14
shunday o„zgartirilishi kerakki, toki, bir hil raqamli variantlar hududiy yonma-yon
joylashib qolmasin.
1
2
3
4
5
I
5
1
2
3
4
II
3
4
5
1
2
III
2
3
4
5
1
IV
I
II
1
2
3
4
1
2
3
4
3
4
1
2
3
4
1
2
III
IV
2.2.chizma.
Tajriba takrorlanishlarining 4
qator (yarus)da joylanishi.
2.3.chizma
. Tajriba takrorlanishlarining 2 qator
(yarus)da joylashishi.
Tajribasining qo‘yish tehnikasi.
Tajriba dalasida takrorlanishlar va
bo„laklar avvaldan chizib tayyorlangan tizim asosida joylashtiriladi. Unda barcha
bo„lakchalarning hamma takrorlanishlar bo„yicha tomonlari o„lchami ko„rsatilgan
bo„ladi.
Tajribani dalada qo„yishda (bu tajribaning muhim shartidir) uning ijrochisi
shahsan o„z yordamchilari-ilmiy-tehnik hizmatchilar bilan, albatta,
qatnashishlari
shart.
Tajribani qo„yishda quyidagilar oldinda tayyorlab qo„yilgan bo„lishi zarur:
20 metrli ruletka, uzun pishik kanop ip, nishon ko„rsatuvchi 3-5 ta tayoq,
qoziqchalar, burchaklarni belgilovchi qoziqlar. Qoziqchalar barcha bo„laklar soni
ikki marta ko„paytirilganidan ham 8-10 dona ko„p bo„lishi talab etiladi.
Tajribaning umumiy ko„rinishi belgilangach, u variantlar bo„yicha bo„laklarga
ajratiladi.
Dalaning burchaklaridan birida boshlang„ich nuqtani belgilab, bo„laklarning
qisqa tomonlariga qoziqlar qoqilib aniq belgilanadi. Eng muhimi,
ish benuqson,
sifatli bajarilishi va burchaklar qoqilgan qoziqlar bo„yicha to„g„ri chiziqni tashkil
etishi zarur. Buning uchun dalaning uzun tomoni bo„ylab oldindan ip tortiladi.
Agar tegishli tomon uzun bo„lib, ipni tarang tortish imkoni bo„lmasa, nishon
ko„rsatuvchi 2-3 tayoq u bilan taranglashtiriladi. Ip yonidan ruletka tortilib, tasmasi
bo„yicha o„lchab, qancha variant sig„sa, shuncha qoziq qoqib belgilanadi (qoziq
tasmaning ko„rsatkichi oldiga hamma vaqt bir tomondan qoqiladi). So„ng ruletka
yana suriladi, keyingi bo„lakning qarama-qarshi tomoni o„lchab belgilanadi. Bunda
bo„lakning yuqorigi va pastki chegarasi birinchi egatga nisbatan to„g„ri burchak
hosil qilish kerak.
Barcha hollarda qoziqlar silliqlangan tomoni (unda bo„lak va takrorlanish
raqami va b.q. yoziladi) bilan muayyan bo„lakning
ichki tomoniga qaratilib
qoqiladi. Bu uning qaysi bo„lakka ta‟luqligini bildiradi. Takrorlanish chegarasida
esa ikkitadan qoziq qoqiladi.
Har bir tajriba dalasida doimiy dastlabki nuqtani aniq belgilab qo„yish zarur.
Unga ko„ra hohlagan vaqtda bo„lak chegarasini bilish mumkin.
Tajriba dalasi chegaralarini belgilab qo„yishning ko„pgina usullari mavjud.
Ularning hammasida asosan dala chekkasidagi doimiy nuqtalar (ariq bo„yi, yo„l
yoqasi elektr ustunlari, darahtlar va h.k.) ko„zda tutiladi. Mana shu nuqtalarda
doimiy qoziqlar o„rnatiladi (dala chekklarini belgilovchi qoziqlar). Doimiy
nuqtalar bilan tajriba dalasi burchagida o„rnatilgan qoziqqacha bo„lgan masofani
15
bir necha marta diqqat-e‟tibor bilan o„lchab, natijasi dala daftariga yozib qo„yiladi.
Mabodo burchakdagi qoziq yo„qolsa,
daftardagi yozuvga qarab, uni tiklash
(o„lchash yo„li bilan) mumkin.
Doimiy o„rnatiladigan qoziqlar turli ashyolardan tayyorlangan bo„lishi
mumkin. Ko„pincha tag tomoniga ko„ndalang to„sin qoqilgan yo„g„on yog„och
qoziq 50-70 sm chuqurlikka qoqiladi. Bunda shuningdek, temir quvur bo„lagi,
temir rels, hatto, tosh ustunicha ham o„rnatilishi mumkin.
G„o„za va g„allada o„tkaziladigan tajribalarda zarur miqdorida hisobli va
himoya egatlari ajratiladi. Himoya egatlari o„rganilayotgan omilning yonma-yon
joylashgan bo„lakka ta‟sirini bartaraf etadi. Ajratiladigan himoya egatlarining soni
turli tipdagi tajribalar uchun turlicha bo„lishi mumkin. Himoya va hisobli qismlarni
belgilashning bir necha usullari ma‟lum, bo„laklar himoya va hisobli egatlarining
bir-biriga nisbatan esa turlichadir. Barcha tajribalar uchun umumiy talab shuki,
chekkadagi bo„lak (maydon ohiri)da himoya egatlari 4 tadan kam bo„lmasligi
kerak. Buni quyidagi misollarda ko„rib chiqamiz:
Tajribadagi har bir bo„lakdagi 4 tadan va 8 tadan egat qoldirilgan.
A) 4 ta egat qoldirilgan variantda ekishda traktorning oldingi g„ildiragi
bo„lak markazidan yurishi kerak. Shunda bo„lakda 2
ta hisob egati ajratiladi,
ularning ikki yonida bittadan himoya egat qoldiriladi.
B) 8 ta egat qoldirilgan bo„lakda seyalkaning birinchi kirishida traktorning
oldingi g„ildiragi bo„lak himoya egatlari chegarasidan 120 sm. uzoqlikda yurish
kerak.
Seyalka ikkinchi yurishda 8 egatli variantdagi ikkinchi bo„lak ekiladi.
Navbatdagi bo„laklarni ekish ham shu kabi amalga oshiriladi. Agar bo„lak 12 va
undan ko„proq qatorli bo„lsa, ekish va traktorning yurishi uning o„lchamiga
moslashtiriladi.
Bo„lakning har bir tomonidan 2 tadan emas, 1 tadan himoya egati qoldirish
ehtiyoji paydo bo„lsa, unda variantlar orasida 2 tadan himoya, 6 ta hisobli egat
bo„ladi.
Dala tajribalarida agrotehnikaga qo‘yiladigan talablar.
G„o„za va g„alla
ekinlari ustidagi dala tajribalarida agrotehnik tadbirlar yuqori darajada o„tkazilishi
zarur.
Har bir dala tajribasida o„rganilayotgan variantlarning o„zaro yuqori
darajada qiyoslanishi ta‟minlashga intilish kerak. Bu esa ko„pincha dala ishlarining
puhta va o„z vaqtida bajarilishiga bog„liq. Bu talab ekish oldi tadbirlari (kuzgi
shudgor, erta bahorgi va ekish oldidan tuproqqa ishlov berish sho„r
yuvish va
zahira suvi berish, o„g„itlar solish, tirmalash, kultivatsiya, yer tekislash va b.q.)ga
ham, chigit ekish va g„o„zani parvarishlashga ham taalluqlidir.
Tajribada bajarilishi mo„ljallangan ishlar muddatiga qat‟iyan amal qilinishi
kerak. Agar navbatdagi yumushlardan birortasini bir kunda bajarish mumkin
bo„lmasa, uni bir takrorlanish miqyosida, qolgan takrorlanishlarda esa bir-ikki
kunda nihoyasiga etkazish zarur.
Shu bilan birga yerlarni ekishga sifatli tayyorlash va undan keyingi g„o„za
amal davrida beriladigan ishlovlarning barchasida bir hillikni ta‟minlash kerak.
Yerga ishlov yeri shva ekish qurollari (so„qalar, tirmalar, seyalkalar, kultivatorlar,
16
o„g„it sepish va b.q.) bir tipli va tajribaning barcha variantlari uchun bir hil
sozlangan bo„lishi zarur.
Shu munosabat bilan barcha agrotadbirlar (sug„orish, o„g„it solish va b.q.)
yaruslab joylashtirilgan tajribada har bir yarus bo„yicha alohida bajarilishi shart.
Ikkinchi va undan ortiq
yaruslarda suv bir hil oqimida, o„g„it traktorning bir
o„tishida berilishi-yo„l qo„yib bo„lmaydigan uslubiy hatodir.
Asosiy e‟tibor sug„orish va o„g„itlashda bir hil sharoit yaratishga qaratilishi
zarur, chunki turli sug„orish me‟yori tufayli yuzaga kelgan tuproq namligidagi bir
ozgina bo„lsa ham farq, ko„pchilik hollarda ekinlarning o„sishi va rivojlanishida
sezilarli o„zgarishga va hosildorlik miqdoran farqlanishga olib keladi. O„g„itlar
me‟yorlariga ahamiyat berilmaganda g„o„za va kuzgi bug„doyning rivojlanishi va
hosildorligida undan ham ko„proq farq kuzatiladi.
Demak, tajribaning yakuniy natijalari ancha ishonchsiz bo„lishi mumkin
shuning uchun sug„orma dehqonchilik sharoitida o„tkaziladigan barcha tajribalarda
sug„orish uchun ishlatilgan suv hisobga olinishi kerkak.
Do'stlaringiz bilan baham: