8
viloyatlari va Tojikiston Respublikasining pahta yetishtiriladigan hududlarida
tarqalgan. Sahro mintaqasining deyarli barcha qism tuproqlari shamol eroziyasiga
chalingan.
Unumdorligini
oshirish
uchun
bunday
tuproqlarning
fizikaviy
hususiyatlarini yahshilash, organik modda bilan boyitish, sho„rni yuvish mehanik
tarkibi og„ir bo„lsa, qum sepish, ularda barcha agrotehnik tadbirlarni o„z vaqtida,
sifatli o„tkazish kerak. Bu mintaqada, ayniqsa Markaziy Farg„onada, Buhoro,
Surhandaryo viloyatlari va Turkmaniston Respublikasida shamol eroziyaga qarshi
tadbirlarni qo„llash zarur.
Yuqorida tafsiflari berilgan mintaqaviy tuproqlardan tashqari, introzonal,
sizob sathi yuza bo„lgan sharoitda shakllangan turli gidromorf tuproqlar mavjud
bo„lib, ular orasida o„tloq-botqoq, o„tloq-allyuvial, o„tloq-soz va botqoqlar ham
uchraydi. Bu tuproqlar bo„z tuproqlar va sahro mintaqalariga hos hususiyatlarini
saqlagan holda yangi belgilarga ega bo„lganlar: yuza va chuqur qatlamda
o„tloqlilik hosil kilgan, u yoki bu darajada botqoqlashgan.
Sahro mintaqasi, shuningdek, och tusli bo„z tuproqlarda kapillyarlar orqali
ko„tarilib, bug„lanayotgan suv miqdori yogingarchilikda tushgan suvga nisbatan
ancha ko„p bo„lganligi bois o„tloq, gidromorf tuproqlar
yuzasi va chuqur qatlamlari
ham sho„rlangan; tuzlar miqdori va tarkibi bo„yicha sho„rlanganlik darajasi
turlicha-kuchsizdan ancha yuqorigacha, ularda shishgan, qatqaloqli-shishgan yoki
qatqoqli sho„rhoklar vujudga kelgan. Bu esa, sahro va bo„z tuproqlar mintaqasi
tuproqlari turlicha bo„lishiga olib kelgan. Ba‟zi yerlarda bunday hilma-hillik shu
qadar yuqoriki, bu ularning tuprog„ini alohida-alohida tuproq hillari majmualariga
ajratishni taqazo etadi.
Mintaqaning tabiiy tuproqlarida ziroatlar sug„orilishi oqibatida jiddiy
o„zgarishlar sodir bo„ladi. Uzoq muddat sug„orilgani bois qishloq ho„jaligi ekinlari
ham ba‟zi hududlar tuproqlarida 2 m. va undan qalinroq agroirrigatsion qatlam
hosil qiladi.
Sug„orma dehqonchilik sharoitida yuqorida ta‟riflangan tuproqlarning yuza
qatlami orgnik va oziqa unsurlari, hususan fosfor bilan to„yinadi, fizikaviy
hususiyatlari yahshilanadi; sho„r yuvishlar ta‟sirida o„simliklar uchun zaharli
tuzlardan halos bo„ladi, zovur tizimi ta‟sirida sizob sathi pasayadi. Bularning
barchasi sug„orma dehqonchilik hududlari tuproqlarining turli-tumanlik doirasini
kengaytiradi, unumdorligini yanada barqarorlashtiradi. Shuni ham ta‟kidlash
zarurki, asosiy mintaqalarga hos tuproq hillaridan tashqari o„tkinchi bo„z-o„tloq,
taqir-o„tloq va boshqa hildagi tuproqlar ham mavjud. Tuproqlar turli-tumanligi
yuza yoki ostki qatlamlari mehanik tarkibi, qatlamlari yahlitligi yoki qat-qatligi,
zahi qochirilganlik darajasiga ko„ra ham ortib, boradi. So„nggi yillarda
sug„oriladigan yerlarning o„zlashtirilganlik darajasi bo„yicha ma‟lumotlar ko„proq
to„planmoqda. Shu asosda sug„orish, ishlov berish, o„g„itlash kabi agrotadbirlar
kam unumli tuproqlarga nisbatan yahshi samara beradigan yuqori unumli tuproqlar
aniqlanmoqda.
Tajribalarni o„tkazishda tuproqlarning turlichaligi, albatta, hisobga olinishi,
ular dastlab mintaqaning eng tipik tuprog„ida joylashtirilishi, shu bilan birga,
10
Ko„p yillik dala tajribasi davomida olingan barcha tuproq namunalari shu
tajriba nihoyasiga yetkazilgunga qadar saqlab qo„yiladi. Tahliliy ma‟lumotlarda
uchrashi mumkin bo„lgan u yoki bu hatoni bartaraf etish uchun shunday qilinadi.
Zarurat tug„ilsa, tajriba qayta o„tkaziladi.
Tajriba uchun tanlangan dala tuproqlari hilma-hil bo„lsa, u holda mo„ljaldagi
tajriba bir hilroq maydonga ko„chirilishi, shuningdek tajriba dalasini suv bilan
ta‟minlash va agrotehnik tadbirlar tizimini muddatida va sifatli amalga oshirish
choralari ko„rilishi zarur.
Yuqorida qayd etilgan sharoitlarga to„liq rioya qilingandagina tajriba uchun
dala to„g„ri tanlanganligiga va muvaffaqiyatli o„tkazishga ishonch hosil qilish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: