4.6. Rezinatexnika mahsulotlari chiqindilari
Vulkanizatsiyaga keltirilgan rezina chiqindilarini miqdoriga qarab quyidagilarga: yumshoq (2-8 %), yarimyumshoq (8 – 12%), yarimqattiq (12 – 20%) va qattiq (25 – 30%) bo‘lish mumkin
Rezinatexnika mahsulotlari chiqindilari (RTCh), plastmassaga o‘xshab 4 ta asosiy: polimerlarni birlamchi ishlab chiqarish, rezina texnika mahsulotlari ishlab chiqarish, sanoatdagi iste'moli, maishiy foydalanish jarayonlarda hosil bo‘ladi. Rezina texnika mahsulotlari (RTCh) larining asosiy qismi sanoat ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo‘ladi. Rezina texnika buyumlari (RTCh)ning asosiy turlari quyidagilar – avtomobil pokrishkalri va boshqa shakldagi mahsulotlar, konveyer lentalari, tortib turuvchi remenlar, shestrnalar, har xil tortuvchi detallar, pol va boshqa rezina qoplamalar, rezina mahsulotlari, texnik plastinalar, gidroizolyasiya va shaklli idishlar.
Rezina texnika buyumlari (RTCh) chiqindilari: vulkanizatsiyalashgan va vulkanizatsiyalashmagan turlarga bo‘linadi. Birinchisi dastlabki ishlab chiqarishga qaytadi, ikkinchisi mexanik va kimyoviy jarayonlardan o‘tadi. Ikkilamchi mexanik qayta ishlash qator qimmatbaho material va mahsulotlar: plitalar, shifer, vibratsiyaga qarshi uskuna, gidroizolyasiyalangan va elektr himoyasi, dambalarga o‘rnatiladigan bloklar o‘rnatishda paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘pgina holatlarda vulkanizatsiyalashgan rezinalar dastlabki mahsulotlarga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
4.7. Shina sanoati chiqindilari
Shinalar – rezina texnika buyumlari (RTB)ning ko‘p sonli va ko‘p turdagi chiqindilari hisoblanadi. Pokrishkalar og‘irligi 1 kg dan 1000 kg bo‘lgan oraliqda bo‘ladi. Pokrishkalarni samarali qayta ishlash – kelajak ishi hisoblanadi. Jahon ishlab chiqarishida bu qattiq maishiy chiqindilarning eng katta masshtabdagi turi hisoblanadi.
Shinalarni mexanik qayta ishlash boshqa vulkanizatsiya materiallarini qayta ishlashga qaraganda ularni yig‘ish, turlarga ajratish, maydalash, saqlash, tashish muammolari, mexanik qayta ishlash uzluksiz bo‘lmaganligi bilan farq qiladi. Ayrim davlatlarda shinalarni mexanik qayta ishlash murakkab texnologik jarayonlarni keyinga qoldirilishi bilan xarakterlanadi. Natijada millionlab pokrishkalarni saqlovchi saqlash joylari, omborxonalari paydo bo‘lmoqda.
Shinalarni kimyoviy usulda qayta ishlashga quyidagilar kiradi:
Ikkilamchi rezina texnika buyumlari (RTB) olish uchun: maydalash, 1800OC haroratda 0,5 Mpa bosimda 6-8 soat suvda qayta ishlash orqali termik devulkanizatsiya qilish;
Plenkalar, har xil qoplamalar, quti idish materiallari olish uchun ishqor orqali suvli eritma tayyorlash;
Past va yuqori haroratda eritish.
Rezina mahsulotlari va lateks olish, dastlabki holatga qaytish uchun devulkanizatsiya qilish. Uchinchi usul chiqindini utilizatsiya qilishning klassik turi hisoblanadi, ya'ni chiqindilardan yangi turdagi mahsulot yaratuvchi murakkab texnologiya jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |