Vakolat va uning turlari
Vakil o`zida bo`lgan vakolatga binoan o`zini vakil qiluvchiga nisbatan muayyan
huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o`zgartiradi va bekor qiladi. Binobarin,
vakolat deb vakilning boshqa shaxs nomidan muayyan yuridik harakatlar qilishga va
shu bilan u uchun huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishga qaratilgan huquq
tushuniladi. Vakilning vakolatlari qonunga, sud qaroriga, vakil qilingan davlat
organlarining hujjatiga yoki ishonchnomaga asoslangan bo`lishi mumkin.
Vakil o`z vakolatini vakolat beruvchining manfaatlarini ko`zlabgina amalga
oshirishga majbur. Binobarin, vakil o`ziga vakolat bergan shaxs nomidan, shaxsan
o`zina nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili bo`lgan boshqa shaxsga nisbatan ham
bitimlar tuzishi mumkin emas (tijorat vakilligi bo`lgan hollar bundan mustasno)
(FKning 129-moddasi, 3-bandi).
Agar oshkora shaxs nomidan harakat qilish uchun hech qanday vakolat bo`lmasa
yoki vakolatli bo`lsa ham uning doirasidan chetga chiqilgan bo`lsa – bu holda
tuzilgan bitimlar bo`yicha kim nomidan harakat qilgan bo`lsa, mazkur shaxs uchun
huquq va majburiyatlar vujudga kelmaydi.
FKning 132-moddasida ko`rsatilganidek, boshqa shaxs nomidan tuzilgan yoki
vakolatlardan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaxs keyinchalik
ma'qullangan taqdirdagina, uning uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi,
o`zgartiradi va bekor qiladi. Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs bitimning ijroga
qabul qilinganligidan guvohlik beruvchi harakatlar qilgan holda ham bunday bitim
ma'qullangan hisoblanadi.
Vakil qiluvchi tomonidan bitimning kelgusida ma'qullanishi u tuzilgan vaqtdan
e'tiboran haqiqiy deb hisoblashga huquq beradi.
Bitimlar tuzishda vakil o`z erki bilan harakat qiladi. Bu holda u o`ziga berilgan
vakolatning hajmiga, amaldagi huquqiy normalarning qoidalariga, vakil qiluvchining
bergan ko`rsatmalariga asoslanib ish tutadi. Bitim tuzilishida vakilning erki ham
vakolat doirasida ifodalanganligi sababli vakilning jiddiy ravishda yanglishi,
103
aldanish, qo`rqitilish yoki zo`rlik ta'sirida tuzilgan bitim sud tomonidan haqiqiy emas
deb topilishi mumkin.
Vakil vositachidan farq qiladi. Agar vakil bitim tuzishda boshqa shaxs nomidan
harakat qilsa, komissioner boshqa bir shaxs komitent topshirig`i bo`yicha va uning
hisobiga harakat qilsa ham bitimni o`z nomidan tuzadi.
Vakil vakil qiluvchi tomonidan yuridik harakatlar qilish vakil qiluvchi uchun
muayyan fuqarolik huquqlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish
niyatidan bo`lganligini o`zi bilan bitim tuzuvchi shaxslarga ochiq-ravshan bildirishi
lozim. Vakilning bunday niyatda bo`lganligini vakil harakat qilib turgan vaziyatning
o`zidan ham ko`rinib turishi mumkin. Masalan, chakana savdo bilan shug`ullanuvchi
korxonada ishlovchi sotuvchi, kassir va boshqalarning harakatlarini, ularning
muayyan bir tashkilot vakillari bo`lishlarini bildiradi.
Vakil bilan vakolat beruvchi o`rtasida vujudga keladigan huquqiy
munosabatlardan vakilning yuridik harakatlari tufayli, jumladan, u tomonidan
tuzilgan bitim tufayli, vakolat beruvchi bilan uchunchi shaxslar o`rtasida vujudga
keladigan huquqiy munosabatni ajratish kerak. Agar vakil bilan vakolat beruvchi
o`rtasidagi munosabat (ichki munosabat) shartnomaga masalan, topshiriq yoki
mehnat shartnomasiga asoslangan yoxud boshqa turdagi yuridik faktlarga, chunonchi:
tug`ilganlik, vasiylik, farzandlikka olish faktlariga asoslangan vakolat beruvchi bilan
uchinchi shaxs o`rtasidagi huquqiy munosabat (tashqi munosabat) vakilning uchinchi
shaxs bilan tuzgan bitimi asosida vujudga keladi.
Vakolat qanday asoslardan vujudga kelishiga qarab, vakillik ikki turga: qonun
bo`yicha vakillik va shartnoma bo`yicha, ya'ni ixtiyoriy vakillikka bo`linadi.
Vakillik va uning vakolati normativ akt bilan belgilangan holda bunday vakillik
muomalaga layoqatsiz shaxslar: yosh bolalar, ruhiy kasallar, aqli zaiflarning huquq
va manfaatlari qo`riqlanishini ta'minlashga qaratiladi. Sud organlarida vakillik qilish
to`g`risidagi qoidalar tegishli qonunlar bilan belgilanadi.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar va vasiylar FKning 131-moddasida
belgilanganidek, qonuniy vakillar hisoblanadilar.
Shartnomali, ya'ni ixtiyoriy vakillikda vakil va uning vakolati vakil qiluvchining
erki bilan belgilanadi. Bunday vakillikda vakil va uning vakolati vakil qiluvchi
tomonidan ko`rsatiladi.
Shartnoma bo`yicha vakillikda mehnat shartnomasiga binoan tashkilot nomidan
berilgan vakolatnomaga asosan harakat qiluvchi xizmatchi, masalan, tashkilotlarning
yurist maslahatchilari, ta'minot vakillari va boshqalar vakil bo`lib hisoblanadilar.
Topshiriq shartnomasiga binoan berilgan vakolatnomaga asosan harakat qiluvchi
shaxslar ham shartnoma bo`yicha vakil bo`la oladi.
Korxona rahbari korxona nomidan boshqa subyektlar bilan munosabatlarga
kirishganda maxsus yozma vakolatnomasiz ish yuritishga haqli.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |