi. Islohotda o‘quvchilarni
mehnat ta’limi va tarbiyasi, kasbga yo‘llash, politexnik ta’limning
mazmun, shakl va metodlarini yanada kuchaytirish masalasi isloh
qilingan maktablar oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligi
alohida uqtirilgan. Bu borada barcha mashg‘ulotlarni 3 bosqichga
bo‘lish, ya’ni boshlang‘ich maktab (1-1U sinflar), to‘liqsiz o‘rta maktab
(U-1X sinflar), o‘rta umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning yosh
xususiyatlarini hisobga olish, mehnat ta’limi va kasbga o‘rgatish
yuzasidan dasturlar ishlab chiqish, ijtimoiy-foydali, unumli mehnatni
rivojlantirish, politexnik bilim, mahoratni shakllantirish tadbirlarini
belgilash, mehnat tarbiyasini iqtisodiy tarbiya bilan birga qo‘shib olib
borish
masalalariga
ijodiy
yondashish
maqsadga
muvofiqdir.
O’quvchiga ta’lim-tarbiya berishning muhim bo‘g‘ini oila va
jamoatchilikdir. Bola oila, jamoatchilik, muhit ta’sirida tarbiyaning
muhim ajralmas qismlari hisoblanadigan g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy,
mehnat, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalanib
142
boradi. Shuningdek, bola shaxsini bir butun yaxlit shakllantirishda
maktabdan tashqari muassasalarning ahamiyati juda katta. Islohot
ta’lim-tarbiya berishning bu bo‘g‘inining ish mazmunini tubdan
o‘zgartirishni ham nazarda tutadi. Isloh talablarini amaliyotga tatbiq
etish uchun ta’lim-tarbiya maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim va
tarbiya birligining namunaviy dasturini ishlab chiqish; darsdan
tashqarida o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarning mazmuni va shaklini
jiddiy qayta qurish; kuni uzaytirilgan guruhlar tuzishni ommalashtirish;
maktabdan tashqari muassasalar - bolalar saroylari, uylari, yosh
texniklar va tabiatshunoslar, sayyohlar stansiyalari, sport, musiqa, badiiy
va xoreografiya maktablari, bolalar kutubxonalar, oromgohlar va shu
kabilarni vujudga keltirish; istiqomat joylarida olib boriladigan xilma-xil
ishlarga barcha o‘quvchilarni jalb etishga erishish; bolalar tarbiyasida
oilaning ma’suliyatini oshirish va g‘oyat qisqa vaqt ichida shu
muassasalarning
moddiy-maishiy
sharoitini
yaxshilash
zarurligi
uqtirildi.
Ta’limning mazmuniga aniqliklar kiritildi. O’quv dasturlari
qaytadan tuzildi. O’quvchilarni ortiqcha ma’lumotlar bilan band
etishdan, zeriktirishdan xalos etildi. Ta’limning shakllari va metodlari
takomillashtirildi,
ba’zi fanlardan o‘quv darsliklari, metodik
qo‘llanmalar yaratildi, o‘kuv rejasiga “Atrof-muhit bilan tanishish” (1-2
sinflarda), “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” (X-X1
sinflarda), “Oila etikasi va psixologiyasi” (X-X1 sinflarda), “Ishlab
chiqarish asoslari. Kasb tanlash” (8-10 sinflarda) kabi fan asoslari
kiritildi va o‘qitildi, o‘qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib halq to‘lash
joriy etildi. O’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
masalasida ijobiy siljishlar ro‘y berdi, o‘quvchilarni mehnat ta’limi va
tarbiyasining mazmuni takomillashtirildi; hunar-texnika ta’limi tizimida
ishchi xodimlar tayyorlash kengaytirildi; maorifning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlarining
munosabatlari birmuncha o‘zgargandek tuyuldi. Biroq, bu o‘zgarishlar
ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun etarli
emas edi, albatta. Xullas kutilgan natijalarga erishilmadi. Shuni qayd
143
etish zarurki, o‘zbek maktablari to‘ntarishdan so‘ng milliy zamindan
batamom uzilib qoldi. Qarsakbozchilik bilan o‘qish-o‘qitishda Evropa,
xususan rus tizimini qabul qildik. Ammo bizning avlodlarimiz ongiga,
qoniga bu zo‘rma-zo‘rakilik singmadi. Buni bugungi hayot, turmush
tarzi ko‘rsatib turibdi. Eng achinarli hol shu ediki, ayniksa, o‘ttan etmish
yil ichida mustabid tuzimning “Yangi” davr “bilimdon” va “zukko”
tashkilotchilari ming yillik yozuvimizni ham qayta-qayta almashtirib,
kimlargadir yaxshi ko‘rinmoqchi yoxud o‘zini dono hisoblab shuhrat
qozonmoqchi bo‘ldilarki, natijada maktablarimiz o‘kuv-tarbiyaviy
ishlarda ham hayotiy asoslar va xalq ruhiyatidan deyarli ajralib qoldi
avlod-ajdodlarimizning dunyoviy-hayotiy, axloqiy, ma’naviy, ruhiy
xazinasi bo‘lgan kitoblar esa umuman o‘qitilmay, o‘rgatilmay tashlab
qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |