Yuridik shaxslarning tovar belgilari, xizmat ko`rsatish belgilari va tovar
kelib chiqqan joy nomlariga bo`lgan huquq
O`zbekiston
Respublikasida
tovarlar
ishlab
chiqaradigan,
xizmatlar
ko`rsatadigan va xo`jalik-tijorat faoliyati bilan shug`ullanadigan hamda fuqarolik
muomalasida qatnashadigan har bir yuridik shaxs o`zigagina xos tovar belgisi va
xizmat ko`rsatish belgisiga ega bo`ladi. Bu belgilar bir yuridik shaxsning tovarlari va
xizmatlarini o`zga yuridik shaxslarning turdosh tovarlari va xizmatlaridan farqlash
uchun xizmat qiladigan belgilardir.
Tovar belgisi sifatida so`zlar, tasvirlar, qabariq va boshqa belgilar yoki ularning
jamlama ifodasi ro`yxatdan o`tkaziladi.
Tovar belgisini ro`yxatdan o`tkazish to`g`risidagi talabnoma yuridik yoki
jismoniy shaxslar tomonidan shaxsan yoki patent idorasida ro`yxatga olingan patent
vakili orqali berilishi mumkin.
Jamoat manfaatlariga, insoniylik va axloq qoidalariga zid bo`lgan belgilar tovar
belgisi yoki tovar belgisining qismi sifatida ro`yxatdan o`tkazilishiga yo`l
qo`yilmaydi.
Tovar belgisining egasi ushbu belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda,
shu jumladan, undan o`zga shaxslar foydalanishiga ruxsat berish yoki ta'qiqlab
qo`yishda mutloq huquqqa egadir.
Tovar belgisidan qonunga zid ravishda foydalangan yuridik va jismoniy shaxslar
O`zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgar bo`ladilar. O`zbekiston
Respublikasining yuridik shaxslari tovar belgilarini boshqa davlatlarda ro`yxatdan
o`tkazish yoki xalqaro miqyosda ro`yxatdan o`tkazish huquqiga ega.
67
Chet el yuridik shaxslari xalqaro shartnomalarga yoki o`zaro hamkorlik asosida
tovar belgilari va xizmat ko`rsatish belgilari to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi
qonunida nazarda tutilgan huquqlardan O`zbekiston Respublikasining yuridik
shaxslari bilan bab-baravar foydalanidalar. Agar O`zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalarida O`zbekiston Respublikasi tovar belgilari va xizmat
ko`rsatish belgilari to`g`risidagi qonundan farq qiluvchi o`zgacha qoidalar
belgilangan bo`lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo`llaniladi. Har bir
mamlakat, mintaqa, ma'lum bir hudud o`z iqlimi, havosi, tuproq tarkibi, o`simlik va
hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy sharoitlari bilan o`ziga xosdir. Ba'zan bu o`ziga
xoslik o`sha hudud doirasida ishlab chiqariladigan tovarlar, bajariladigan ishlar,
ko`rsatiladigan xizmatni o`ziga xos alohida sifat belgilariga ega bo`lishini
ta'minlaydi. Boshqa joydagi aynan o`shanday ishlab chiqilgan tovarlar, bajariladigan
ishlar yoki ko`rsatiladigan xizmatlar o`shanday sifatga, belgilarga ega bo`lmaydi.
Binobarin, ma'lum geografik hududning tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillar (asosan
o`sha joyda yashovchilarning kasbikor malakasi, mahorati) bilan uzviy bog`liq
ravishda tayyorlangan tovarlar boshqa joyda tayyorlangan aynan shunday tovarlarga
nisbatan xaridorgir, yuqori sifatli, alohida xususiyatli, raqobatbardoshli hisoblanadi.
Bozorda ushbu tovar tayyorlangan joyning nomi tovarning ma'lum sifati, xususiyatga
ega ekanligi haqida o`ziga xos sertifikat hisoblanadi. Masalan, «Borjomi»,
«Yessentuki», «Toshkent» suvlari, Uchqora mayizi, Urgut tamakisi, Yangiqo`rg`on
anjiri, Quva anori, va h.k. Ba'zan tovar tayyorlangan joyning tabiiy shart-sharoitlari
emas, balki o`sha joyda yashovchi aholining ma'lum bir kasb-xunarga, mahsulot
tayyorlashga bo`lgan alohida mahorati, malakasi ushbu tovarning sifatini belgilashda
alohida muhim omil bo`lishi ham mumkin, masalan, Chust pichog`i, Samarqand
noni, Xiva gilami va h.k.
Tovar chiqarilgan (tayyorlangan) joy nomi sifatida mamlakat nomi ishlatilishi
(Braziliya kofesi, Eron gilami, Gruziya choyi), aholi punkti yoki mintaqaviy hudud
nomi (Toshkent suvi, Chust pichog`i) umuman, qandaydir geografik obyekt nomi
(masalan, Tyan-Shan suvi) qo`llanilishi mumkin. Bunday maqsadlarda o`sha
geografik obyekt tarixiy nomi ishlatilishi mumkin (Shampan sharobi, Kogor sharobi
va h.k.) Bunda eng asosiysi o`sha joyda ishlab chiqarilgan tovarning yuqori sifati,
alohida belgilarga ega ekanligi va xuddi shu holat tovarlar bozorida, xaridorlar
orasida ma'lum ahamiyatga ega ekanligidir. Tovarlarni kelib chiqish mamlakatlarini
aniqlash qoidalari 1988 yil 8 aprelda Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olingan.
Tovar kelib chiqqan joy nomi O`zbekiston Respublikasi Patent idorasi
ro`yxatidan o`tkazdiriladi63. Bunda asos bo`lib FK 1108-moddasining ikkinchi
qismida belgilangan talablarga ishlab chiqariladigan tovarning javob berishi va ayni
o`shanday tovar ishlab chiqaruvchining o`sha hudud doirasida faoliyat yuritishi
hisoblanadi (masalan, Surxondaryoda faoliyat yuritayotgan hunarmand o`z mahsuloti
68
Chust pichog`i deb bozorda sotishi maqsadga muvofiq emas). Tovar chiqarilgan joy
nomidan foydalanish huquqi guvoxnomasi 10 yil muddatga beriladi, bu muddat
tugagach uzaytirilishi mumkin.
Dunyoning deyarli barcha davlatlarida tovarlarni chiqarilgan joylar nomlaridan
g`ayriqonuniy foydalanish, bu joylar nomlari haqida noto`g`ri yoki yolg`on ma'lumot
berish g`irrom raqobatning ko`rinishlaridan hisoblanadi va tegishli javobgarlik
choralari (zararlarni to`latish, hududiga olib kelishni ta'qiqlash, arest solish, tovarlarni
yo`q qilib tashlash va h.k.) qo`llaniladi. O`zbekiston Respublikasining Tovar
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida 1996 yil 27
dekabrda qabul qilingan qonunning 8-moddasiga asosan yuridik shaxsning
intellektual faoliyati natijalarida va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish
vositalaridan qonunsiz foydalanib tovar sotish, tovarning xususiyati, uni tayyorlash
usuli va joyi xususida iste'molni chalg`itish insofsiz raqobat hisoblanadi va
ta'qiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |