Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar



Download 1,44 Mb.
bet72/204
Sana06.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#321278
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   204
Bog'liq
maruzalar-matni

6. Qadimgi Arabiston madaniyati.Qadimgi Arabiston sivilizatsiyasining eng katta yutuqlaridan biri yozuvning alfavit tizimining yaratilishidir. Bu yozuv farazlarga ko`ra, Finikiya protosinay (Sinaydan topilgan yozuvlarga ko`ra) alfavitlaridan kelib chiqqan. Shimoliy Arabiston aholisi nabateylar ham oromiy yozuvlariga o`xshash o`z alfavitlarini yaratdilar.

Yozuvlar toshga, qoyatoshlarga o`yilgan; yog`och va loy taxtachalarga yozilgan, jez buyumga quyilgan; yumshoq buyumlarga bitilgan. Tarixiy voqealar bayoni, qonunlarning moddalari yozilgan bitiklar topilgan. Bag`ishlov va qurilish matnlari, sog`ona yozuvlari, ish yozishmalari bizgacha yetib kelgan.

Arab dengizchilari Hind okeanida yangi zamonaviy texnikadan foydalanishga qo‘l urdilar. Ya’ni ular kema o‘rni va suzayotgan yo‘nalishlarini samoviy yo‘nalishga qarab yulduzlar yordamida aniqlaganlar27.

Monumental me’morchilik sohasida katta yutuqlarga erishildi. Marib, Timna, Shabva va Karnava shaharlari xarobalariga ko`ra, shaharlar to`g`ri to`rtburchak shaklida qurilib, balandligi 10-12 metrli tosh devorlar bilan o`rab olinadi. Shahar devorlarida kvadrat shaklida minoralar bunyod qilinadi. Petra shahri qoyatosh bag`rida bunyod qilinib, uning inshootlari qoyalarda qurilgan. Alebastr, jez va loydan haykallar yasalgan. Hayvonlar (ho`kiz, tuya, ot) tasviri dinamik va ifodali tasvirlanadi.

Arabiston yarim oroli dini politeistik xususiyatda bo`lgan. Janubiy Arabistonda bosh xudo Astar hisoblangan. Saba qabilalarida Almakaxon oy xudosi hisoblanib, unga ho`kiz qurbonlik keltirilgan. Osmon, quyosh va bir necha sayyoralarga ham e’tiqod qilingan. Nabateylar Ilaxu yoki Alloh («xudo»), Dusharg (chaqmoq xudosi, dunyo boshqaruvchisi)ga sig`inganlar.

Tayanch tushunchalar: Qizil dengiz, Fors qo`ltig`i, Omon qo`ltig`i, «Xushbo`y moy yo`li», Hindiston, Magan, Petra, Meluxxa, nabatey, Yaman, Qarqara yonidagi jang, Astar, Kataban, Karnava, Marib to`g`oni, Osuriya, kabirlar, sakral vazifalar, mugarrib, Zafar, Timna, Saba, protosinay.

Mustahkamlash uchun savollar:



  1. Qadimgi Arabiston tarixiga tegishli manbalar xaqida ma’lumot bering.

  2. Ilk davlatchilikning shakllanish jarayonlari va qo‘shni davlatlarni ta’sirini qiyosiy taxlil eting.

  3. Arxeologik ma’lumotlar va ularda aks etgan tarix xaqida fikr yuriting.

  4. Diniy tasavvurlar va ularning xususiyatlarini tushintiring .

Ma`ruza №13

Mavzu:Karfagen davlati

Reja:


  1. Karfagen tarixining ilk davri.

  2. Karfagen G`arbiy O`rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarining markazi.

  3. Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi.

  4. Karfagendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (er. avv. V-III asrlar).

  5. Karfagenning siyosiy tuzumi.

  6. Karfagen madaniyati.

1. Karfagen tarixining ilk davri. Er. avv. II-I ming yilliklar oralig`ida finikiyaliklar G`arbiy O`rtayer dengizida ilk koloniyalarini barpo qila boshladilar. Er. avv. I ming yillik boshlaridagi Finikiyaning Ispaniyadagi koloniyalari Gades, Afrikadagi Utika shaharlari yirik savdo-hunarmandchilik markazlariga aylandi. Ammo Finikiyaning barcha koloniyalari ichida Tir shahrining Shimoliy Afrikada barpo qilgan Karfagen yoki Karxemish (yangi shahar, er. avv. 825 yoki 814-yil) iqtisodiy jihatdan yuqori darajada taraqqiy qildi va siyosiy qudratga erishdi. O`rtayer dengizida savdo va dengiz yo`llari kesishgan qulay joyda joylashgan Karfagen asta-sekin kuchaya boshladi. Dastlab ko`chib kelganlar yersizlikdan qiynalib, mahalliy aholi yerlarida yashash huquqi uchun pul to`lashga majbur bo`ldilar. Shahar boyib borishi bilan uning atrofidagi yerlar mahaliy aholidan sotib olina boshlandi yoki bosib olindi.

2. Karfagen G`arbiy o`rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarining markazi. Er. avv. VII asrdan boshlab Karfagen tarixida ikki yuz yilga yaqin davom etgan yangi davr boshlandi. Bu davrda Karfagen shahri G`arbiy O`rtayer dengizidagi Finikiyaning boshqa koloniyalarining markaziga aylandi. Finikiya koloniyalari ichida Karfagenning yetakchi bo`lishining bir qancha sabablari bor edi:

1. Finikiyaning Osuriya va Eronga qaram bo`lishi natijasida metropoliya bilan siyosiy aloqalarning zaiflashuvi.

2. Yunonlarning Janubiy Italiya va G`arbiy O`rtayer dengizini faol kolonizasiya qilishi tufayli, ularning foydali xalqaro savdo va dengiz yo`llarida hukmron bo`lish xavfi.

3. G`arbiy O`rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarini ichki taraqqiyotini ma’lum darajada muvofiqlashtirish (koordinasiya) va hamkorlikni kuchaytirish ehtiyoji.

Er. avv. VII asr o`rtalarida Karfagen Shimoliy Afrikadagi rivojlangan hunarmandchilik markazi, Markaziy O`rtayer dengizining ko`p havzalarini savdo munosabatlari bilan bog`lagan eng yirik Finikiya koloniyasiga aylandi. Shahar hududi va aholisi tez o`sib ketdi. Karfagenning qulay tabiiy gavani kemalarga mo`ljallangan sun'iy gavan qurish hisobiga kengaydi.

Karfagen shahar-davlat doirasidan chiqib, faol tashqi siyosat olib bordi. U G`arbiy O`rtayer dengizining boshqa qismlarida o`z koloniyalarini barpo qila boshladi. Shu bilan birga, bu yerda mavjud bo`lgan Finikiya koloniyalari ustidan o`z homiyligini o`rnatdi. Karfagenning Afrikadan tashqaridagi birinchi koloniyasi Ispaniya yaqinidagi Pitius orollaridagi Ebes (er. avv. VII asr o`rtalari) bo`ldi. Ebesni tayanch nuqta qilgan holda Karfagen Ispaniyaga kirishga yo`l bermayotgan Finikiya koloniyasi Gadesni tor-mor qilib, er. avv. VII-VI asrlarda Pireney yarim oroli janubiga o`rnashdi. Yunonlar Karfagenni Ispaniya sharqiy qirg`og`ida o`rnashib qolishiga yo`l bermadilar. Karfagen Sitsiliyada faol harakat qilib, orolning g`arbidagi Finikiya koloniyalarini o`z nazorati ostiga oldi. Karfagen er. avv. VI asr o`rtalariga kelib, Ispaniyadagi mulklari bilan Janubiy Sisiliyaning g`arbi, Pitius orollari va Shimoliy Afrikagacha cho`zilib ketgan yirik davlat birlashmasi markaziga aylandi.

Karfagen er. avv. VI asr oxirida Yaqin Sharqda o`zgargan xalqaro ahvoldan yaxshi foydalandi. Bu vaqtda Old Osiyoda o`tmishda qudratli bo`lgan Osuriya, Misr kabi davlatlar zaiflashib qoldi. Yangi qudratli davlat Ahmoniylar Eroni butun Old Osiyoda va Shimoliy Afrikada o`z ta’sirini o`tkaza boshladi. Karfagen Ahmoniylar Eroni bilan aloqa o`rnatdi. Bu aloqa Karfagen uchun noqulay bo`lsada, lekin Karfagen Sitsiliya va uning janubiy qismini, Janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyani yunon shaharlariga qaram bo`lishiga qarshi faol siyosat olib borish imkoniyatiga ega bo`ldi. Er. avv. VI asr o`rtalarida Karfagen Markaziy Italiyadagi etrusklar bilan do`stona shartnoma tuzdi. Er. avv. 535 yilda Karfagen–etrusklarning birlashgan floti Korsika yonidagi Alali jangida yunon flotini yanchib tashladilar. Karfagen Sardiniya janubini egallashga muvaffaq bo`ldi. Natijada yunonlarning Ispaniyaga ta’siri kamaydi. Er. avv. V asrda Bolqon yarim orolida yunon shahar-davlatlarining zaiflashuvi natijasida Kichik Osiyoning g`arbidagi barcha yunon shahar-davlatlari Ahmoniylar Eroni ta’siri ostiga tushib qoldi. Ahmoniylar Yevropa tomon yurish qilib, Bolqon yarim oroliga ham bostirib kirdi. Er. avv. V asrda Eronning Yunonistonga bostirib kirishidan foydalangan Karfagen qulay payt poylab, Sitsiliyadagi yunon shaharlariga hujum qildi. Hujum muvaffaqiyatsiz chiqdi. Oqibatda Karfagen Sitsiliyaning g`arbida o`zining bir necha shaharlarini zo`rga saqlab qoldi.

3. Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi. Karfagenning gullab-yashnagan davri er. avv. V asr o`rtalaridan-er. avv. III asr o`rtalariga to`g`ri keladi. Sitsiliyadagi yurishlarda mag`lub bo`lgan Karfagen o`z tashqi siyosatining asosiy yo`nalishini Shimoliy Afrikaga qaratdi. Karfagen hozirgi Tunis va Jazoir qirg`oqlarini va bu hududlarning ichki hosildor yerlarini kolonizasiya qila boshladi. Karfagen dengizchilari Mavritaniya, Marokkoning Atlantika okeani qirg`oqlariga chiqib, bu yerlarda manzilgohlarga asos soldilar. Er. avv. VII asrda Karfagen dengizchisi Gannon 60 kema va 30 ming kishilik dengiz ekspeditsiyasi bilan Atlantika qirg`oqlarini tekshirdi. Afrikada katta-katta hududlarni bosib olinishi, Ispaniya janubidagi, Sardiniya orolidagi va Sisiliya g`arbidagi koloniyalar Karfagenni ko`p sonli aholiga ega bo`lgan, iqtisodiy va siyosiy jihatdan qudratli va katta imkoniyatlarga ega imperiyaga aylantirdi. O`z savdogarlarini himoya qilish, muhim savdo yo`llarini o`z qo`lida saqlab turish uchun Karfagen boshqa davlatlar bilan o`nlab shartnomalar tuzdi va faol tashqi siyosat yuritdi. Bu Karfagenning G`arbiy O`rtayer dengizi havzasida uzoq vaqt yetakchi o`rinni egallashiga qulay shart-sharoit yaratdi.

4. Karfagendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (er. avv. V-III asrlar). Er. avv. V-IV asrlarda Karfagen O`rtayer dengizidagi vositachi savdoning markazi edi. Karfagen Sharqiy O`rtayer dengizining turli viloyatlariga, yunon shaharlariga va Pireney yarim orolining Atlantika qirg`oqlariga turli mahsulotlar yetkazib berdi. G`arbiy O`rtayer dengizida Karfagenning savdo manfaatlarini himoya qiladigan Rim bilan uchta shartnoma tuzildi. Er. avv. V-III asrlarda Karfagen yirik hunarmandchilik markazi edi. Kulolchilik, zargarlik va qurolsozlik ustaxonalarida oliy navli mahsulotlar tayyorlandi. Karfagenliklar mohir quruvchi bo`lganlar. Karfagen shahri mustahkam devorlar bilan o`rab olingan edi. Shahar ichida ibodatxonalar, saroylar, zodagonlar, oddiy fuqarolar uylari, ombor va doklar (kema ta`mirlanadigan va quriladigan joy) qurildi. Kemasozlik yuqori darajada rivojlandi.

Karfagen bepoyon ekin yerlariga ega edi. Dehqonchilik quldorlik xo`jaliklarida asosiy soha edi. Tokzorlar, zaytun daraxtlari, bog` va polizlar mo`l-ko`l hosil berar edi. Er. avv. VI-III asrlarda Karfagenda rivojlangan qulchilik unsurlari bo`lgan quldorlik jamiyati mavjud edi. Shu bilan birga, erkin ishlab chiqaruvchilar ko`p edi. Karfagen shahrining o`zida 200 ming aholi yashar edi. Oliy tabaqa yirik yer egalari, katta savdogarlar va kohinlardan iborat edi. Sharq mamlakatlaridan farq qilgan holda Karfagenda byurokratik boshqaruv apparati yo`q edi. Mamlakatning iqtisodiy qudrati asosini ko`p sonli qullar va qaram aholini shafqatsiz talash tashkil qildi



G’arbdaKarfagenliklar o‘zlarining oltin tangalarini birinchilardan bo‘lib muomalaga chiqaradilar, lekin biroz vaqt o‘tib, ular chiqargan oltin tanga qadrsizlanadi va boshqa metallardan tangalar zarb qila boshlaydilar. Karfagenliklar Gárbiy Osiyo va O‘rta yer dengizida pulini ko‘p chiqarish orqali boshqa muomaladagi pullarni qadrini tushirib yuboradilar. Milloddan avvalgi 270-260 yillar Rimning katta tazyiqi ostida tangalar chiqardilar. Milloddan avvalgi 264-241 yillar Rim bilan bo‘lgan urushda, Rimga katta miqdorda o‘lpon to‘ladilar28.

5. Karfagenning siyosiy tuzumi. Karfagenning siyosiy tuzumi eng boy Karfagen oilalarining tor guruhi manfaatlarining aks ettiradigan oligarxiya edi. Karfagenda er. avv. V-IV asrlarda oliy fuqarolik hokimiyati vakolati bir yil muddatga saylanadigan oliy mansabdor-ikki sufet qo`lida bo`lgan. Barcha davlat ishlarini 30 lar kengashi va 300 a’zodan iborat oqsoqollar kengashi hal qilgan. Oliy nazorat organi 104 lar kengashi bo`lib, u sudyalik vazifalarini ham bajargan. Karfagenning xalq yig`ini ahyon-ahyonda chaqirilgan. U siyosiy hayotga sezilarli ahamiyatga ega emas edi. Biror-bir zodagon oilaning hokimiyatni bosib olishiga yo`l qo`ymaslik uchun kengashlarda qatnashadigan oligarxlar doimiy ravishda bir-birlari bilan raqobat qildilar. Karfagenning ichki siyosiy hayoti tarixi hokimiyatni bosib olish uchun oliy tabaqa zodagon guruhlari o`rtasidagi doimiy kurashdan iborat edi. Er. avv. VI asr o`rtalarida dastlab lashkarboshi Malx Karfagenda o`z hokimiyatini o`rnatdi. Keyin esa, zodagon Magon oilasi qariyb 50 yil davomida hokimiyat tepasida turdi.

Er. avv. V asr o`rtalaridagina Karfagen oligarxiyasi Magon oilasining hukmronligidan qutulib, yana o`z hokimiyatini qayta tiklay oldi. Er. avv. V asr ikkinchi yarmidan-III asr o`rtalarigacha Karfagen O`rtayer dengizining g`arbidagi eng qudratli davlat bo`lib, uning qudratini asosi yuqori rivojlangan iqtisodiyot, dinamik ijtimoiy tuzilish, oligarxiyaning barqaror tizimi edi. Karfagenning boy savdogar-hunarmandlari va kema egalari O`rtayer dengizi g`arbi va Shimoliy Afrikada faol tashqi savdo bilan shug`ullandilar. Ahmoniylar Eroni va Rim bilan bir necha savdo shartnomalari tuzildi. Ammo er. avv. III asrning 60-yillariga kelib, Karfagen G`arbiy O`rtayer dengizi havzasida hukmronlik uchun Rim bilan keskin kurashga kirishdi.

Er. avv. III-II asr o`rtalarida Rim-Karfagen o`rtasidagi uch urush (Puni urushlari)lar natijasida Karfagen batamom tor-mor qilinib, uning hududi Rim Respublikasining Afrika provinsiyasiga aylantirildi (er. avv. 146- yil).

6. Karfagen madaniyati. Karfagenda amaliy fanlardan agronomiya, geografiya, matematika, fortifikasiya va astronomiya sezilarli rivojlandi. Karfagen dengizchilarining Britaniyaga dengiz sayohati (Giskon ekspeditsiyasi), Atlantikaning ekvatorial qirg`og`iga Gannonning mashhur sayohati va Karfagen atrofini yuqori darajada mohirona qurilgan mudofaa devorlari bilan o`rab olish tabiiy fanlarning taraqqiyoti natijasi edi. Karfagenliklar qadimda Afrika, O`rtayer dengizi, Atlantika qirg`og`i, Kanar va Azor orollarining eng aniq geografik xaritasiga ega bo`ldilar. Ular qishloq xo`jaligining dehqonchilik sohasida katta yutuqlarga erishdilar. Karfagenda dehqonchilik sohasidagi qadimgi asarlardan biri Magon tomonidan maxsus yozilgan agronomiya traktati paydo bo`lib, u lotin tiliga tarjima qilingan. Karfagen Misr, Xett, Bobil va Osuriya madaniyatlarini doimiy ta’siri ostida bo`ldi va shu sababli, uning madaniyati sinkretik (madaniyatlar qo`shilmasi hosilasi) xususiyatiga ega edi. Karfagen aholisi savdo-hunarmandchilik bilan shug`ullanib, faqatgina iqtisodiyot ehtiyojlariga xizmat qiladigan aniq va tabiiy fanlarga e`tibor berdilar. Adabiyot, tasviriy san’at va falsafa zaif rivojlandi.

Diniy e`tiqod qadimgi Finikiya an`analari asosida rivojlandi. Karfagen panteonining bosh xudolari ma’buda Tinnit va Vaal-Melkart edi. Tinnit shahar homiysi, donolik, mo`l-ko`lchilik va tirilayotgan tabiat, hayotbaxsh ne’matlar yaratuvchisi edi.Dushmanlarni qo`rqituvchi Molox urush xudosi bo`lib, u ba’zida odamlarni qurbonlikka keltirishni talab qilgan. Bu xudolar sharafiga Finikiya an’analarini, Misr motivlarini va yunon me’morchiligi usullarini o`zida to`plagan sinkretik uslubda ibodatxonalar qurilgan. Karfagen madaniyati G`arbiy O`rtayer dengizi va Shimoliy Afrika tarixida muhim iz qoldirgan.


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish