Chiqarish markazi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/85
Sana08.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#642854
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85
Bog'liq
dala tajribalarini olib borish

3.1-chizma.
Kuzatuv va hisoblashlar uchun olinadigan ko„ndalang bo„lakcha maydonchalarni 
joylashtirish tizimi 
Seruya va qatorlab ekilgan paykallarda bo„lakcha maydonchalar bo„lakning 
hisobli qismiga bir tekisda joylashtirilishi zarur.
Masalan, chigit 8 qatorli 60h30h2 tizimida ekilgan (3.1-rasm, “1”–holat) 
bo„lsa, hisoblash uchun 100 tup o„simlik olish kerak; buning uchun 3 ta maydon 
ajratamiz: bo„lakning yuqorisida, o„rtasida va pastida. Demak, har bir 
maydonchada 100:3=33 (34) o„simlik bo„lishi kerak. Har bir maydonchada 4 
bo„lakchali bo„ylama egatchalar bo„ladi. Har bir egatga 8-9 tupdan o„simlik to„g„ri 


18 
keladi (33:4). Bir uyada 3-4 tupdan o„simlik borligini hisobga olsak, har bir 
bo„ylama egatda 3-4 tupdan uya olish kerak (3.1-chizmada “H” bilan belgilangan).
Barcha hollarda hisoblashlar bitta joyda olib boirilishi, buning uchun 
kuzatuv maydonchasi birinchi hisob oldidan biror belgi yoki qoziq bilan ajratilib 
qo„yilishi kerak.
Har bir hisoblash va kuzatuv barcha variantlarda bir kunda amalga 
oshirilishi, ularning davomiyligi faqat ilojsiz holdagina ikki kunga uzaytirilishi 
mumkin. Lekin kuzatuvlar birinchi kuni bir-ikki takrorlanishning barcha 
variantlarida, ikkinchi kuni qolgan takrorlanishlarning variantlarida kuzatiladi.
Hisoblash va kuzatuvlarning barcha natijalari qabul qilingan shakldagi dala 
daftariga tartib bilan aniq yozib qo„yilishi kerak.
Kuzatuvlar o„tkazilgandan keyin 1-2 kun mobaynida ma‟lumotlarga ishlov 
berilib, o„rtacha ko„rsatkichlar chiqarilishi va dala tajribasi daftarining tegishli 
qismiga qayd etilishi zarur.
G‘o‘za nihollarini hisoblash
. Dala tajribalari belgilangan miqdorda qatorlab 
va seruyalab ekilganda hisoblash ishlari nihollarning unib chiqishiga asosan 
o„tkaziladi. Bunda kuzatish unib chiqqan nihollar soni va ular paydo bo„lgan 
uyalarni sanashdan iborat bo„ladi.
Nihollarni hisoblash kamida uch muddatda: nihollar ko„rina boshlaganda, 
ular qiyg„os unib chiqqanda va to„liq unib chiqqanda o„tkaziladi. Ammo tuproqqa 
ishlov berish, chigit ekish muddatlari, me‟yori va chigitga stimulyator va urug„ 
dorilar bilan ishlov berish bo„yicha olib boriladigan mahsus tajribalarda kuzatuvni 
har kuni yoki kunora (1-3 kunda) to„rt-besh muddatda o„tkazish mumkin.
Har galgi kuzatuv sanasidagi nihollar soni nazariy tup soniga yoki uya 
soniga nisbatan 1 ga maydonga hisoblab ko„rsatiladi.
Ba‟zi tajribalarda nihollar hisobini yaganalashdan avval olgan ma‟qul. 
Bunda uyadagi o„simlik soni hisoblanadi. Bu bilan tajribaning turli variantlarida 
chigitning daladagi unuvchanligi aniqlanadi.
Nihollarni hisoblashda yuzada ko„ringan urug„pallani nihol hisobiga kiritish 
mumkin.
Qatorlab va punktir usulida ekilganda nihollar tajriba sharoitidan kelib 
chiqib, qabul qilingan uyalar oralig„iga mo„ljallab belgilangan (5, 8, 10, 15, 20, 25 
sm) mahsus chizg„ichlar yordamida sanaladi. Chizg„ich qatorga qo„yilganda belgi 
ro„parasidan 3-5 sm nari-berida joylashgan nihollar hisobga olinadi. Chizg„ichning 
uzunligi 2 m, u bilan har bir egat bo„lakchasida shu uzunlikdagi hisob 
maydonchasi sanalib, ikki tomonidan qoziqlar bilan belgilab qo„yiladi. Navbatdagi 
kuzatuvlar shu maydonchada o„tkaziladi. Bo„lak yoki variantlardagi nihollar 
hisobga olingan barcha egatlar bo„yicha sanaladi.
G‘o‘zalarning shonalashini kuzatish
. Bu boradagi tajriba ish dasturida 
belgilangan variantlarda amalga oshiriladi. Kuzatuv natijalari o„rganilayotgan 
variantlarda ancha o„simlik (foiz hisobida) ma‟lum sanada shonalash davri (fazasi) 
ga kirganligini ko„rsatish kerak. Shonalashni kuzatishni janubiy tumanlarda 25 
may – 1 iyun, shimoliy hududlarda 5-10 iyunda o„tkazish tavsiya etiladi.
Shonalash kuzatilganda o„simlikdagi shonalar soni emas, balki kuzatish 
sanasiga shonasi bo„lgan o„simliklar hisobga olinadi (shonasi bitta yoki bir 


19 
nechtaligidan kat‟iy nazar). Bu paytda shona uch burchakli ehrom (piramida) 
shakliga kirgan, mevabandi rivojlanmagan, barg shapalog„i ochilmagan bo„ladi. 
Ayrim shohli va yahshi rivojlanmagan tuplardan tashqari barcha o„simliklar 
hisobga kiritiladi. Bu kuzatish va hisoblashning quyida keltirilayotgan boshqa 
ko„rsatkichlariga ham tegishlidir.
Bosh (asosiy) poya balandligini o„lchash, bosh poya bo„yicha chinbarg 
(bo„g„inlar)lar soni va hosil elementlarini hisoblash. Bu kuzatuvlar birinchi marta 
(bosh poya balandligini o„lchash va chinbarg (bo„g„in)lar sonini hisoblash) 1 
iyunda; ikkinchi marta (hosil shohlari, shona, gul va tugunchalarni sanash) 1 
iyulda; uchinchi marta (bosh poyaning bo„yi, hosil shohlari va ko„saklar sonini 
hisoblash) 1 avgustda o„tkaziladi. Ba‟zi hollarda, ish dasturiga binoan, bosh poya 
balandiligini o„lchash va ko„saklarni sanash 1 sentyabrda, ayrim tajribalarda bu 
amallar tig„iz muddatlarda ham amalga oshiriladi.
Bosh poya balandligi urug„palla o„rnidan bosh poyaning o„sish nuqtasiga 
qadar bir santimetrgacha aniqlik bilan o„lchanadi. 
Qayd etilgan barcha hisob va kuzatuvlar nihollarning unib chiqishi hamda 
shonalangan o„simliklarni sanashda ajratilgan bo„lakcha maydonchalardagi 
g„o„zalarda amalga oshiriladi. Bu o„simliklarda shuningdek, gullash va ko„saklar 
ochilishi ham aniqlanadi.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish