Chiqarish markazi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/98
Sana30.12.2021
Hajmi5,36 Mb.
#195489
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   98
Bog'liq
zoheCJXzeSqqxh1ujsrICHozpOdj1yoZhC97AZ8T

3.1-chizma. Kuzatuv va hisoblashlar uchun olinadigan ko„ndalang bo„lakcha maydonchalarni 
joylashtirish tizimi 
 
Seruya va qatorlab ekilgan paykallarda bo„lakcha maydonchalar bo„lakning 
hisobli qismiga bir tekisda joylashtirilishi zarur.  
 
Masalan,  chigit  8  qatorli  60h30h2  tizimida  ekilgan  (3.1-rasm,  “1”–holat) 
bo„lsa, hisoblash uchun 100 tup o„simlik olish kerak; buning uchun 3 ta maydon 
ajratamiz:  bo„lakning  yuqorisida,  o„rtasida  va  pastida.  Demak,  har  bir 
maydonchada  100:3=33  (34)  o„simlik  bo„lishi  kerak.  Har  bir  maydonchada  4 
bo„lakchali bo„ylama egatchalar bo„ladi. Har bir egatga 8-9 tupdan o„simlik to„g„ri 


18 
 
keladi  (33:4).  Bir  uyada  3-4  tupdan  o„simlik  borligini  hisobga  olsak,  har  bir 
bo„ylama egatda 3-4 tupdan uya olish kerak (3.1-chizmada “H” bilan belgilangan).  
 
Barcha  hollarda  hisoblashlar  bitta  joyda  olib  boirilishi,  buning  uchun 
kuzatuv  maydonchasi  birinchi  hisob  oldidan  biror  belgi  yoki  qoziq  bilan  ajratilib 
qo„yilishi kerak.  
 
Har  bir  hisoblash  va  kuzatuv  barcha  variantlarda  bir  kunda  amalga 
oshirilishi,  ularning  davomiyligi  faqat  ilojsiz  holdagina  ikki  kunga  uzaytirilishi 
mumkin.  Lekin  kuzatuvlar  birinchi  kuni  bir-ikki  takrorlanishning  barcha 
variantlarida, ikkinchi kuni qolgan takrorlanishlarning variantlarida kuzatiladi.  
 
Hisoblash  va  kuzatuvlarning barcha  natijalari qabul qilingan shakldagi  dala 
daftariga tartib bilan aniq yozib qo„yilishi kerak.  
 
Kuzatuvlar  o„tkazilgandan  keyin  1-2  kun  mobaynida  ma‟lumotlarga  ishlov 
berilib,  o„rtacha  ko„rsatkichlar  chiqarilishi  va  dala  tajribasi  daftarining  tegishli 
qismiga qayd etilishi zarur.  
 
G‘o‘za nihollarini hisoblash. Dala tajribalari belgilangan miqdorda qatorlab 
va  seruyalab  ekilganda  hisoblash  ishlari  nihollarning  unib  chiqishiga  asosan 
o„tkaziladi.  Bunda  kuzatish  unib  chiqqan  nihollar  soni  va  ular  paydo  bo„lgan 
uyalarni sanashdan iborat bo„ladi.  
 
Nihollarni  hisoblash  kamida  uch  muddatda:  nihollar  ko„rina  boshlaganda, 
ular qiyg„os unib chiqqanda va to„liq unib chiqqanda o„tkaziladi. Ammo tuproqqa 
ishlov  berish,  chigit  ekish  muddatlari,  me‟yori  va  chigitga  stimulyator  va  urug„ 
dorilar bilan ishlov berish bo„yicha olib boriladigan mahsus tajribalarda kuzatuvni 
har kuni yoki kunora (1-3 kunda) to„rt-besh muddatda o„tkazish mumkin.  
 
Har  galgi  kuzatuv  sanasidagi  nihollar  soni  nazariy  tup  soniga  yoki  uya 
soniga nisbatan 1 ga maydonga hisoblab ko„rsatiladi.  
 
Ba‟zi  tajribalarda  nihollar  hisobini  yaganalashdan  avval  olgan  ma‟qul. 
Bunda  uyadagi  o„simlik  soni  hisoblanadi.  Bu  bilan  tajribaning  turli  variantlarida 
chigitning daladagi unuvchanligi aniqlanadi.  
 
Nihollarni hisoblashda yuzada ko„ringan urug„pallani nihol hisobiga kiritish 
mumkin.  
 
Qatorlab  va  punktir  usulida  ekilganda  nihollar  tajriba  sharoitidan  kelib 
chiqib, qabul qilingan uyalar oralig„iga mo„ljallab belgilangan (5, 8, 10, 15, 20, 25 
sm) mahsus chizg„ichlar yordamida sanaladi. Chizg„ich qatorga qo„yilganda belgi 
ro„parasidan 3-5 sm nari-berida joylashgan nihollar hisobga olinadi. Chizg„ichning 
uzunligi  2  m,  u  bilan  har  bir  egat  bo„lakchasida  shu  uzunlikdagi  hisob 
maydonchasi sanalib, ikki tomonidan qoziqlar bilan belgilab qo„yiladi. Navbatdagi 
kuzatuvlar  shu  maydonchada  o„tkaziladi.  Bo„lak  yoki  variantlardagi  nihollar 
hisobga olingan barcha egatlar bo„yicha sanaladi.  
 
G‘o‘zalarning  shonalashini  kuzatish.  Bu  boradagi  tajriba  ish  dasturida 
belgilangan  variantlarda  amalga  oshiriladi.  Kuzatuv  natijalari  o„rganilayotgan 
variantlarda ancha o„simlik (foiz hisobida) ma‟lum sanada shonalash davri (fazasi) 
ga  kirganligini  ko„rsatish  kerak.  Shonalashni  kuzatishni  janubiy  tumanlarda  25 
may – 1 iyun, shimoliy hududlarda 5-10 iyunda o„tkazish tavsiya etiladi.  
 
Shonalash  kuzatilganda  o„simlikdagi  shonalar  soni  emas,  balki  kuzatish 
sanasiga  shonasi  bo„lgan  o„simliklar  hisobga  olinadi  (shonasi  bitta  yoki  bir 


19 
 
nechtaligidan  kat‟iy  nazar).  Bu  paytda  shona  uch  burchakli  ehrom  (piramida) 
shakliga kirgan, mevabandi rivojlanmagan, barg shapalog„i ochilmagan bo„ladi. 
 
Ayrim shohli va yahshi rivojlanmagan tuplardan tashqari barcha o„simliklar 
hisobga  kiritiladi.  Bu  kuzatish  va  hisoblashning  quyida  keltirilayotgan  boshqa 
ko„rsatkichlariga ham tegishlidir.  
 
Bosh  (asosiy)  poya  balandligini  o„lchash,  bosh  poya  bo„yicha  chinbarg 
(bo„g„inlar)lar soni va hosil elementlarini hisoblash. Bu kuzatuvlar birinchi marta 
(bosh  poya  balandligini  o„lchash  va  chinbarg  (bo„g„in)lar  sonini  hisoblash)  1 
iyunda;  ikkinchi  marta  (hosil  shohlari,  shona,  gul  va  tugunchalarni  sanash)  1 
iyulda;  uchinchi  marta  (bosh  poyaning  bo„yi,  hosil  shohlari  va  ko„saklar  sonini 
hisoblash) 1 avgustda o„tkaziladi. Ba‟zi hollarda, ish dasturiga binoan, bosh poya 
balandiligini  o„lchash  va  ko„saklarni  sanash  1  sentyabrda,  ayrim  tajribalarda  bu 
amallar tig„iz muddatlarda ham amalga oshiriladi.  
 
Bosh  poya  balandligi  urug„palla  o„rnidan  bosh  poyaning  o„sish  nuqtasiga 
qadar bir santimetrgacha aniqlik bilan o„lchanadi. 
 
Qayd  etilgan  barcha  hisob  va  kuzatuvlar  nihollarning  unib  chiqishi  hamda 
shonalangan  o„simliklarni  sanashda  ajratilgan  bo„lakcha  maydonchalardagi 
g„o„zalarda  amalga  oshiriladi.  Bu  o„simliklarda  shuningdek,  gullash  va  ko„saklar 
ochilishi ham aniqlanadi.  
 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish