Chiqarish markazi


 DALA TAJRIBALARIDA FENOLOGIK KUZATUVLAR VA TURLI



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/85
Sana08.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#642854
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
Bog'liq
dala tajribalarini olib borish

3. DALA TAJRIBALARIDA FENOLOGIK KUZATUVLAR VA TURLI 
HISOB-KITOBLAR 
Ma‟lumki, pahta yetishtirish jarayonidagi agrotehnik tadbirlar turli tuproq va 
tuproq-meliorativ sharoitlarida yahshi rivojlangan, erta pishar, yuqori hosil 
beruvchi o„simliklarni parvarishlashga yo„naltirilgan bo„lishi kerak. Shuning 
uchun yangi agrotehnik usul va tabdirlarni o„rganish eng muhimi, ularning eng 
ko„p mahsulot olishga ta‟sirini aniqlash bilangina cheklanmay, g„o„za hayotiy 
jarayonidagi turli davrlarda uning o„sishi va rivojlanishi jadallashishiga, erta 
pishishiga ta‟sirini ham ochib berishdan iborat bo„lishi lozim.
Dala tajribalaridagi fenologik kuzatuvlar va turli hisob-kitoblarda 
o„rganilayotgan agrotehnik tadbirlarning birga qo„shib olib borilishi yoki 
parvarishlash jarayonida qo„llaniladigan ayrim omillar va usullar g„o„zaning 
shonalash, gullash, pishib etilish, g„allaning esa, unib chiqish, to„plash, naychalash, 
boshoqlash, gullash va pishish davrlari barvaqt boshlanishga, rivojlanish davrlari 
jadal o„tishga qay darajada ta‟sir etgani, shuningdek, o„simlik hosil elementlari 
qanday shakllanayotgani, mevalarining konus va yaruslari bo„yicha joylashish 
hususiyatlari va boshoqlar shakllanishi, qayta variantlardagi o„simliklarning 
sermahsul ichki konuslarida eng ko„saklar saqlanib qolishini ta‟minlayotganini 
ko„rsatib berish darkor va h.k. 
Kuzatuvlar va hisob-kitoblar tajriba variantlarida parvarishlayotgan g„o„za 
va g„allaning maromida o„sishi, hosil organlarining eng samarali nisbati, tupining 
ihchamligi va yotib qolmaslik talablariga qanchalik mosligini tavsiflash kerak.
Har dala tajribasi uchun uning hususiyatlari, o„tkaziladigan sharoiti, maqsadi 
va vazifalaridan kelib chiqqan holda kuzatuvlar va hisob-kitoblar dasturi ishlab 
chiqiladi. Eng muhimi, mo„ljallanayotgan kuzatuvlar va hisoblarning barchasi 
ularni o„tkazish muddatlari aniq yo„nalishga ega bo„lishi, natijalari 
qo„llanilayotgan agrotehnika tadbirlarining, yangi usul va zamonaviy 
tehnologiyalarning hususiyatlarini to„liq ochib berishga imkoniyat yaratishi zarur. 


17 
G‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha hisob-kitoblar va kuzatishlarni 
tashkil etish. 
Qancha ko„p tup hisobga olinsa, o„simlikning rivojlanishining u yoki 
bu bosqichi yohud kuzatuv davomidagi boshqa jihatlarni ifodalovchi ma‟lumotlar 
shunchalik aniq va ishonchli bo„ladi. Ammo, ko„pchilk hollarda tashkiliy 
sabablarga ko„ra (tehnik hizmatchilar etishmasligi, tajribalar va variantlar ko„pligi 
va b.q.). bo„lakdagi kuzatiladigan o„simliklar sonini cheklashga to„g„ri keladi. Shu 
bois hisob-kitob va kuzatuvlar murakablashadi. Ularni o„tkazish uchun talab 
qilinadigan holda kuzatuv maqsadlari bo„yicha hisobga olinadigan o„simliklar soni 
har hil bo„lgani ma‟qul. 
Barcha takrorlanishlarning har bir varianti yoki bo„lagida kuzatuv uchun 
olinadigan o„simliklar soni kamida quyidagicha bo„lishi tavsiya etiladi: 
- shonlash, gullash, ko„sak ochilishi jadalligini, konuslar bo„yicha meva 
tugilishini batafsil hisoblash uchun-100 tupdan; 
- meva tugishni umumiy hisobga olish uchun – 50-100 tupdan; 
- barglarni sanash, o„simlik bo„yini va hosil shohlarini sanash, gullash va 
ko„sak ochilish suratini aniqlash, shakllangan ko„saklarni hisoblash va boshqa 
maqsadlardagi kuzatishlar uchun – 25-100 tupdan o„simldik olinadi; 
- g„o„za nihollarini sanash uchun – kamida 100 uya olinadi. 
Bo„lakning hisobli qismi chegarasida kuzatish va hisob-kiotblar uchun 
o„simliklar bo„lakcha – maydonchalardan olinadi. Bir necha (3-4) joydan ajratilgan 
bu bo„lakcha – maydonchalar ko„ndalang yo„nalishda barcha hisobli egatlarni 
qamragan holda yoki seyalkaning bir yurishiga mos bo„lgani ma‟qul. Bo„lakdagi 
bo„lakcha – maydonchalarning tahminiy joylashishi 3.1-chizmada ko„rsatilgan. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish