2. Qadimgi Mesopotamiya aholisi.
Mesopatamiya shaharlarida ko‘chmanchilarning oqsoqollari chet ellik bo‘lgan degan ehtimol bor, ammo ular bir-biriga begona bo‘lmagan. Ular Mesopatamiya shahar hayotiga va madaniyatini anglashda muhim ro‘l o‘ynagan. Bu qishloq odamlari hayvonlarni sug’orish uchun daryo yaqinida qishlaganlar. Jazirama yozda o‘zlarining salqin vodiylariga qaytishgan.11
Transhumant herders may have been “foreigners” in the cities of Mesopotamia, but they were not strangers to them.They had always played an important role in Mesopotamian urban life and knew the culture of its city-states. These rural folk wintered in villages close to the river to water their animals, which grazed on fallow fields.In the scorching summer,they retreated to the cooler highlands.
Mesopotamiyada odamlar qadimdan o`rnasha boshlagan. Neolit davrida bu jarayon tezlashgan. Dastlab iqlimi qulay shimol o`zlashtirilgan. Qadimgi Xassun, Xalaf madaniyatining etnik kelib chiqishi noma’lum. Janubiy Mesopotamiyaning ilk manzilgohlari keyinroq, er. avv. IV ming yillikda va er. avv. IV ming yillikning II yarmida El-Ubayd madaniyati bilan belgilanadi. Ba’zi tadqiqotchilar bu madaniyatni shumerlarga tegishli deb, boshqalari protoshumerlarga bog`laydilar. Shumerlarning Janubiy Mesopotamiyada paydo bo`lishi taxminan, er. avv. IV ming yilliklar bilan belgilanadi. Shumer tilining qaysi til oilasiga mansubligi ham noma’lum. Shumerlar mahalliy aholi bilan aloqa o`rnatib, ulardan bir qancha xo`jalik yutuqlari, diniy e’tiqodlar va toponomik nomlarni o`zlashtirib olganlar.
Mesopotamiyaning shimolida er. avv. III ming yillikdan boshlab sharqiy semit chorvador qabilalari yashagan. Ular akkad tilida so`zlashgan. Er. avv. III ming yillik oxirida g`arb-Suriya cho`llaridan Mesopotamiyaga g`arbiy semit chorvador qabilalari kirib kelgan. Akkadlar ularni amoriylar deb atashgan (akkadcha «Amurri», «Suriya» yoki «G`arb» ma`nosini anglatadi). Er. avv. III-II ming yilliklarning birinchi yarmida amoriylar Mesopotamiyada bir necha hukmdor sulolalarga asos solganlar. Qadimgi Shimoliy Mesopotamiya, Shimoliy Suriya va Arman tog`larida xurrit qabilalari yashagan. Shumer va akkadlar ular va ularning mamlakatini Subarti deb atashgan.
Er. avv. III ming yillikdan Shimoliy-Sharqiy Mesopotamiyada Diyali daryosidan Urmiya ko`ligacha bo`lgan hududda yarim ko`chmanchi kutiy (gutiy) qabilalari yashagan. Kassit qabilalari Shimoliy-G`arbiy Eronda, elamlardan shimolda hayot kechirgan. Ular er. avv. XVI asrda Bobilni bosib olib, o`z sulolalariga asos soldilar. Kassitlar mahalliy madaniyat, tilni qabul qilib, mahalliy aholini assimilyasiya qildilar. Er. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida Shimoliy Armaniston va Suriya cho`lidan Shimoliy Mesopotamiya hududlariga g`arbiy semit guruhiga mansub kassit qabilalari kirib keldi. Ular er. avv. XII asr oxirida Shimoliy Suriya va Janubiy-G`arbiy Mesopotamiyada kichik davlatlar barpo qildilar. Ular er. avv. I ming yillik boshlarida xurrit va amoriy aholisi bilan qo`shilib ketdilar. Oromiy tili bu yerda keng tarqaldi. Er. avv. X asrda Janubiy Mesopotamiyaga oromiylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o`rnashdi. Bu etnik guruhlarning qadimgi Mesopotamiyaga migratsiyasi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar yuz berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |