Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

2)
 
tekin manfaat ko`rishga qaratilgan, notarial guvohlantirish yoki davlat 
ro`yxatidan o`tkazishni talab qilmaydigan bitimlar;
 
3)
 
qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan 
muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag`larni tasarruf etish 
borasidagi bitimlarni amalga oshirishga haqlidirlar (FKning 29-moddasi).
 
N.Ashurovaning fikricha, kichik yoshdagi bolalar mustaqil tuza oladigan mayda 
maishiy bitim deganda, bola yoki uning oila a'zolarining odatdagi, xar kungi 
ehtiyojini qondirishga qaratilgan va yuqori bo`lmagan bahodagi bitim tushuniladi. 
Bitimning mayda maishiy bitim ekanligini belgilovchi ikki shart mavjud bo`lishi 
talab etiladi. Birinchisi, odatdagi, har kungi ehtiyojlarni qondirishga qaratilganligi va 
ikkinchisi, yuqori bo`lmagan bahoda bo`lishi talab etiladi. 
O`n to`rt yoshgacha bo`lgan voyaga yetmaganlar uchun bitimlarni ularning 
nomidan ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzadilar. 
Birovga yetkazilgan zararlari uchun ham kichik yoshdagi bolalar javobgar 
bo`lmaydilar. Ular uchun ota-onalari yoki boshqa nazoratchilari javobgardir. O`n 
to`rt yoshgacha bo`lgan voyaga yetmaganlarning banklarga omonat qo`yish va ularni 
tasarruf qilish huquqlari qonun bilan belgilanadi. 
O`n to`rt yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan voyaga yetmaganlar (o`smirlar) 
qisman muomalaga layoqatli bo`lib, qonuniy vakillari (ota-onalari, farzandlikka 
oluvchilari yoki homiylari) ning roziligi bo`lgan taqdirda o`z harakatlari bilan huquq 
va majburiyatlar olishlari mumkin. 
O`smirlar bitimlarni ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining 
roziligi bilan tuzadilar. Ammo ular mustaqil ravishda o`zlarining ish haqlari yoki 


31 
stipendiyalarini tasarruf qilishga, o`z asarlari, ixtirolariga bo`lgan mualliflik hamda 
ixtirochilik huquqlarini, o`z kashfiyotlariga bo`lgan huquqlarini amalga oshirishga, 
kredit muassasalariga mablag`lar qo`yish va ularni tasarruf etishga, shuningdek, 
mayda maishiy bitimlarni tuzishga haqlidirlar. Ular 16 yoshdan kooperativlarga a'zo 
bo`lib kirishlari mumkin. 
Yetarli asoslar mavjud bo`lganida sud qonuniy vakillari yoxud vasiylik va 
homiylik organining iltimosnomasiga ko`ra o`smirning o`z ish haqi yoki 
stipendiyasini mustaqil tasarruf qilish huquqini cheklashi yoki bu huquqdan mahrum 
etishi mumkin (FKning 27-moddasi 8-bandi). 
O`smirlar boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlari uchun FK bilan belgilangan 
tartibda javobgar bo`ladilar. 
Ruhiy kasallar va aqli zaiflar to`la hajmda muomalaga layoqatsiz hisoblanadilar. 
Ongli harakatlar qilish va o`z harakatlarining yuridik oqibatlarini hisobga olish 
layoqati (muomala layoqati) ga, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli ega 
bo`lmagan fuqaro – muomala layoqatiga ega emas deb tanilishi mumkin. Har qanday 
ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik fuqaroni ongli harakatlar qilish va fuqarolik 
muomalasida qatnashish layoqatidan mahrum qilmaydi. Ruhiy holat buzilishi 
faktining o`zigina kishini muomalaga layoqatsiz deb topishga asos bo`lmaydi. FKda 
ko`rsatilishicha, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli o`z harakatlarining 
ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila olmaydigan fuqaro sud 
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilishi mumkin, shu munosabat bilan unga 
nisbatan vasiylik belgilanadi (FKning 30-moddasi). 
Ruhiy kasalni yoki aqli zaif kishini sud tomonidan tayinlangan psixiator 
(ruhshunos) larning ishtiroki bilan bo`ladigan maxsus komissiya tomonidan ko`rib 
tekshirish va uning natijalari haqida dalolatnoma tuzish sud tomonidan muomalaga 
layoqatsiz deb topish haqida hal qiluv qarori chiqarish uchun asos bo`ladi. 
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni ularning vasiylari 
tuzadilar. 
Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishiga sabab bo`lgan asoslar bekor 
bo`lsa, sud uni muomalaga layoqatli deb topadi va belgilangan vasiylikni bekor qiladi 
(FKning 30-moddasi). Qonun ba'zi hollarda voyaga yetgan fuqarolarning muomala 
layoqatini cheklash hollarini nazarda tutadi, chunonchi, FKning 31-moddasida 
ko`rsatilishicha, spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste'mol qilish 
natijasida o`z oilasini og`ir moddiy ahvolga solib qo`yayotgan fuqaroning 
muomalaga layoqati FPKda belgilangan tartibda sud tomonidan cheklab qo`yilishi 
mumkin. Bunday holda u mayda maishiy bitimlarni istisno qilganda, qolgan 
bitimlarni homiyning roziligisiz tuza olmaydi. 


32 
Agar fuqaro spirtli ichimlik yoki narkotik moddalarni suiiste'mol qilishni 
tashlasa, sud uning muomalaga layoqati cheklanganligini bekor qiladi. Sud qaroriga 
asosan unga nisbatan belgilangan homiylik ham bekor qilinadi. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish