69
5-mavzu.
Davlat – fuqarolik huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi
sifatida.
Reja:
1.
Umumiy qoidalar.
2.
O`zbekiston Respublikasi mamlakatning ichki oborotida fuqarolik-
huquqiy munosabatlarning subyekti.
3.
O`zbekiston Respublikasi - mamlakatning tashqi oborotida fuqarolik
huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi.
1.Umumiy qoidalar
O`zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e'lon
qilinishi, uning xalqaro huquq subyekti, mustaqil suveren davlat sifatida tan olinishi
O`zbekistonning o`z boyligini o`zi mustaqil tasarruf qilish imkoniyatini berdi.
Endilikda bozor iqtisodiyoti sharoitiga o`tayotgan O`zbekiston Respublikasi
iqtisodiy aloqalarning turlari va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatiga ega
bo`ldi. Darvoqe, O`zbekiston mustaqilligining moddiy asosi ham uning molmulkidir.
O`zbekiston Respublikasi o`ziga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan
obyektlardan xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro
tashkilotlar bilan o`zaro foydali hamkorlik o`rnatishga, bunday hamkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan ja'mi amaliy harakatlarni ro`yobga chiqarish uchun
foydalanadi.
Ma'lumki, davlatning siyosiy tashkilot sifatidagi asosiy ijtimoiy vazifasi
jamiyatdagi mavjud subyektlarning, ya'ni, turli guruhlar, millatlar va elatlar, kishilar
o`rtasidagi jipslikni ta'minlashdan iborat. Shu ma'noda barcha huquqiy demokratik
davlatlarda bo`lgani singari O`zbekiston Respublikasida ham O`zbekiston, uning
xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezidentgina ish olib borishi mumkin
(Konstitutsiyaning 10-moddasi). Manbalar mavzusida ayganimizdek, Konstitutsiya
normalari joriy qonun hujjatlarida to`ldirib boriladi.
Jumladan, yuqoridagi norma FKning 214-moddasida yanada mustahkamlanib,
shunday deyiladi: “Respublika mulki bo`lgan mol-mulkni O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi
Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar (qonunda boshqacha hol
belgilanmagan bo`lsa) tasarruf qiladilar”. Amalda davlat nomidan yuqoridagi
normadan kelib chiqib, turli vazirlik, davlat qo`mitalari, davlat tashkilotlari
qatnashishi mumkin. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 21
fevraldagi farmoniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy
siyosatini o`tkazish, tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini ta'minlash, chet
mamlakatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy va savdo hamkorligi samaradorligini oshirish,
bu sohada boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro miqyosdagi samarali ishda tashqi
iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur shart-sharoit yaratish maqsadida O`zbekiston
70
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi65. Keyinchalik bu
vazirlik Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, bugungi kunda esa ushbu vazirlik
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 iyuldagi PF-3631-sonli Farmoni
bilan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil
etildi.
O`zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolarining huquq hamda
manfaatlarini ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida bevosita o`zaro foydali
aloqalarni o`rnatish maqsadida xorijiy davlatlarda, xalqaro tashkilotlar huzurida
O`zbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalari ta'sis etiladi. Bu vakolatxonalar
o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, o`zlari to`g`risidagi Nizomga,
shuningdek O`zbekiston Respublikasi hamda vakolatxona joylashgan davlatlar
ishtirokchi bo`lgan xalqaro shartnomalarga amal qiladi. Chet eldagi vakolatxonalar
to`g`risidagi Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi o`z mulkini egallash,
foydalanish va tasarruf etish yuzasidan fuqarolik huquqining mustaqil subyekti
sifatida mamlakat ichida va xorijda chet davlatlar va boshqa subyektlar bilan
bo`ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashib, o`z nomidan harakat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aytilganidek, O`zbekiston – suveren
demokratik respublika degan nom bilan mustaqil davlat bo`lib, o`zining milliy davlat
va ma'muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining
tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatni amalga oshiradi (1, 2-moddalar).
Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki uning suverenitet sohibi
ekanligidan kelib chiqadi. Davlat suverenitet sohibi sifatida yagona va bo`linmasdir.
Shunga binoan davlat fuqarolik-huquqiy munosabatda yakka va yagona subyekt
(fuqarolar va yuridik shaxslar kabi ko`p va turli xil emas) deb qaraladi. O`zbekiston
Respublikasi fuqarolik huquqining boshqa subyektlari bilan teng huquqli ishtirokchi
hisoblanadi.
Davlat – oliy hokimiyat, suverenitet sohibi bo`lganligi tufayli fuqarolikhuquqiy
munosabat subyekti sifatida o`ziga xos xususiyatlarga ega. Chunonchi:
1.Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlari subyekti sifatida fuqarolik huquqi
subyektlari amal qiladigan qonunlarni o`zi belgilaydi.
2. Davlat organlari fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi
bo`ladigan hujjatlar chiqarishi mumkin (FKning 8-moddasi, 2-bandi).
3. Davlat immunitetdan foydalanadi, ya'ni, davlat mol-mulkidan haq undirishga
davlat organlari rozi bo`lgandagina yo`l qo`yiladi.
4. Huquq va muomala layoqatini cheklash bo`yicha boshqa subyektlarga
taalluqli bo`lgan qoidalar davlatga nisbatan tadbiq etilmaydi.
71
Biroq ayni paytda, davlatning huquqlari mutloq cheksiz ham emas. Masalan,
davlat shaxsiy huquqlarga ega bo`lmaydi. Binobarin, davlat alohida xususiyatlarga
ega bo`lgan subyektdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |