IV. Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg„ulotlari mavzu bo„yicha reja va tavsiya qilingan adabiyotlar
asosida o„tkaziladi. Talaba mustaqil tayyorgarlik ko„rib, to„plagan bilimlarini dars
vaqtida himoya qiladi. Talabalar menejment evolyutsiyasi, menejment
psixologiyasining
nazariyalari
va
amaliyotini
tarixiy
jihati,
Sharq
mutafakkirlarining
boshqaruvchilik
faoliyatiga
oid
ijtimoiy-psixologik
qarashlarini, boshqaruv ilmining nazariy-tarixiy asoslarini, psixologiyada
boshqaruv muammosini, rahbarlik va liderlik tushunchalarini, rahbarlik uslublarini,
boshqaruv va liderlikka oid nazariyalarni, superliderlik fenomenini, boshqaruv
jarayonini tashkil etishning psixologik omillarini, boshqaruv texnologiyalarini,
rahbarlik psixologiyasini, qaror qabul qilish jarayonini, jamoalar va xodimlarni
boshqarishning
psixologik
asoslarini,
menejerga
xos
kompetentlik
va
kompetentsiyalarni, sport jamoasi rahbari shaxsining obyektiv ijtimoiy-psixologik
xususiyatlarini, menejmentning gender jihatlarini, rahbarlikka zaxira kadr imidjini
o„zgartirish (korrektsiyalash) va talablarga moslashtirish kontseptsiyasini
o„rganadilar.
Seminar mashg„ulot uchun tavsiya etilayotgan mavzular:
1. Menejment evolyutsiyasi: nazariyadan amaliyot sari tarixiy yuksalishlar;
2. Sharq psixologiyasi: boshqaruvchilikka oid mutafakkirlarining sharqona
qarashlari;
3. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik;
4. Menejerga xos kompetentlik va kompetentsiyalar;
5. Rahbarlik psixologiyasi: rahbarlik uslublari va qaror qabul qilish;
6. Boshqaruv psixologiyasi: jarayonni tashkil etishning psixologik omillari
va texnologiyalari;
7. Sport pedagogik faoliyat qobiliyatlarini rivojlantirishning ijtimoiy
7
psixologik mexanizmlari;
8. Menejmentning gender jihatlari;
9. Rahbarlikka zaxira kadr imidjini o„zgartirish (korrektsiyalash)
va talablarga moslashtirish kontseptsiyasi;
Seminar mashg„ulotlarni tashkil etish bo„yicha kafedra professor-
o„qituvchilari tomonidan ko„rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar
asosiy ma‟ruza mavzulari bo„yicha olgan bilim va ko„nikmalarini amalda qo„llash
orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, asosiy va qo„shimcha o„quv adabiyotlari
asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan
foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini
oshirish, psixologik testlarni qo„llash, mavzular bo„yicha tahlil qilish va boshqalar
tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |