Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar



Download 1,44 Mb.
bet138/204
Sana06.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#321278
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   204
Bog'liq
maruzalar-matni

6. Materik Yunonistoni va orollar. Antik mualliflarning ma’lumotlariga ko`ra, ellin davrida Yunonistondan aholining katta qismi sharqqa ko`chdi. Faqat Afina va Korinf o`z ahamiyatini saqlab qolishga urindi. Yunoniston hududidagi talonchilik urushlari iqtisodiy hayotni butunlay izdan chiqardi. Ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashdi. Bu esa, og`ir qarama-qarshiliklarni tug`dirdi. Spartada bu ziddiyatlarni bartaraf etish uchun podsholar-Agis IV (er. avv. 245-241-yillar) va Kleomen II (er. avv. 235-221-yillar)lar islohotlar o`tkazishdi. Qarzlarni bekor qilishga harakat qilindi. Boy spartaliklarning bir qism yerlari tortib olinib, yersiz spartaliklarga taqsimlab berildi. Eforlar kollegiyasi tugatilib, davlat vakolatlarining katta qismi podsholar qo`liga to`plandi. Aholining katta qismi islohotlarni qo`llb-quvvatladi. Sparta qo`shinining qudrati kuchayib, Spartaning asosiy raqibi Axey ittifoqiga qarshi g`olibona urushlar olib borildi. Axey ittifoqi Makedoniyaning yordami bilan Spartaga qarshi urush boshladi va Sparta qo`shinlarini er. avv. 222-yil mag`lubiyatga uchratdi. Sparta tushkunlikka uchrab, oxir-oqibatda er. avv. 146-yil o`z mustaqilligini yo`qotdi va Rim provinsiyasi tarkibiga kirdi.

Er. avv. III asrda yangi ellin dunyosining yaratilishi Bolqon Yunonistonini madaniy markaz sifatidagi rolini yo`qolishiga olib keldi. Natijada bu hudud ellin dunyosining chekka hududiga aylandi. Hududda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskinlashdi. Ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlar kuchayib, er. avv. III asrda yerlarni qayta taqsimlash harakati Yunonistonda avj oldi. Joylarda hokimiyatni tiranlar egallay boshladi. Aholi Argosda tiran Aristomaxni, Megalopolda Aristodemniqo`llab-quvvatladi. Er. avv. III asr o`rtalarida Xios va Teriorollarida norozilik harakatlari kuchayib ketdi.

Yunonistonning madaniy o`choq sifatidagi shuhratini Afina qo`llab-quvvatlab turdi. Afinada yunon falsafasi o`qitildi. Bu yerda bir qancha an’anaviy haykaltaroshlik maktablari mavjud edi. Egey dengizi havzasi orollari ichida eng gullab-yashnagani Rodos edi. Rodos Ptolemeylar Misridan o`z mustaqilligini saqlab qoldi. Rodos kemalari Egey dengizini qaroqchilardan tozaladi. Rodos tranzit savdo markazi edi. Har yili Rodos orqali 50 mln draxma (taxminan hozirgi 500 mln $) qiymayida mahsulotlar o`tar edi. Uning kemalari Suriya, Kichk Osiyo, Attika orollari va Qora dengiz qirg`oqlaridan mahsulotlarni tashidi. Rodosdan xurmo va asal Misrga chiqarildi.

Rodosda san`at gullab-yashnadi. Mahalliy haykaltaroshlik maktablari shakllandi. Rodosning homiysi xudo Geliosga atab mashhur Lisippning shogirdi haykatarosh Xares 36 metrli haykal yaratdi. Bu haykal 12 yil davomida bunyod qilindi (taxminan er. avv. 304-292-yillar). Bu haykal Pergamdagi mavzoley va Galikarnosdagi Artemida ibodatxonasiniung kichik zamondoshi edi. Shuningdek, “Ilonlar bilan kurashayotgan Laokoonva uning o`g`illari” haykallari guruhi mashhur edi.

Rodosda notiq Esxin asos solgan Rodos notiqlik maktabi faoliyat ko`rsatdi. Er. avv. II asr oxiri-I asr boshida Rodosdamashhur Sitseronning o`qituvchisi notiq Molon ta’lim oldi. Rodos homiyligida orollarda ipakchilik va vinochilik markazi, Kosda mashhur tabiblar maktabi faoliyat ko`rsatdi.


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish