Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

3.4.
 
Beruniyning ilmiy merosi va uning pedagogika fani 
taraqqiyotidagi o‘rni 
Abu Rayhon Beruniy (973-1048). 
Qomusiy olim Abu Rayhon 
Beruniy 973 4 sentyabrda Xorazmda dunyoga keladi. Beruniy 
yoshligidan ilmga ayniqsa aniq fanlarga qiziqadi. U matematika, 
jo‘g‘rofiya, yulduzlar ilmi, tibbiyot fanlariga oid ko‘p kitoblarni o‘qib 
chiqadi. Fors va arab tillarini va qadimgi ajdodlar tillarini qunt bilan 
o‘rganadi. 
Beruniy bir necha yil koinot, metallar va qimmatbaho toshlar 
ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu 
tadqiqotlari asosida “Minerologiya” asarini yaratadi. Uning “Geodeziya” 
asarida geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda 
poleontologik kuzatishlari natijalari ham bayon qilingan. Beruniyning 
yana bir muhim asari “Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich 
tushunchalar”dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki 
tushuncha va ma’lumotlar bergan. Olim 1030 yilda o‘zining Sharq va 
G’arbda keng e’tirof qilingan mashhur “Hindiston” asarini yaratadi. 
Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari o‘z ifodasini 
topgan. Hammasi bo‘lib 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Olim o‘z 
asarlarini o‘sha davr an’anasiga ko‘ra arab tilida yozgan. Beruniy 
yuqoridagi asarlarida inson kamoloti xaqida o‘z qarashlarini bayon 
etadi. 
Beruniy mamlakat obodonchiligi ilm-fanning ravnaqiga bog‘liq 
bo‘lsa, yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilimi, axloqi va 
ma’rifatida deb biladi. Shuning uchun u yoshlarni ilm-ma’rifatga 
chorlaydi. Beruniy yoshlardan rahmdil, mehribon, kishilarga iltifotli, 
hayrihoh, bo‘lishni, najotsiz odamga qo‘l cho‘zishni, makkorlik, 
 


60 
ayyorlik, adolatsizlik, boylikka xirs qo‘yish, yolg‘on gapirish kabi 
sifatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. 
Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U 
insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy hislatlarni yaxshilik va 
yomonlik kabi 2 turga bo‘ladi. Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida 
fikr yuritar ekan, “insonga er yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi 
uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun har bir inson yuksak 
axloqli bo‘lishi lozim”, - deydi. 
Aqliy tarbiya, deydi Beruniy, kishining tafakkurini rivojlantirib, 
dunyoqarashini kengaytiradi. Uning o‘z-o‘zini anglab etishiga ta’sir 
etadi. Mutafakkir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi hakida 
muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab 
turlarga bo‘ladi. Og‘ir mehnat sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, 
hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli, olimlar 
mehnatiga alohida e’tibor beradi va hayrihoh bo‘lishga chaqiradi. Shu 
bilan birga og‘ir mehnat qiluvchi konchilar, er ostida ishlovchilar, 
dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag‘batlantirib turish kerak 
deydi. Olim bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llari haqida ham 
fikr yuritadi. U bolalarni eng kichik ilk yoshidan mehnatga o‘rgatish 
kerak deydi. 
Beruniy “Minerologiya” asarida faqat qimmatbaho metallar, 
toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash 
jarayoni, ustalarning hunar o‘rgatish metodlari haqida qimmatli fikrlar 
bildiradi. 
“Saydana” nomli ma’lum va mashhur asarida esa sharqdagi
dorivor o‘simliklarning tavsifi bayon qilingan. Beruniy inson kamolotida 
3 narsa muhim rol o‘ynaydi deydi: 
1. Irsiyat. 
2. Muhit. 
3. Tarbiya. 
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi 
fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O’kuvchiga bilim berishda u: 
-o‘quvchini zeriktirmaslik; 
-bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik; 
-uzviylik, izchillik; 
-yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va 
hokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi. 


61 
Olim fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid 
qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o‘rganishga da’vat etadi. Ilm
toliblariga qalbni yomon ilatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan,
xirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi 
zarurligini uqtiradi. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni 
shakllantirishga oid bu fikrlari o‘z zamonasi uchun emas, hozirgi davr 
ta’lim-tarbiyasini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga egadir. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish