Diplomatik hujjatlar. Eng qadimgi diplomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan er. avv. XXIV asrga oid Lagash va Umma o`rtasidagi chegara janjali to`grisidagi yozuv bizgacha yetib kelgan. Er. avv. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o`rtasidagi shartnoma; er.avv. II ming yillik boshlariga tegishli Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er. avv. II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to`g`risidaboy ma’lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarnaarxividir.
Do'stlaringiz bilan baham: |