67
-sug„orishning tuproq, suv va tuzlanish tartibiga ta‟siri o„rganiladigan
tajribalarda nihollar ko„ringan, har bir amal suvidan avval so„ngra va amal davri
ohirida aniqlanadi.
Namunalar bahorda birinchi suvdan avval ohirgi suvdan keyin, kuzda zahob
sathigacha, boshqa muddatlarda 100sm. chuqurlikkacha olinadi.
Tuproq va zahobning bahor va kuzda olingan namunalarida tuproq eritmasi
to„liq tahlil qilinadi. Meliorativ tajribalarda ham to„liq tahlil amalga oshiriladi.
Tuproq namunalari uchun burg„ulangan quduqchalardan zahob namunasi
olinadi, suv olish qiyin bo„lganda quduqqa quvur tushirilib, namuna olinadi.
Zahob sho„rlanganligi sho„r yuvish o„rganiladigan tajribalarda yuvishdan
avval va keyin, sug„orishning meliorativ ahamiyati o„rganiladigan tajribada amal
suvigacha va undan keyin aniqlanadi. Bunda quruq qoldiq NSO
3
, SL, SO
4
, Mg, Sa,
va Na, K alangali fotometrda tahlil qilinadi, sho„r yuvishlarda nitratlar va
harakatchan fosfor miqdori aniqlanadi.
Sug„orishda turli darajada sho„rlangan suv ishlatilganda uning tarkibida
quruq qoldiq, NSO
3
, SL, SO
4
, Mg, Sa, va Na, K alangali fotometrda, nitratlar,
harakatchan fosfor har suvda yoki sho„r yuvishda tahlil etiladi.
Sho„r
yuvish bo„yicha, shuningdek, o„zlashtiruvchi ziroatlarning
melioratsiyalashtiruvchiligi va amal davri suvlari o„rganilayotgan daryo suvining
sho„rlanganligi tahlil etiladi.
Fenologik kuzatuvlarni
tuproq sho„rlanishi bilan bog„lash zarur. Shuning
uchun tuproq namunalari olinadigan quduqchalarga yaqin joyda kuzatuv
maydonchalari bo„lishi kerak.
Sho„rlanish har hil, g„o„za siyrak bo„lgan hollarda kuzatuv maydonchalari
fondagi o„simliklar holatini to„liq tavsiflay olishi zarur (maromida o„sgan,
g„o„zaga sho„rlanish 0,3 o„rtacha va kuchli ta‟sir qilgan).
Fondagi kuzatuv maydonchalari soni variantdagi har sho„rlanish foni
maydoni mutanosib bo„lishi kerak. Masalan, agar maromida o„sgan g„o„za hamma
maydonning 60 % ini tashkil etsa, unda 10 ta maydondan 6 tasi maromida o„sgan
g„o„za fondida, 3 tasi sho„rlanish kuchsiz va 1 tasi kuchli ta‟sir qilgan fonda
joylashtiriladi. Bunda sho„rlanish bo„yicha har bir fon alohida namuna olish
nuqtasiga ega bo„lishi kerak.
Hosil yig„imi har bir fon bo„yicha 20-50 m
2
li maydonchalarda boshlanib,
so„ng variantning jami hisobli maydoniga o„tiladi. Bunda o„simliksiz
maydonchalar hisobdan chiqariladi.
Meliorativ tajribalarda etishtirilgan o„simliklarda tuzlar tarkibi va chigit
sifati, donli va em-hashak ziroatlari mahsuloti sifati aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: