Chiqarish markazi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/85
Sana25.02.2022
Hajmi5,37 Mb.
#464270
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
Bog'liq
dala tajribasini o\'tkazish uslublari

4.1-chizma.
Haydash chuqurligini egat o„lchagich va chizg„ich bilan aniqlash usuli. 
Bedazorlar oddiy «P-5-35 M» rusumli so„qa bilan shudgorlansa, beda 
bahorda yana o„sib ketadi. Bu qo„shimcha choralar qo„llab, ortiqcha mehnat va 
mablag„ sarflashni talab etadi. SHuning uchun bedazorlar haydashdan oldin otvali 
olingan so„qa bilan 5-7 sm. chuqurlikda yumshatiladi. Besh-o„n kundan keyin, 
bedaning qirqilga ildizlari quriganda, haydash chimqirqar oddiy so„qa yordamida 
amalga oshiriladi. Bedazorlarda kesuvchi chimqirqari bo„lgan qo„sh qavatli 
so„qalarda keng foydalanish zarur. Bunda chimqirqar 5-7 sm. chuqurlikda 
o„rnatiladi: Natijada beda ildizi 5-7 sm. chuqurlikda kesilib, haydov qatlamining 
tubiga tushiriladi. Bu uning bahorda o„sib chiqish imkoniyatini kamaytiradi. 


25 
G„allazorlarni oddiy «P-5-35 M» rusumli so„qa yoki ag„darma so„qa 
yordamida shudgorlashda quyidagi shartga amal qilish zarur: yuqori qismi (0-15 
sm dagi) chimqirqar bilan bug„doy ang„izi haydov qatlami tubiga tushiriladi. 
Ang„izdan samarali foydalanish imkonini beradi. 
Kuzgi shudgor tugallangandan keyin bevosita shudgor paytida hosil bo„lgan 
marzalar va ariqlarni tekislashga kirishiladi. Bu ish bo„laklar orasidagi himoya 
yo„laklarining aynan marza va ariqlar hosil bo„lgan erlarida va dalaning pastki 
qismida bajariladi, bo„lakning hisobli qismida esa qilinmaydi. 
Kuzda haydalgan dalani tekislash bahorda haydalgan erdagidek tuproqning 
kuchli zichlanishiga olib kelmaydi. Kuzda er tekislashda greyderlar, buldozerlar va 
boshqa mehanizmlardan foydalanish mumkin. Tekislash mehanizmlar yordamida 
o„tkazilganda haydov qatlami kuchli zichlashadi. Buning oldini olish uchun erlar 
zudlik bilan chizellanadi. 
Erta bahorgi tirmalash va tuproqqa ekish oldindan ishlov berish. 
Tajriba 
dala ishlarining, hususan, erta bahorgi tirmalashning o„z vaqtida o„tkazilishi 
tuproqqa ekish oldindan ishlov berish sifatiga hal qiluvchi ta‟sir ko„rsatadi. Bu turli 
usullar va qurollarni, shuningdek, tuproqqa erta bahorgi va ekishdan oldingi ishlov 
berish sonini o„rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Erta bahorgi tirmalash vaqti har bir muayyan holatda tuproq va bahorgi ob-
havo sharoitiga ko„ra belgilanadi. 
Tirmalash pushtlar nami qochib, tuproq yopishmaydigan bo„lganda, traktor 
o„tgach, yuza iz qoladigan,bu izni tirma yopib keta oladigan paytida o„tkaziladi. 
Bunda tuproq g„ovaklashadi, mayda donador kesakli bo„ladi. 
Tuproqni obi-tobiga kelganda tirmalash, bu tadbirni iloji boricha yurishlar 
sonini kamaytirgan holda amalga oshirish kerak. Tirmalash maqbul muddatda bir 
yurishda bajarilgani ma‟qul. Bunda tuproq namni saqlaydi, yahshi yumshatiladi, 
qatqalog„i buziladi, natijada takroriy tirmalash bilan undagi begona o„tlar 
yo„qotiladi. 
Tirmalash ikki qator tirma bir-biriga tirkalgan holda o„tkaziladi. SHu bois 
traktor bir o„tishda tirmalar bilan ikki iz qoldiradi. 
Tuproq qatqalog„ini buzishda bir qatorli qilib tirkalgan tirmalardan 
foydalaniladi. Bu, traktor o„tishini va tuproq zichlanishini kamaytiradi. 
Tuproqning sifatli yumshatishiga tirma tishlari uzunligi ta‟sir qiladi. 
SHo„rlanmagan erlarda tishi 10 sm. li tirmalar tuproqni yahshi yumshatadi. 
Qatqaloq tishi 45sm. li tirma bilan ishlanadi. Tirma tishlari 20 sm. li bo„lsa, tuproq 
ham chuqurroq yumshatiladi va uning serkesak bo„lishiga, namlikni tez 
yo„qotishga olib keladi. 
Tuproqning agrofizik hossalarini o‘rganish. 
Shudgorlash usullari va 
chuqurligi, shuningdek, kultivatsiya chuqurligi va sonini o„rganish bo„yicha 
tajribalarda ishlov sifatini belgilovchi ko„rsatkich tuproqning uvoqlanish 
darajasidir. 
Tuproq uvoqlanishi hosil bo„ladigan tuproq donacha-fraksiyalarining foiz 
nisbati bo„yicha belgilanadi. 


26 
Ishlov berilgandan so„ng agronomik jihatidan qimmatli fraksilar qancha ko„p 
shakllansa, tuproqning uvoqlanish darajasi ham, ishlov sifati ham shunchalik 
yuqori bo„ladi. 
Uvoqlanish darajasi tuproq namunasini ustma-ust joylashtirish va uni 
teshikchalari kattaligi 100, 50, 30, 5, 1, 0,5 va 0,25 mm bo„lgan elaklardan 
o„tkazish orqali aniqlanadi. Tuproq namunalari 5 takrorlanishda 50h50sm. li 
maydonlar tuprog„ining ishlov berilgan qavatidan kavlab olinadi. Kultivatsiyadan 
keyin egat oralig„idagi tuproqning uvoqlanish darajasini aniqlash uchun namunalar 
yumshatish kengligi va chuqurligidan, kultivator qamrovi kengligidan egatlarda, 
chunonchi, 4 qatorli variantlarda o„rtadagi 3 egatdan, 8 qatorlida o„rtadagi 3-6 
egatdan olinadi. 
Tuproqqa ishlov berish bo„yicha o„tkaziladigan tajribalarda 0-5, 5-10, 10-20 
sm. va h.k. qatlamlardagi namlik miqdorini bilish juda muhim. Bu maqsadda 
namunalar erta bahorgi tirmalash, chigit ekish oldindan yoki ekish tugagach
birinchi va keyingi sug„orishlardan avval olinadi. 
Tuproqning hajm og„irligi va g„ovaklik ko„rsatkichlari o„tkazilgan ishlov 
turlarining tuproq qavatlari zichligiga, uvoqlanishiga, g„ovakligiga ta‟sirini 
ifodalovchi ko„rsatkichlardir. 
Tuproq hajm og„irligi erta bahorgi tirmalashdan avval, ekishdan so„ng, 
birinchi va uchunchi suvlardan oldin, amal davri ohirida bo„lakning 5 nuqtasidan 
0-10, 10-20, 20-30, 30-40 va 40-50 sm.li qatlamlarda aniqlanadi. Ayrim 
tajribalarda haydov qatlami shakllanishi davomida yuz beradigan o„zgarishlarga 
kuzgi shudgor, uning chuqurligi, zahira suvi yoki sho„r yuvish, kuz-qish va bahor 
pallasida yoqqan yog„inlar, bahorgi ekish oldi ishlovlari va ekish, amal suvlari, 
kultivatsiyalar ta‟sirini o„rganish uchun hajm og„irligini aniqlashga mo„ljallangan 
ishlar ko„proq o„tkaziladi. Masalan, er haydashdan avval va keyin, zahira suvi va 
sho„r yuvishdan so„ng, erta bahorgi tirmalashgacha, chigit ekilgandan keyin 1va 2 
chi suvdan oldin va amal davri ohirida. 
Ekishgacha yoki g„o„zaning amal davrida tuproqqa ishlov berish chuqurligi 
va usullari o„rganilayotganda variantlaraor farqni aniqlash uchun muhim bo„lgan 
ko„rsatkichlar quyidagilar: tuproqning suv o„tkazuvchanligi va suvda yuvilishiga 
bardoshli agregatlarning miqdorini aniqlash. Suv o„tkazuvchanlik sug„orishlar 
oldindan aniqlanadi. Tuprq agregatlari tahlili bahorda, ekishdan keyin va 
sug„orishlar tugagandan keyin o„tkaziladi.


Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish