Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


 Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o‘tkazilgandan



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

8.2. Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o‘tkazilgandan 
so‘ng halq ta’limi va mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari 
Ma’lumki, 1924 yilda amalga oshirilgan milliy davlat 
chegaralanishi natijasida mintaqa kartasi qaytadan tuzildi. Shuni 
ta’kidlash lozimki, 20-30 yillardagi juda murakkab, siyosiy ijtimoiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har xil 
tarzda ta’sir o‘tkazdi, barcha sohadagi o‘zgarishlarni qarama-qarshi 
tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda 
yo‘nalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi. 
Xalq ma’rifatining yuksalish yo‘lida aholining savodliligini 
oshirishga, savodsizlikka barham berish davr talabi edi. Bu maqsadda 
ko‘plab yangi savod maktablari va kurslar ochildi. Minglab aholi savodli 
bo‘ldi. Shuni aytish joizki, 1930 yili umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy 
etish savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi. 30 yillarning oxirlariga 
kelib, umumiy etti yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi. Sovet 
davlatining statistik ma’lumotlarida ko‘rsatilishicha 1925-1941 yillar 
davomida xalq ta’limi maktablari soni muttasil ortib borgan. Masalan, 
1924-25 o‘quv yilida O’zbekistonda 160 ta sovet tipidagi maktablar 
tashkil qilinib, ularda 17209 o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941 yilga 
kelib maktablar soni 5504 taga va ularning o‘qitilayotgan o‘quvchilar 
soni esa 1 million 315 ming kishiga etgan. 
Ziyoli kadrlarni tayyorlashda sinfiy jihdtdan ishonchli, aholining 
“mehnatkash” tabaqalaridan chiqqan kishilarini tanlab olish kerak, 
degan g‘oya ilgari surildi. Chunki, avvaldan yaxshi ma’lumki, aqliy va 
mantiqiy mushohada etish darajasi qancha past bo‘lsa, savollar ham, 
noroziliklar ham shuncha kam bo‘ladi. Shuning uchun ham madaniyat 


127 
xodimlarning 
tarkibini 
ijtimoiy 
jihatdan 
ishonchli 
bo‘lgan 
“mexnatkashlar” hisobiga soddalashtirish, ular orasidagi eng zakovatli 
va omilkor qatlamni siqib chiqarish maqsad qilib qo‘yildi. Bu “madaniy 
inqilob”ning asosiy tezislaridan biri bo‘lib, “shaklan milliy, mazmunan 
proletar madaniyati”ni vujudga keltirishdan iborat edi. Bu g‘oya sovet 
davlatining barcha o‘n yilliklari davomida yashab keldi - 30-yillarda uni 
amalga oshirish borasida qo‘yilgan dastlabki qadam madaniyatning 
barcha sohalari uchun kadrlar tayyorlash, yuqorida aytganimizdek, 
“mehnatkashlar”, ya’ni, “proletar qatlamdan” boshlanganligi ham bejiz 
emas edi. O’sha yillarda komsomol safiga ijtimoiy jihatdan faqat 
“mehnatkashlar” qatlamidan qabul qilinganligini e’tiborga oladigan 
bo‘lsak, nima uchun komsomollar safarbar qilinib, ularni qisqa muddatli 
kurslarda o‘qitib maktablarga muallim sifatida yuborilganligini anglab 
etamiz. Buning natijasida respublikada o‘qituvchilar soni 1928-29 o‘quv 
yilidagi 5,5 ming kishidan 1932-33 o‘quv yilida qariyb ming kishiga 
1941 yili esa 42 ming kishiga etgan. Bu raqamlar shundan dalolat 
beradiki, 1933 yil boshlarida xalq ta’limi tizimlarida o‘tkazilgan 
“tozalash” oqibatida ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan 
“ishonchsiz” bo‘lgan minglab bilimdon va tajribali muallimlar haydalib, 
ular o‘rniga qisqa muddatli kurslarni bitirgan saviyasi past, lekin 
ijtimoiy jihatdan “ishonchli” qatlamlardan qo‘shimcha muallimlar 
tayyorlanib, ular maktablar va madaniyatning boshqa sohalarida ishlash 
uchun yuborildilar. 
Bu yillarda respublika oliy o‘quv yurtilari tarmog‘i ham ortib 
bordi. Samarqandda O’zbekiston davlat universiteti, Buxoro, Farg‘ona, 
Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch 
shaharlarida oliy maktablar tashkil etildi. 20-yillar o‘rtalaridan boshlab 
mustabid tuzum O’zbekistonda qator ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil 
qildi. 1932 yilga kelib o‘zbekiston olimlari Respublika Fanlar 
Akademiyasini tashkil etish ishiga kirishdilar. Bu yo‘lda ilk tashlangan 
qadam Markaziy Ijroiya Qo‘mita qoshida 1932 yil 11 oktyabrda 
O’zbekiston ilmiy-tekshirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi 
respublika qo‘mitasining tuzilishi bo‘ldi. 40-yillarning boshida 


128 
O’zbekistonda 60 dan ortiq maxsus ilmiy-tekshirish muassasalari, 
laboratariya va stansiyalari mavjud bo‘lib, ulardan nazariy va amaliy fan 
sohalari bo‘yicha turli yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirildi. 
1940 yil 9 yanvarda Fan Qo‘mitasi Ittifoq Fanlar akademiyasining 
O’zbekiston filialiga aylantirildi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish