Chiqarish markazi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/85
Sana08.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#642854
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85
Bog'liq
dala tajribalarini olib borish

G‘o‘za gullashini kuzatish
orqali ma‟lum sanada tajriba variantlaridagi 
o„simliklarning necha foizi gullagani aniqlanadi. Ko„pchilik tajribalarda 
kuzatishlar 95-100 % o„simlik gullaguncha davom ettiriladi.
Gullashni kuzatishda o„simliklardagi gullar soni emas, balki ushbu 
bosqichga kirgan o„simliklar hisobga olinadi. Bunda kuzatish kunida guli bo„lgan 
o„simliklar bilan birga gultoji bargi to„kilmagan yoki hosil bo„lgan tugunchalar 
ham sanaladi. SHunday hollar ham uchraydiki, o„simlikda goho hosil tugunchasi 
mavjud (gultoji bargi to„kilgan), lekin gullar yo„q bo„ladi.
Kuzatuvlar 3-5 kun oralatib, 3-4 marta o„tkaziladi. Ularning qaytarilishi 
tajriba hususiyatlariga ko„ra, ish dasturlariga muvofiq belgilanadi.
Ko‘saklar ochilishini kuzatish
. Dasturi asosida 3-4 marta o„tkaziladi. Bunda 
tajribaning hususiyatidan kelib chiqiladi. Dastlabki kuzatish o„simliklarning 10-15 
% ida ko„sak ochilganda boshlanadi. Bu tadbir har 3-5 kunda o„tkazilib, 
o„simlkilarning 50-75 yoki 100 % ida ko„saklar ochilguncha davom ettiriladi.
Tolasi chanoqdan chiqib turgan ko„sak ochilgan hisoblanadi va hisobga 
olinadi.
Ba‟zi tajribalarda kuzatuvlar ko„sagi ochilgan o„simliklar bo„yicha emas, 
balki ochilgan ko„saklar bo„yicha olib boriladi. Bunday holda o„simlikda ma‟lum 
sanaga ochilgan ko„saklar hisoblanadi va umumiy shakllangan ko„saklar soniga 
qarab foizi chiqariladi. Bu tarzda hisobga olish uchun odatdagi kuzatuvlarga 
nisbatan ikki marta kam o„simlik ajratiladi.
Gullash va ko‘saklarning ochilish suratlari bo‘yicha kuzatuvlar

O„rganilayotgan omillar ta‟sirida g„o„zaning rivojlanish suratini tavsiflash uchun 
gullash va ko„saklarning ochilishi jadalligini kuzatish yahshi natija beradi. Bu 
ko„rsatkich gullash yoki ko„sak ochilishining alohida davrlarida o„tilgan qisqa 
navbatda (bosh poya bo„yicha yuqoriga bir hosil shohidan keyingisiga qarab) 


20 
aniqlanadi. Hisoblash ma‟lum vaqtdan keyin, yahshisi, 20-25 kundan so„ng 
ikkinchi marta o„tkazilgani ma‟qul. Ikkinchi va birinchi kuzatuvlarda olingan 
ma‟lumotlar orasidagi farq ochilish sur‟atini ko„rsatadi. Masalan, birinchi kuzatuv 
gullash, ikkinchi hosil shohi balandligini ko„rsatgan bo„lsa, 25 kundan so„ng 
o„tkazilgan ikkinchi kuzatuv gullash balandligi 10 hosil shohigacha ko„tarilganini 
bildiradi. Ikkala kuzatuv orasidagi sakkizga teng farq 25 kun mobaynida gullash 8 
qisqa navbatlardan o„tganligini bildiradi. Shu vaqtda boshqa variantlarda o„sha 
muddatda o„tkazilgan ikki kuzatuv oarsidagi ayirma 5 ga teng bo„lgan bo„lsa, 
demak, birinchi holatda g„o„zaning rivojlanishi ancha jadal kechlanligi 
ayonlashadi.
Ko„saklarning ochilish sur‟ati ham shu tarzda aniqlanadi. Gullash va ko„sak 
ochilish balandligi, deganda kuzatuv kunida birinchi o„rinda gul yoki ochilgan 
ko„sak bo„lgan eng yuqorigi hosil shohi ko„zda tutiladi.
Gullash va ko„sak ochilish balandligini aniqlashda ba‟zan shunday hollar 
ham kuzatiladi, tegishli joyda gul ham, ochilgan ko„sak ham bo„lmaydi (to„kilish) 
yoki kuzatuv sanasida qaysidir o„simlikda ochilgan gul, ochilgan ko„sak shohida 
birinchi o„rinda turmaydi. Bu holda gullar va ko„saklar ochilishidagi umumiy 
qonuniyatni ko„zda tutib, qisqa navbatli gullashda 3 kun, ko„sak ochilishida 4 kun, 
uzoq navbatli gullashda 6 kun, ko„sak ochilishida 8 kun, deb hisoblashga to„g„ri 
keladi. Masalan, gullash balandligi bo„yicha kuzatuvni ikkinchi marta 20 avgustda 
o„tkazdik, deylik. Kuzatilayotgan o„simlikda ohirgi ochilgan gul birinchi o„rinda 9 
hosil shohida 18 avgustda bo„lgan, undan keyingi 10 shohda shona yoki to„kilgan 
shona o„rni bor; yuqorida zikr etilgan qonuniyatdan foydalanib, gul 20 avgustdan 
9,6 hosil shohlarida ekilganligi aniqlaymiz. Boshqa bir misol: 20 avgustda 
ochilgan gul 9 hosil shohining ikkinchi o„rnida, undan yukoridagi (10-12) 
shohlarda birinchi o„rinda gul to„kilgan; aniklaymiz – 20 avgustda gullash 
balandligi 11 – hosil shohida bo„lishi kerak.
Gullash va ko„saklarning ochilish balandligini aniqlashga variantning hisobli 
qismi o„simliklarida bu ko„rsatkichlar 90-100 % ga etganda, ya‟ni deyarli barchasi 
yoki hamma o„simliklar to„liq gullaganda yohud barchasida ko„sak ochila 
boshlaganda kirishish kerak.
Hosil tugish hamda shona va tugunchalarning to‘kilishini kuzatish

O„simliklarda paydo bo„lgan hosil elementlarini va ularning to„kilishini hisobga 
olish turlicha bo„ladi. Ayrim tajribalarda hosil tugishni umumiy hisobga olish bilan 
chegaralanish mumkin. Qator dala tajribalarida hosil tugish va to„kilishini 
batafsilroq hisobga olib, shu asosda variantlar bo„yicha hosilning tarkibiy qismlari 
qanday shakllanganligini aniqlash ancha qiziqish uyg„otadi.
Hosil tugishni va hosil organlarining to„kilishini jamlab hisoblash birinchi 
avgust va birinchi sentyabrda o„tkazilgani ma‟qul
.
Bunda g„o„zadagi – barcha 
shakllangan ko„saklar, tugunchalar (bularga diametri 20 tiyinlik tangadan kichik, 
yoshi 10 kunlikdan katta bo„lmagan ko„saklar kiradi), shonalar, hosil elementlari 
to„kilgan o„rinlarning umumiy soni alohida hisoblanadi. 
Hosil tuguni va to„kilgan hosil elementlarini batafsil sanash (ta‟riflash) 1 
sentyabrda, lekin birinchi terim boshlanmasdan o„tkaziladi. Bunda har bir 
o„simlikning har bir hosil shohi bo„yicha alohida hisob yuritiladi. SHu bilin bir 


21 
vaqtda hosil shohidagi har bir hosil o„rni alohida yozib qo„yiladi. Bu o„rinda 
kuzatish paytida nima mavjud bo„lgan: ko„sak (k), tuguncha (t), shona (sh), bo„sh 
joy- to„kilgan a‟zo (t.a.) qayd etiladi. Bunday hisoblar barcha hosil (simpodial) 
shohlarida bajariladi, o„suv (monopodial) shohlaridan ko„sak, tuguncha, shona va 
to„kilganlari o„rni jamlama tarzda hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda kuzatilgan 
o„simlik bosh poyasining balandligi o„lchanadi. 
Hosil tugishni hisoblash bir tekis joylashtirilgan hisobli egatlarning alohida 
bo„lakchalarida o„tkazilgani ma‟qul. 
Bo„lakchalardagi barcha o„simliklar hisobga olinadi (ayrim shohi poyasi 
gommoz bilan zararlangan yoki boshqa nuqsonlari ko„rinib turgan o„simliklardan 
tashqari). Bo„lakchalar soni har bir variantda 50-100 tupdan o„simlik bo„lishini 
ta‟minlaydigan miqdorda bo„lishi kerak. 
Tup qalinligini hisoblash 
barcha takrorlanish va variantlarda o„tkaziladi. U 
ikki muddat: brinchisi-yagonalashdan keyin, ikkinchisi-amal davri ohirida, 
pahtaning so„ngi terimidan avvalroq o„tkazilgani ma‟qul. 
O„simliklarni variant hisobli qismdagi barcha egatlarda sanash maqsadga 
muvofiq. 
Pahta hom ashyosi ifloslanishni oldini olish choralari.
Pahta hom ashyosi 
tajriba dalalaridan ham qayta ishlash uchun sanoat korhonalariga yuboriladi. Bu 
hom ashyo zavodlardagi jinlarda tolasi ajratilib, ip yigirish fabrikalariga jo„natiladi. 
Yigirish sanoatida toladagi turli aralashmalar, ayniqsa, iplar shpagat va 
lattalar turli to„siqlarni keltirib chiqaradi. Ba‟zi hollarda bu aralashmalarni tajriba 
o„tkazishda ishlatiladigan yorliq (etiketka) qoldiqlari tashkil etadi. Tola 
ifloslanganligi tufayli to„qimachilik fabrikalarida ish unumdorligi pasayib ketadi. 
Bunday tola eksport qilinganda buyurtmachilar noroziligiga sabab bo„ladi. Nohush 
ahvolni oldini olishda yorliq uchun pahta tolasini ifloslantirmaydigan ashyo zarur. 
Agar buning iloji bo„lmasa, mashina terimidan avval o„simliklardagi yorliqlarni 
yig„ib olgan ma‟qul. 
Ko„pchilik hollarda yorliq uchun pahta hom ashyosi va lint ishlatish kerak. 
Tajriba ijrochisining vazifasi – tajribani yuqori uslubiy darajada bajarib, 
yig„ib olingan pahta hom ashyosi a‟lo sifatli bo„lishiga erishishdir. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish