Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

8-mavzu. Vakillik va ishonchnoma. 
REJA: 
1.Vakillik tushunchasi. 
2.Ishоnchnоma tushunchasi, shakli. 
3.Ishоnchnоmaning muddati, ishоnchnоmani bеkоr qilish. Muddatlar. 
 
Vakillik tushunchasi 
 
Vakillik deb bir shaxsning ikkinchi shaxs nomidan yuridik harakatlarni amalga 
oshirishiga aytiladi. Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat 
organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa 
shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan 
fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, o`zgartiradi va bekor 
qiladi (FKning 129-moddasi). 
Vakillikning mohiyati shundaki, bunga asoslanib tuzilgan bitimlar faqat vakolat 
beruvchi uchungina muayyan huquq va majburiyatlarni tug`diradi, o`zgartiradi va 
bekor qiladi. Vakilning shaxsan o`zi esa, bitimlar yuzasidan hech qanday huquq va 
majburiyatlar olmaydi. Kishining shaxsi bilan bog`liq bo`lgan, shuningdek 
qonunlarda nazarda tutilgan bitimlarni vakil orqali tuzishga yo`l qo`yilmaydi. 
Masalan, nikoh shartnomasida kirishish alimentlarni undirish yoki to`lash bilan 
bog`liq majburiyatlar. 
Vakillik orqali huquq layoqatini amalga oshirish, ya'ni huquqlar olish va 
majburiyatlarni bajarish mumkin bo`lmaganligi sababli vakillarning xizmatiga 
fuqarolar ham, yuridik shaxslar ham muhtoj bo`ladilar. Chunonchi, fuqaro o`ziga 
qarashli uy-joyni vakil orqali boshqarish yoki sotishi, tashkilotlar esa, vakillar orqali 
bir-birlari bilan har turli shartnomalar tuzishlari mumkin. 
Muomalaga layoqatli fuqarolargina vakil bo`lishlari, vakillik qilishlari mumkin. 
Istisno sifatida ayrim hollarda o`n olti yoshga to`lib, pasport olgan fuqaro ham vakil 
bo`lishi mumkin. Fuqarolarning faqat bir-birlari uchungina emas, ba'zi hollarda 
tashkilotlar uchun ham vakil bo`lishlariga qonun yo`l qo`yadi. Masalan, savdo va 
ta'minot bo`limlarining agentlari, mahsulot tayyorlovchi vakil va boshqa xodimlar 
tashkilotlarning vakillari sifatida ish bajaradilar. 
Yuridik shaxs faqat o`z ustavida nazarda tutilgan hollarda yoki o`z faoliyatining 
xarakteriga muvofiq bo`lgandagina fuqarolarning vakil yoki boshqa yuridik shaxs 
vakili sifatida harakat qilishi mumkin. 
Tashkilotlarning mulkiy huquqlarini, shuningdek fuqarolarning shaxsiy va 
mulkiy huquqlarini qo`riqlash maqsadida qonun kimlarning vakil sifatida harakat qila 
olmasligini belgilaydi. Jumladan, tashkilotning bosh buxgalteriga o`zi ishlab turgan 
tashkilot uchun bankdan va moliya organlaridan naqd pul, shuningdek boshqa tovar, 


102 
moddiy boyliklar olishga yo`l qo`yilmaydi. Savdo korxonalari va boshqa tashkilotlar 
o`zlaridan olingan vakolatnomalar yuzasidan hisobot bermagan mansabdor shaxslarni 
tovar boshqa ashyolarni olish uchun vakil qila olamaydi. 
Sudda: voyaga yetmagan shaxslar, vasiylik va homiylik ostidagi shaxslar 
fuqarolarning vakillari sifatida qatnasha olmaydilar. Sudyalar, tergovchilar, 
prokurorlar qonuniy vakil sifatida (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, 
homiylar) shuningdek, tegishli sud yoki prokuraturaning vakili sifatida qatnashish 
hollaridan tashqari, sudda vakil bo`la olmaydilar (FPKning 51-moddasi). 
Vakolat beruvchi har qanday shaxs muomalaga layoqatli va muomalaga 
layoqatsiz fuqarolar ham, shuningdek yuridik shaxslar ham bo`lishi mumkin. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish