Chiqarish xarajatlari tahlili



Download 22,5 Kb.
bet1/5
Sana04.03.2022
Hajmi22,5 Kb.
#482351
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mahsulot i.ch va davr xarajatlari


MAVZU: MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB
CHIQARISH XARAJATLARI TAHLILI
1.1. Ishlab chiqarishni tashkil etishning nazariy va uslubiy jihatlari .
Ishlab chiqarishni tashkillashtirish mavjud mehnat, moddiy va pul resurslaridan unumli foydalanishni o‘zida aks etgan kompleks tadbiriy choralar yig‘indisidan iborat. Ishlab chiqarishni tashkillashtirish mahsulot ishlab chiqarish hajmi, shartnoma, majburiyatlarni bajarilishi, xarajatlarni kamaytirish, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar yechimini o‘z ichiga oladi. Kompleks tahlil orqali korxonaning ishlab chiqarishini tashkil etish darajasi, haqiqiy va bazis davridagi ko‘rsatkichlarini taqqoslash tufayli ko‘rilgan tadbiriy choralar rejasining bajarilishini baholaydi; ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashtirishni xo‘jalik faoliyati natijalariga bo‘lgan ta’sirini aniqlaydi; rezervlar hisoblanadi va ulardan foydalanish yo‘llarini belgilaydi. Qimmatli uskuna, mexanizm, mehnat resurslaridan to‘liq foydalanmaslik ishlab chiqarish xarajatlarini ortib ketishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi :
1. Ishlab chiqarishni ixtisoslashuv va kooperatsiya darajasi.
2. Ishlab chiqarish jarayonining davom etish muddati va strukturasi.
3. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi.
4. Ishlab chiqarishni maromiyligi.
5. Ishlab chiqarishning faollik darajasi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini kompleks baholash tizimida ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi, tig‘izligi va ixchamlik ko‘rsatkichlari hamda ishlab chiqarishning ta’minlanish va xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlari muhim o‘rin egallaydi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalarni ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi mahsulot tannarxini pasaytirish, unumdorlik darajasini oshirishda asosiy omil hisoblanadi. Ishning natijasi ishlab chiqarish maromi, ishlab chiqarishning faolligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ixtisoslashuv darajasini yuqori bo‘lishi texnika, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkillashtirishning takomillashuviga va korxonani mavjud resurslardan unumli foydalanishga olib keladi. Ishlab chiqarishni ixtisoslashuv darajasini kompleks tahlili bir necha ko‘rsatkichlar orqali amalga oshiriladi. Ixtisoslashuv darajasi sexda ishlab chiqarilgan mahsulot tipi, o‘lchami, jami mahsulotdagi maxsus bo‘linmalarning tutgan ulushlari orqali aniqlanadi va baholanadi. Ehtiyot qism va detallarni yetkazib berish bo‘yicha tutgan ulushlari baholashning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida qabul qilinishi mumkin.
Ishlab chiqarishni tashkillashtirishning kompleks tahlilini asosiy maqsadi ishlab chiqarishni mutanosibligi, uzluksizligi, maromiyligi ko‘rsatkichlari bajarilishini baholashdan iborat.
Ishlab chiqarishda tashkillashtirishning mutanosibligi sex, bo‘lim, ishchi o‘rinlarida vaqt birligi ichida yaratilgan mahsulotni korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlariga mos kelishi tushuniladi. Mutanosiblikni tahlili orqali ayrim bo‘g‘inlardagi to‘liq foydalanilmagan quvvatlar aniqlanadi. Tahlil natijalaridan kelib chiqqan xulosalar asosida belgilangan tadbiriy choralar mutanosibligini yanada mustahkamlashga safarbar etish lozim. Ishlab chiqarish intensivligi darajasini oshirishda ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligi muhim o‘rin tutadi
Ishlab chiqarishni tashkiliy darajasini oshirishning yo‘nalishlari ishlab chiqarishni markazlashuvi va kooperatsiyalash hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni markazlashuv tahlilida guruhlashtirish usulini qo‘llash orqali tarmoq ichidagi korxonalarning ishlab chiqargan mahsuloti, asosiy ishlab chiqarish fondlari, mehnat unumdorligi, tannarxi, fond qaytimi va boshqa ko‘rsatkichlari o‘rganiladi. Ishlab chiqarishni kooperatsiyalash korxonalar o‘rtasidagi hamda, korxona ichidagi o‘zaro aloqalarni ifodalaydi.
Kooperatsiyalash darajasini tahlil etish uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
1) mahsulot tannarxidagi kooperatsiyalash asosida olingan yarimfabrikat, butlovchi buyumlarni tutgan ulushi;
2) korxona bilan kooperatsiyalash aloqasidagi korxonalar soni; 3) jami ishlab chiqarish hajmida kooperatsiyalash asosidagi buyurtma qiymati.
Ishlab chiqarishning davomiylik muddati va strukturasi (DMS) ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Davomiylik muddati mahsulot konstruksiyasini xususiyati, ishlab chiqarishning texnik darajasi, ishlab chiqarishni tashkil etishning shakl va uslublari samaradorligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ishlab chiqarish siklini kompleks tahlili mahsulotning asosiy turi bo‘yicha olib boriladi va ishlab chiqarish sikli davomiylik muddati o‘zgarishini asosiy texnik – iqtisodiy omillari bo‘yicha baholaydi.

Download 22,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish