Chiqarish markazi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/85
Sana25.02.2022
Hajmi5,37 Mb.
#464270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85
Bog'liq
dala tajribasini o\'tkazish uslublari

Standart (andozali) usulda 
har 1-2 variantdan so„ng nazorat-standart 
joylashtiriladi. 
Sistemali (tartibli) usulda 
variantlar asosan tartib bilan joylashtiriladi. 
Masalan, birinchi takrorlanishda ular, 1,2,3,4,5 va 6 tarzda raqamlangan bo„lsa, bu 
tartib boshqa takrorlanishlarda ham saqlanadi. 
Rendomizatsiya (tasodifiy) usulida 
variantlar har bir takrorlanishda 
tasodifan, ya‟ni qur‟a tashlash asosida joylashtiriladi. Bu usul quyidagicha amalga 
oshiriladi: 
Tajriba variantlari raqami bir hil hajmdagi qog„ozchalarga yozilib, bir 
idishga solinadi-da, yahshilab aralashtirilgach, birma-bir tortib olinadi. Shunday 
tarzda tegishli variant olingan qog„ozda ko„rsatilgan raqam bilan belgilanadi
birinchi takrorlanish, so„ng boshqa takrorlanish variantlari shu tartibda 
joylashtiriladi. 
Dala tajribasi natijalarining ishonchlik darajasini belgilash uchun statistik 
(matematik) baholash talab etiladi. Buning uchun variantlarni joylashtirishda 
rendomizatsiyaga asoslangan zamonaviy usuldan foydalaniladi. 
Bir takrorlanishning barcha variantlari hududiy jihatdan birlashtirilgan, ya‟ni 
bir qator (yarus)da joylashgan bo„lishi kerak. Tajribaning barcha takrorlanish va 
variantlari bir qatorda joylashsa, yanada yahshi bo„ladi (2.1-chizma). Ammo, 
ko„pgina hollarda hudud va dalaning joylashish holati tajribani bir qatorga qo„yish 
imkonini bermaydi. Shuning uchun takrorlanish (qaytariq)larni qator (yarus)lar 
bo„yicha joylashtirish mumkin (2.2 va 2.3-chizmalar). Ikki va undan ortiq parallel 
qatorlardagi variantlarning joylashish tartibi turli qatorlardagi takrorlanishlarda 


14 
shunday o„zgartirilishi kerakki, toki, bir hil raqamli variantlar hududiy yonma-yon 
joylashib qolmasin. 











II 





III 





IV 

II 
















III 
IV 
2.2.chizma.
Tajriba takrorlanishlarining 4 
qator (yarus)da joylanishi.
2.3.chizma
. Tajriba takrorlanishlarining 2 qator 
(yarus)da joylashishi.
 
 
Tajribasining qo‘yish tehnikasi. 
Tajriba dalasida takrorlanishlar va 
bo„laklar avvaldan chizib tayyorlangan tizim asosida joylashtiriladi. Unda barcha 
bo„lakchalarning hamma takrorlanishlar bo„yicha tomonlari o„lchami ko„rsatilgan 
bo„ladi. 
Tajribani dalada qo„yishda (bu tajribaning muhim shartidir) uning ijrochisi 
shahsan o„z yordamchilari-ilmiy-tehnik hizmatchilar bilan, albatta, qatnashishlari 
shart. 
Tajribani qo„yishda quyidagilar oldinda tayyorlab qo„yilgan bo„lishi zarur: 
20 metrli ruletka, uzun pishik kanop ip, nishon ko„rsatuvchi 3-5 ta tayoq, 
qoziqchalar, burchaklarni belgilovchi qoziqlar. Qoziqchalar barcha bo„laklar soni 
ikki marta ko„paytirilganidan ham 8-10 dona ko„p bo„lishi talab etiladi. 
Tajribaning umumiy ko„rinishi belgilangach, u variantlar bo„yicha bo„laklarga 
ajratiladi. 
Dalaning burchaklaridan birida boshlang„ich nuqtani belgilab, bo„laklarning 
qisqa tomonlariga qoziqlar qoqilib aniq belgilanadi. Eng muhimi, ish benuqson
sifatli bajarilishi va burchaklar qoqilgan qoziqlar bo„yicha to„g„ri chiziqni tashkil 
etishi zarur. Buning uchun dalaning uzun tomoni bo„ylab oldindan ip tortiladi. 
Agar tegishli tomon uzun bo„lib, ipni tarang tortish imkoni bo„lmasa, nishon 
ko„rsatuvchi 2-3 tayoq u bilan taranglashtiriladi. Ip yonidan ruletka tortilib, tasmasi 
bo„yicha o„lchab, qancha variant sig„sa, shuncha qoziq qoqib belgilanadi (qoziq 
tasmaning ko„rsatkichi oldiga hamma vaqt bir tomondan qoqiladi). So„ng ruletka 
yana suriladi, keyingi bo„lakning qarama-qarshi tomoni o„lchab belgilanadi. Bunda 
bo„lakning yuqorigi va pastki chegarasi birinchi egatga nisbatan to„g„ri burchak 
hosil qilish kerak. 
Barcha hollarda qoziqlar silliqlangan tomoni (unda bo„lak va takrorlanish 
raqami va b.q. yoziladi) bilan muayyan bo„lakning ichki tomoniga qaratilib 
qoqiladi. Bu uning qaysi bo„lakka ta‟luqligini bildiradi. Takrorlanish chegarasida 
esa ikkitadan qoziq qoqiladi. 
Har bir tajriba dalasida doimiy dastlabki nuqtani aniq belgilab qo„yish zarur. 
Unga ko„ra hohlagan vaqtda bo„lak chegarasini bilish mumkin. 
Tajriba dalasi chegaralarini belgilab qo„yishning ko„pgina usullari mavjud. 
Ularning hammasida asosan dala chekkasidagi doimiy nuqtalar (ariq bo„yi, yo„l 
yoqasi elektr ustunlari, darahtlar va h.k.) ko„zda tutiladi. Mana shu nuqtalarda 
doimiy qoziqlar o„rnatiladi (dala chekklarini belgilovchi qoziqlar). Doimiy 
nuqtalar bilan tajriba dalasi burchagida o„rnatilgan qoziqqacha bo„lgan masofani 


15 
bir necha marta diqqat-e‟tibor bilan o„lchab, natijasi dala daftariga yozib qo„yiladi. 
Mabodo burchakdagi qoziq yo„qolsa, daftardagi yozuvga qarab, uni tiklash 
(o„lchash yo„li bilan) mumkin. 
Doimiy o„rnatiladigan qoziqlar turli ashyolardan tayyorlangan bo„lishi 
mumkin. Ko„pincha tag tomoniga ko„ndalang to„sin qoqilgan yo„g„on yog„och 
qoziq 50-70 sm chuqurlikka qoqiladi. Bunda shuningdek, temir quvur bo„lagi, 
temir rels, hatto, tosh ustunicha ham o„rnatilishi mumkin. 
G„o„za va g„allada o„tkaziladigan tajribalarda zarur miqdorida hisobli va 
himoya egatlari ajratiladi. Himoya egatlari o„rganilayotgan omilning yonma-yon 
joylashgan bo„lakka ta‟sirini bartaraf etadi. Ajratiladigan himoya egatlarining soni 
turli tipdagi tajribalar uchun turlicha bo„lishi mumkin. Himoya va hisobli qismlarni 
belgilashning bir necha usullari ma‟lum, bo„laklar himoya va hisobli egatlarining 
bir-biriga nisbatan esa turlichadir. Barcha tajribalar uchun umumiy talab shuki, 
chekkadagi bo„lak (maydon ohiri)da himoya egatlari 4 tadan kam bo„lmasligi 
kerak. Buni quyidagi misollarda ko„rib chiqamiz: 
Tajribadagi har bir bo„lakdagi 4 tadan va 8 tadan egat qoldirilgan. 
A) 4 ta egat qoldirilgan variantda ekishda traktorning oldingi g„ildiragi 
bo„lak markazidan yurishi kerak. Shunda bo„lakda 2 ta hisob egati ajratiladi
ularning ikki yonida bittadan himoya egat qoldiriladi. 
B) 8 ta egat qoldirilgan bo„lakda seyalkaning birinchi kirishida traktorning 
oldingi g„ildiragi bo„lak himoya egatlari chegarasidan 120 sm. uzoqlikda yurish 
kerak. 
Seyalka ikkinchi yurishda 8 egatli variantdagi ikkinchi bo„lak ekiladi. 
Navbatdagi bo„laklarni ekish ham shu kabi amalga oshiriladi. Agar bo„lak 12 va 
undan ko„proq qatorli bo„lsa, ekish va traktorning yurishi uning o„lchamiga 
moslashtiriladi. 
Bo„lakning har bir tomonidan 2 tadan emas, 1 tadan himoya egati qoldirish 
ehtiyoji paydo bo„lsa, unda variantlar orasida 2 tadan himoya, 6 ta hisobli egat 
bo„ladi. 
Dala tajribalarida agrotehnikaga qo‘yiladigan talablar. 
G„o„za va g„alla 
ekinlari ustidagi dala tajribalarida agrotehnik tadbirlar yuqori darajada o„tkazilishi 
zarur. 
Har bir dala tajribasida o„rganilayotgan variantlarning o„zaro yuqori 
darajada qiyoslanishi ta‟minlashga intilish kerak. Bu esa ko„pincha dala ishlarining 
puhta va o„z vaqtida bajarilishiga bog„liq. Bu talab ekish oldi tadbirlari (kuzgi 
shudgor, erta bahorgi va ekish oldidan tuproqqa ishlov berish sho„r yuvish va 
zahira suvi berish, o„g„itlar solish, tirmalash, kultivatsiya, yer tekislash va b.q.)ga 
ham, chigit ekish va g„o„zani parvarishlashga ham taalluqlidir. 
Tajribada bajarilishi mo„ljallangan ishlar muddatiga qat‟iyan amal qilinishi 
kerak. Agar navbatdagi yumushlardan birortasini bir kunda bajarish mumkin 
bo„lmasa, uni bir takrorlanish miqyosida, qolgan takrorlanishlarda esa bir-ikki 
kunda nihoyasiga etkazish zarur. 
Shu bilan birga yerlarni ekishga sifatli tayyorlash va undan keyingi g„o„za 
amal davrida beriladigan ishlovlarning barchasida bir hillikni ta‟minlash kerak. 
Yerga ishlov yeri shva ekish qurollari (so„qalar, tirmalar, seyalkalar, kultivatorlar, 


16 
o„g„it sepish va b.q.) bir tipli va tajribaning barcha variantlari uchun bir hil 
sozlangan bo„lishi zarur. 
Shu munosabat bilan barcha agrotadbirlar (sug„orish, o„g„it solish va b.q.) 
yaruslab joylashtirilgan tajribada har bir yarus bo„yicha alohida bajarilishi shart. 
Ikkinchi va undan ortiq yaruslarda suv bir hil oqimida, o„g„it traktorning bir 
o„tishida berilishi-yo„l qo„yib bo„lmaydigan uslubiy hatodir. 
Asosiy e‟tibor sug„orish va o„g„itlashda bir hil sharoit yaratishga qaratilishi 
zarur, chunki turli sug„orish me‟yori tufayli yuzaga kelgan tuproq namligidagi bir 
ozgina bo„lsa ham farq, ko„pchilik hollarda ekinlarning o„sishi va rivojlanishida 
sezilarli o„zgarishga va hosildorlik miqdoran farqlanishga olib keladi. O„g„itlar 
me‟yorlariga ahamiyat berilmaganda g„o„za va kuzgi bug„doyning rivojlanishi va 
hosildorligida undan ham ko„proq farq kuzatiladi. 
Demak, tajribaning yakuniy natijalari ancha ishonchsiz bo„lishi mumkin 
shuning uchun sug„orma dehqonchilik sharoitida o„tkaziladigan barcha tajribalarda 
sug„orish uchun ishlatilgan suv hisobga olinishi kerkak.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish