Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar



Download 1,44 Mb.
bet137/204
Sana06.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#321278
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   204
Bog'liq
maruzalar-matni

5. Pergam. Attalidlar davlati. Er. avv. 287-yil Pergam Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Er. avv. 240-yil Salavkiylar noibi Attal I Pergamni mustaqil deb e’lon qilib, podsholik tojini kiydi. Uning asosiy hududi Kichik Osiyoning shimoliy-g`arbiy qismi va Misiyaviloyatidan iborat edi. Attalidlar sulolasi hukmdorlarining faol tashqi siyosati hamda mohir diplomatiyasi sababli, Pergam davlatining hududi er. avv. II asr boshlarida G`arbiy Kichik Osiyoning Troada, Lidiya, Kariyava Likiyani qo`shib olinishi bilan kengaydi. Bu hududlarda qadimdan rivojlangan yunon polislari mavjud bo`lganligi sababli, rivojlangan iqtisodiyotga ega edi.

Attalidlar tashqi siyosatda sharqda Salavkiylar podsholigiga qarshi turib, g`arbda kuchli ittifoqchi sifatida Rim davlatiga tayandilar va bu amalda Pergamni Rim respublikasiga tobe bo`lishga olib keldi. Attal I (er. avv. 241-197-yillar) galatlar ustidan g`alaba qilib, Rim bilan ittifoq tuzdi. U I va II makedon urushlarida (er. avv. 215-205-yillar va 200-197-yillar) rimliklar tomonidan ishtirok etdi. Rimliklar homiyligi yordamida Pergam podsholigi Kichik Osiyodagi barcha Salavkiylar mulklarini egallab oldi va o`zining eng qudratli davriga kirdi.

Ammo Pergamning yuksalishi uzoq davom etmadi. Attal II va Attal III hukmronligi davrida Rim Pergam jamiyatining hukmron tabaqalariga kuchli ta’sir o`tkazgan holda, podsholikning ichki va tashqi siyosatiga faol aralasha boshladi. Oqibatda Attalidlar sulolasining so`nggi podshosi er. avv. 133-yilda vafot etgan Attal III ning vorisi bo`lmaganligi sababli, o`z davlatini rimliklarga vasiyat qilishga majbur bo`ldi.

Bunga javoban Pergam jamiyatining quyi tabaqalari podsho Yevmen II ning noqonuniy o`g`li Aristonik boshchiligida qo`zg`olon ko`tardilar. Qo`zg`olonni yunon shaharlari aholisi qo`llab-quvvatlamadi. Natijada qo`zg`olonchilar yengildi. Aristonik er. avv. 129-yilda rimliklar tomonidan qatl qilindi. Vasiyat qilingan podsholik o`rniga Rimning Osiyo provinsiyasi tashkil etildi.

Pergam Ellin dunyosining iqtisodiy jihatdan rivojlangan markazlaridan biri edi. Qulay iqlim va tabiiy sharoit qishloq xo`jaligini uzluksiz rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Pergam O`rtayer dengizi hududi aholisi uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetkazib beradigan markazlardan biriga aylandi. Qul mehnatidan unumli foydalanildi. Pergam shaharlari dengiz savdosi yo`llarida turganligi uchun mamlakatning boy xomashyolari (metall, yog`och, smola, teri, jun), Pergam hunarmandchilik mahsulotlari, jumladan, pergament qog`ozi butun O`rtayer dengizi ehtiyojlarini qondirdi.

Attalidlar sulolasi podsholari savdo-hunarmandchilikka homiylik qildilar. Yunon tipidagi yangi shaharlarga asos soldilar. Bu shaharlar eski shaharlar bilan bir qatorda tezda iqtisodiyot va madaniyat o`choqlariga aylandi.

Attalidlar fan, adabiyot va san’atga faol homiylik ko`rsatdilar. Podsholik poytaxtida galatlar ustidan g`alaba sharafiga ulkan Zevs ibodatxonasi qurildi. EvmenII mashhur Pergam kutubxona binosini barpo qildi. Bu kutubxona antik mualliflar asarlari to`plami hamda filologiya maktabiga ega bo`lib, mashhur Iskandariya kutubxonasi bilan raqobat qildi.


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish