Chiqarish markazi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/98
Sana30.12.2021
Hajmi5,36 Mb.
#195489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
zoheCJXzeSqqxh1ujsrICHozpOdj1yoZhC97AZ8T

Och  tusli  bo‘z  tuproqlar  dengiz  sathidan  400  metrdan  pastroqda,  daryo 
terassalarining  quyi  tog„oldi  tekisliklarida  tarqalgan.  G„o„za  va  g„alla 
etishtiriladigan  bunday  tuproqli  maydonlar  Sirdaryo,  Toshkent  viloyatlarida, 
Farg„ona vodiysida, Zarafshon daryosi havzasining o„rta qismida va Qashqadaryo, 
Surhondaryo,  Kafirnihon  daryolari  havzalarining  quyi  qismlarida,  Vahsh  va  Panj 
vodiysida, Murg„ob va Tejan daryolari vodiylarinig yuqori qismlarida joylashgan. 
Och tusli bo„z tuproqlar asosan turli mehanik tarkibli lyossimon qumoq va 
qatlamli,  loyqali  allyuvial  yotqiziqlarda  shakllangan.  Ba‟zi  joylarda  tuproq  osti 
yotqiziqlari  qumli  va  shag„alli  jinslardan  iborat.  Havo  harorati  yuqoriligi, 
yog„ingarchilik  kamligi  va  yer  osti  suvlari  tabiiy  harakati  sekinligi  tufayli 
minerallashgan  sathi  ko„tarilganda  tuproq  sho„rlanadi.  Och  tusli  bo„z  tuproqlar 
rivojlangan  yotqiziqlar  turlichaligi  va  ular  bu  yotqiziqlar  sho„rlanganligi  sababli 
avval  ta‟kidlangan  tuproqlarga  nisbatan  turli-tuman.  Fizikaviy  hususiyatlari  juda 
yahshi bo„lgan hillari ham uchraydi, masalan, lyosslarda hosil bo„lganlari; noqulay 
fizikaviy hususiyatlari ham mavjud: yog„ingarchilikda juda ivib ketib, so„ng qalin 
qatqaloq hosil  qiluvchi  yoki shag„alli va  qumli  qatlam  yuzaga  yaqin bo„lganidan 
o„tkazuvchanligi (filtratsiya) yuqori och tusli bo„z tuproqlar shular jumlasidandir. 
Bunday tuproqlarda amalga oshiriladigan agrotehnik va meliorativ tadbirlar 
tabaqalashtirilishi, hususan, zararli tuzlar ta‟sirini yo„qotish uchun kapital (tubdan) 
va  joriy  sho„r  yuvish  qo„llanilishi,  bu  jarayonda  sarflanadigan  suv  me‟yorlari 
tuproqning sho„rlanish darajasi va tuzlar tarkibiga ko„ra belgilanishi zarur. Yerlarni 
tekislash va sug„orish tartiblari taqozo etadigan tadbirlarni tabaqalashtirib qo„llash 
muhim  ahamiyatga  ega.  Yerlarni  sho„rsizlantirish uchun  sho„r  yuvish, zahira  suvi 
va amal-o„suv suvi berish me‟yorlariga, boshqa agrotehnik tadbirlar tizimiga ham 
aniqlik kiritilishi lozim. 
Och tusli bo„z tuproqlarda faqat o„rtapishar g„o„za navlarinigina emas, balki 
amal-o„suv  davri  uzoqroq  bo„lgan  ingichka  tolali  go„za  navlarini  ham  ekish, 
parvarishlash  mumkin.  Masalan,  Namangan  viloyatida  ingichka  tolali  pahta 
yetishtirilayotgan bunday maydonlar tobora kengaymoqda. 
Sahro  mintaqasida  taqir,  taqirsimon  bo„zrang-qo„ng„ir  va  sahro-qumli 
tuproqlar shakllangan. Ular tarkibida organik modda, yalpi azot juda kam uchraydi. 
Taqir  tuproqlar  noqulay  fizikaviy  hususiyatlari  bilan  tavsiflanadi.  Ivib 
ketish,  sho„rlanganligi,  kam  suv  o„tkazuvchanlik,  past  mikrobiologik  faoliyat, 
umuman olganda, kam unumdorlik shular jumlasidandir. Odatda, bu tuproqlar kam 
yog„ingarchilik tushishi va yuzadan ko„p bug„lanishi tufayli sho„rlangan. Taqir va 
taqirsimon  tuproqlar  Turkmaniston  Respublikasi,  Qoraqalpog„iston  Respublikasi, 
O„zbekistonning  Horazm,  shuningdek,  Buhoro,  Surhandaryo,  Qashqadaryo 



 
viloyatlari  va  Tojikiston  Respublikasining  pahta  yetishtiriladigan  hududlarida 
tarqalgan. Sahro mintaqasining deyarli barcha qism tuproqlari shamol eroziyasiga 
chalingan. 
Unumdorligini 
oshirish 
uchun 
bunday 
tuproqlarning 
fizikaviy 
hususiyatlarini  yahshilash,  organik  modda  bilan  boyitish,  sho„rni  yuvish  mehanik 
tarkibi og„ir bo„lsa, qum sepish, ularda barcha agrotehnik tadbirlarni o„z vaqtida, 
sifatli  o„tkazish  kerak.  Bu  mintaqada,  ayniqsa  Markaziy  Farg„onada,  Buhoro, 
Surhandaryo viloyatlari va Turkmaniston Respublikasida shamol eroziyaga qarshi 
tadbirlarni qo„llash zarur. 
Yuqorida  tafsiflari  berilgan  mintaqaviy  tuproqlardan  tashqari,  introzonal, 
sizob  sathi  yuza  bo„lgan  sharoitda  shakllangan  turli  gidromorf  tuproqlar  mavjud 
bo„lib,  ular  orasida  o„tloq-botqoq,  o„tloq-allyuvial,  o„tloq-soz  va  botqoqlar  ham 
uchraydi.  Bu  tuproqlar  bo„z  tuproqlar  va  sahro  mintaqalariga  hos  hususiyatlarini 
saqlagan  holda  yangi  belgilarga  ega  bo„lganlar:  yuza  va  chuqur  qatlamda 
o„tloqlilik hosil kilgan, u yoki bu darajada botqoqlashgan. 
Sahro  mintaqasi,  shuningdek,  och  tusli  bo„z  tuproqlarda  kapillyarlar  orqali 
ko„tarilib,  bug„lanayotgan  suv  miqdori  yogingarchilikda  tushgan  suvga  nisbatan 
ancha ko„p bo„lganligi bois o„tloq, gidromorf tuproqlar yuzasi va chuqur qatlamlari 
ham  sho„rlangan;  tuzlar  miqdori  va  tarkibi  bo„yicha  sho„rlanganlik  darajasi 
turlicha-kuchsizdan  ancha  yuqorigacha,  ularda  shishgan,  qatqaloqli-shishgan  yoki 
qatqoqli  sho„rhoklar  vujudga  kelgan.  Bu  esa,  sahro  va  bo„z  tuproqlar  mintaqasi 
tuproqlari  turlicha  bo„lishiga  olib  kelgan.  Ba‟zi  yerlarda  bunday  hilma-hillik  shu 
qadar yuqoriki, bu ularning tuprog„ini alohida-alohida tuproq hillari majmualariga 
ajratishni taqazo etadi.  
Mintaqaning  tabiiy  tuproqlarida  ziroatlar  sug„orilishi  oqibatida  jiddiy 
o„zgarishlar sodir bo„ladi. Uzoq muddat sug„orilgani bois qishloq ho„jaligi ekinlari 
ham  ba‟zi  hududlar  tuproqlarida  2  m.  va  undan  qalinroq  agroirrigatsion  qatlam 
hosil qiladi. 
Sug„orma  dehqonchilik sharoitida  yuqorida  ta‟riflangan tuproqlarning  yuza 
qatlami  orgnik  va  oziqa  unsurlari,  hususan  fosfor  bilan  to„yinadi,  fizikaviy 
hususiyatlari  yahshilanadi;  sho„r  yuvishlar  ta‟sirida  o„simliklar  uchun  zaharli 
tuzlardan  halos  bo„ladi,  zovur  tizimi  ta‟sirida  sizob  sathi  pasayadi.  Bularning 
barchasi  sug„orma  dehqonchilik  hududlari  tuproqlarining  turli-tumanlik  doirasini 
kengaytiradi,  unumdorligini  yanada  barqarorlashtiradi.  Shuni  ham  ta‟kidlash 
zarurki,  asosiy  mintaqalarga  hos  tuproq  hillaridan  tashqari  o„tkinchi  bo„z-o„tloq, 
taqir-o„tloq  va  boshqa  hildagi  tuproqlar  ham  mavjud.  Tuproqlar  turli-tumanligi 
yuza  yoki  ostki  qatlamlari  mehanik  tarkibi,  qatlamlari  yahlitligi  yoki  qat-qatligi, 
zahi  qochirilganlik  darajasiga  ko„ra  ham  ortib,  boradi.  So„nggi  yillarda 
sug„oriladigan yerlarning o„zlashtirilganlik darajasi bo„yicha ma‟lumotlar ko„proq 
to„planmoqda.  Shu  asosda  sug„orish,  ishlov  berish,  o„g„itlash  kabi  agrotadbirlar 
kam unumli tuproqlarga nisbatan yahshi samara beradigan yuqori unumli tuproqlar 
aniqlanmoqda. 
Tajribalarni o„tkazishda tuproqlarning turlichaligi, albatta, hisobga olinishi, 
ular  dastlab  mintaqaning  eng  tipik  tuprog„ida  joylashtirilishi,  shu  bilan  birga, 



 
ho„jalik  yuritish  jihatidan  ahamiyatli  bo„lgan  tuproq  hillarini  ham  qamrab  olishi 
maqsadga muvofiq. 
Tajribani joylashrishdan avval dalalarning dehqonchilik tarihi bilan tanishish 
zarur.  Bunda  tajriba  o„tkaziladigan  maydonga  o„tgan  3  yil  davomida  ekilgan 
ekinlar, dalalarning o„t bosganlik darajasi, zararkunandalar va kasalliklar (ayniqsa, 
vilt)  manbalari  va  agrotehnik  tadbirlar  tizimi  bo„yicha  farq  aniqlanadi.  Eng 
muhimi,  yuqori  me‟yorda  mineral  va  argonik  o„g„itlar  (ayniqsa,  fosfor  300-400 
kg/ga  dan  ortiqroq)  va  go„ng  (30-40  t/ga  dan  ko„proq)  sepilgan,  chuqur 
shudgorlangan  (40  sm)  va  yumshatilgan  (50-70  sm  dan  chuqurroq)  variantlar 
joylashtirilgan  yerni  belgilab  qo„yish  kerak.  Chunki  bu  tadbirlarning  davomiy 
ta‟miri  o„rganilmasa,  qo„yilayotgan  tajriba  natijalari  noto„g„ri  talqin  qilinishi 
mumkin.  Bu  ta‟sirni  aniqlash  uchun  ishlab  chiqarish  sharoitida  1-2  yil  davomida 
muvozanatlashtiruvchi bir yillik ekinlar bug„doy, javdar, makkajo„hori ekish zarur. 
Muvozanatlashtiruvchi  ekinlar  rivojlanishida har  hillik  kuzatilsa, ularning  hosilini 
aniqlash  maqsadida  alohida  hisobga  olish,  dalaning  ola  rivojlangan  qismi  rejadan 
ajratib ko„rsatilishi shart. 
Sho„rhok  dog„lari  bor  sho„rlangan  dala,  tajriba  o„tkazishga  yaroqsiz 
hisoblanadi. 
Notekis  relefli  yerlarda  tajriba  qiyalikning  bir  hil  qismi  (janubiy,  shimoliy, 
g„arbiy  yoki  sharqiy  ekpozitsiya)da  joylashtirilishi  kerak,  chunki  ekinlar  turli 
qiyaliklarda turlicha rivojlanadi. 
Tajriba  uchun  tanlangan  dalalar  tuprog„ining  to„liq  tipikligiga,  yuza 
qatlamining  mehanik  tarkibi,  haydov  qatlami,  gumus  qatlami  va  pastki 
qatlamlarning  bir  hilligiga  ishonch  hosil  qilish  uchun  batafsil  o„rganilishi  kerak. 
Tanlangan dala tuproqlaridan uzoq muddat davom ettiriladigan tajriba qo„yishdan 
avval  1,5-2  metrgacha  yoki  sizob  sathigacha  chuqurlikdan,  agar  u  (sizob)  2  m. 
atrofidagi chuqurlikda bo„lsa, kavlab kesmasi morfologik tavsif etilib, namunalari 
genetik  qatlamlar  bo„yicha  olinadi.  Bu  namunalarga  asosan  barcha  qatlamlardagi 
tuproq  tarkibida  mavjud  bo„lgan  gumus,  yalpi  NPK  oziqa  moddalari,  nitratlar, 
amiyak,  harakatchan  P
2
O
5
  va  almashinuvchi  K
2
O  miqdorlari,  shuningdek,  uning 
mehanik tarkibi va hajm massasi aniqlanadi. 
Kesmalar  genetik  qatlamlari  (gorizontallari)  tekshirilishi  natijasida  olingan 
dalillar  asosida  tajriba,  uchun  tanlangan  dala  tuprog„ining  tipikligi  va  hili 
mo„ljaldagi mosligi, tajriba joylashadigan paykal chegarasidagi sharoitlar bir hilligi 
aniqlanishi  zarur.  Buning  uchun  paykal  har  40-50  m.da  muayyan  izlanish 
(marshrut)  bo„yicha  kuzatiladi  va  har  bir  yo„nalish  (marshrut)  bo„yicha  shunday 
masofada  50-60  sm  li  chuqurcha  kavlanadi.  Iloji  bo„lsa,  tajriba  olib  boriladigan 
dalaning 5 nuqtasi (konvert shaklida) yoki 3 nuqtasi (dioganal bo„yicha) haydov va 
haydov  osti  qatlamlaridan  tuproq  namunalari  olinib,  bir  hil  qatlamlar  tuproqlari 
aralashtirilib,  bitta  o„rtacha  namuna  hosil  qilinadi.  Bu  amal  dalaninig  haydov  va 
haydov  osti  qatlami  faqat  tuproq  kesmasi  bo„yichagina  emas,  balki  shu 
qatlamlardagi  gumus  va  azot,  fosfor  va  kaliyning  harakatchan  shakllari  miqdori 
bo„yicha  ham  bir  hilligi  ishonch  hosil  qilish  uchun  o„tkaziladi.  Agar  dalaning 
tuproq  sharoiti  bo„yicha  hech  qanday  gumon  paydo  bo„lmasa,  u  tajribani 
joylashtirish uchun to„liq yaroqli, degan hulosaga kelish mumkin. 


10 
 
Ko„p  yillik  dala  tajribasi  davomida  olingan  barcha  tuproq  namunalari  shu 
tajriba  nihoyasiga  yetkazilgunga  qadar  saqlab  qo„yiladi.  Tahliliy  ma‟lumotlarda 
uchrashi mumkin bo„lgan u yoki bu  hatoni bartaraf etish uchun shunday qilinadi. 
Zarurat tug„ilsa, tajriba qayta o„tkaziladi. 
Tajriba uchun tanlangan dala tuproqlari hilma-hil bo„lsa, u holda mo„ljaldagi 
tajriba  bir  hilroq  maydonga  ko„chirilishi,  shuningdek  tajriba  dalasini  suv  bilan 
ta‟minlash  va  agrotehnik  tadbirlar  tizimini  muddatida  va  sifatli  amalga  oshirish 
choralari ko„rilishi zarur. 
Yuqorida qayd etilgan sharoitlarga to„liq rioya qilingandagina tajriba uchun 
dala  to„g„ri  tanlanganligiga  va  muvaffaqiyatli  o„tkazishga  ishonch  hosil  qilish 
mumkin. 
 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish