4. Mesopotamiyaning qadimiy tarixiy manbalari. Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo`yicha asosiy manbalarga moddiy madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari kiradi.
Moddiy madaniyat yodgorliklari. Er. avv. III-I ming yilliklarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Mesopotamiyaning qadimgi Eredu, Uruk, Lagash, Larsa, Nippur, Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil kabi shaharlarining xarobalarini arxeologik o`rganish natijasida ma’lum. Shaharlardan zinapoyasimon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar, xo`jalik inshootlari, san’at asarlari va uy anjomlari topilgan. Mesopotamiyaning er. avv. III-II ming yilliklarga oid silindrsimon stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muhrlari Misr, Baxrayn va Hindistondan ko`plab topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |